Ҳужжат рақами
PQ-4387
Орган
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Имзоланган сана
09.07.2019
Кучга кириш санаси
09.07.2019
Қўшимча ахборот
Улашиш
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
* 2-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
10. Institutning yangilangan tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ilmiy kengash va Yosh olimlar kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti bilan kelishgan holda tasdiqlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq 2020-yilda Institut binosini (keyingi o‘rinlarda — obyekt) kapital ta’mirlash, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori bilan tashkil etilgan Ilmiy-texnik axborot markazini yuqori malakali kadrlar bilan butlash va uning faoliyatini faollashtirish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ustuvor vazifalar

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Matematika va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish

1.

2020 — 2024-yillarda matematika va uning tatbiqlari sohasidagi tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash. Buning uchun:

mamlakatimizning matematika sohasidagi ilmiy maktablarida olib borilayotgan tadqiqotlarning hozirgi holatini, uning uzluksiz ta’lim tizimidagi roli va o‘rnini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi amaliy vazifalarni hal etishda ishlab chiqilayotgan matematik uslublarga bo‘lgan ehtiyojni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish;

matematika ilmiy maktablarining alohida yo‘nalishlarida hududlarning mavjud salohiyati hisobga olinib, malakali ekspertlarni jalb qilgan holda respublikamizda matematika sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirlig�, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda matematika va uning tatbiqlari sohasidagi tadqiqotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash.



Talab etilmaydi



2019-yil
sentyabr



2019-yil

noyabr



2019-yil

dekabr

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Tegishli huquqiy bazani yaratgan holda, akademik institutlarning tarkibiy bo‘linmalari ratsional faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini optimallashtirish. Buning uchun:

ilmiy yo‘nalishlar, laboratoriyalar, turli bo‘linmalar, ularning maqsad va vazifalari, shtatlari sonini shakllantirishning amaldagi mexanizmini tanqidiy tahlil qilish;

akademik institutlarning ularning yuklatilgan ilmiy tadqiqot vazifalarini samarali bajarishi hamda faoliyatining natijadorligini ta’minlash uchun ularn�ng tarkibiy bo‘linmalarini shakllantirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;

akademik ilmiy-tadqiqot muassasalarining tarkibiy bo‘linmalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash hamda Respublika fan va texnologiyalar kengashiga kiritish.





Talab etilmaydi





2019-yil

noyabr-dekabr



2020-yil fevral

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov) va Fanlar akademiyasi tizimidagi boshqa institutlar,
Moliya vazirligi,

(J. Qo‘chqorov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.

Respublikada so‘nggi 10 yilda matematika sohasidagi tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish hamda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ulardan foydalanish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish. Buning uchun:

so‘nggi 10 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan foydalanish hamda amalda qo‘llash bo‘yicha tahliliy xulosalar tayyorlash;

aniq takliflar ishlab chiqish hamda 2019 — 2022-yillarda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini tayyorlash;

Fanlar akademiyasi tomonidan 2019 — 2022 yillarda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanishga doir chora-tadbirlar dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash va uning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.




Talab etilmaydi




2019-yil

oktyabr

2019-yil noyabr


2019-yil

dekabr

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar

4.

Institutda olib borilayotgan tadqiqotlarning ayrim yo‘nalishlarini chuqur fundamental izlanishlardan amaliy xususiyatga ega tadqiqotlar o‘tkazishga yo‘naltirish. Buning uchun:

xorijiy mamlakatlardagi matematika yo‘nalishidagi yetakchi institutlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida Matematika instituti tegishli bo‘linmalarining asosiy ilmiy yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish;

Matematika institutida matematik ishlanmalar va dasturiy mahsulotlarga doir aniq takliflarni shakllantirish bo‘yicha fizik, biolog olimlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, iqtisodchilar va boshqa manfaatdor mutaxassislar bilan maqsadli maslahatlashuvlar o‘tkazish;

Institutning muayyan ilmiy yo‘nalishlari�i fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, bunda vazifalar, muddatlar va bajarish mexanizmlarini aniq ko‘rsatish;

Fanlar akademiyasi va Matematika instituti tomonidan Institutning muayyan ilmiy yo‘nalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirish, shuningdek, yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash.




Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida




2019-yil dekabr


2020-yil

yanvar



2020-yil fevral



2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shodmonov)

5.

Yangi kimyoviy birikmalar xossalari prognozida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha amaliy tadqiqotlarni kengaytirish. Buning uchun:

kimyoviy birikmalar xossalari prognozida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-texnik loyihani ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovga belgilangan tartibda taqdim etish.

Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida

2020 — 2022-yillar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov)

6.

Yangi dori vositalarini ishlab chiqishda yangi kimyoviy birikmalar sintezi uchun kompyuter texnologiyasini yaratish. Buning uchun:

zarur dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-texnik loyihani tayyorlash va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovga belgilangan tartibda taqdim etish.

Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida

2020 — 2022-yillar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov)

7.

Ilmiy muassasalar va ilmiy xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish. Buning uchun:

ilmiy muassasalar va ilmiy xodimlar faoliyatini reyting baholash bo‘yicha mamlakatimizdagi va xorijiy tajribani har tomonlama o‘rganish;

ilmiy muassasalar va ilmiy xodimlar asosiy ilmiy faoliyatining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda ularning faoliyatini reyting baholash tizimi loyihasini ishlab chiqish.



Talab etilmaydi



2019-yil oktyabr

2019-yil dekabr

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

II. Oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash

8.

2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning matematika sohasidagi oliy malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni shakllantirish va amalga oshirish. Buning uchun:

2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtim�iy sohaning matematika sohasidagi oliy malakali mutaxassislarga bo‘lgan real talabini batafsil o‘rganish;

institut tarkibiy bo‘linmalarining real imkoniyatlari va ilmiy salohiyatini hisobga olgan holda, Oliy malakali kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda tasdiqlash.




Talab etilmaydi




2019-yil

noyabr

2020-yil yanvar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

9.

Oliy malakali kadrlarga bo‘lgan real va istiqbolli talab asosida matematika bo‘yicha doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish tizimiga oid takliflarni tayyorlash. Buning uchun:

Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish va oliy malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish;

“Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish va oliy malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida




2020-yil

fevral

2020-yil

may

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti

(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

10.

Yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda stajirovka o‘tashi orqali malakasini oshirish. Buning uchun:

stajirovka uchun yosh olimlar va xorijiy ilmiy markazlarning ma’lumotlar bazasini yaratish;

stajirovka o‘tash bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar va bitimlar tuzish hamda stajirovka o‘tash jadvallarini tasdiqlash;

stajirovkalar yakuni bo‘yicha iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun xorij tajribasini qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Doimiy ravishda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,
(A. Bekmurodov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

11.

Matematikaning nazariy jihatlari bo‘yicha dissertatsiyalar natijalarini joriy etish haqidagi hujjatlarni taqdim etish borasida OAK talablarini qayta ko‘rib chiqish. Buning uchun:

OAKning normativ hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarorlarini qabul qilish.




Talab etilmaydi




2019-yil dekabr

OAK (A. Yusupov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

III. Ilmiy jurnallarni chop etish va nashr etish faolligini oshirish

12.

Ingliz tilidagi “O‘zbek matematika jurnali” il�iy nashrining faoliyatini takomillashtirish. Buning uchun:

jurnal sifatini oshirish va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritish choralarini ko‘rish;

tegishli yo‘nalishidagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalarining jurnalga obuna bo‘lishini ta’minlash;

jurnalni budjet mablag‘lari va obunadan tushadigan mablag‘lar hisobiga 50:50 foiz nisbatida moliyalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.



Talab etilmaydi



2020-yil

mart

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

13.

“Matematika instituti byulleteni” elektron ilmiy nashrida nashr etish faolligini oshirish. Buning uchun:

keng doiradagi yosh olimlar va mutaxassislarning jurnaldan foydalanishini ta’minlash;

qo‘shni mamlakatlar va uzoq xorijiy davlatlarning olimlarini ilmiy maqolalar chop etishga jalb qilish choralarini ko‘rish;

jurnalni matematika yo‘nalishidagi elektron jurnallar ma’lumotlar bazasi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.



Talab etilmaydi



2019-yil noyabr

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

14.

Xalqaro ilmiy axborotlar ma’lumotlar bazasiga (Web of Science, Springer, Scopus va boshqalar) milliy obunani tashkil etish. Buning uchun:

obunani tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;

xalqaro ilmiy axborotlar ma’lumotlar bazasiga (Web of Science, Springer, Scopus va boshqalar) milliy obunani rasmiylashtirish;

ilmiy maqolalarni chop etish va Institut xodimlari maqolalaridan iqtibos keltirishni ko‘paytirish uchun ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanishni ta’minlash.

Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar

(umumiy hajmdan 0,5 foizgacha)

2020-yil yanvardan boshlab

har yili

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

15.

Mamlakat oliy ta’lim va ilmiy muassasalarining nashr etish faolligi bo‘yicha yillik ma’ruzalar tayyorlash. Buning uchun:

nashr etish faolligining har yillik indikatorlarini tayyorlash;

nashr etish faolligi bo‘yicha tahliliy va qiyosiy (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) materiallar tayyorlash.



Talab etilmaydi

2020-yil yanvardan boshlab

har yili

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

IV. Ilmiy natijalarni keng muhokama qilish va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil etish

16.

Matematika instituti tomonidan matematika fanini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishini taklif etish va muvofiqlashtirish. Buning uchun:

matematika va uning tatbiqlarining dolzarb masalalari bo‘yicha konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga doir takliflar ishlab chiqish;

respublika va xalqaro konferensiyalar ro‘yxatini Fanlar akademiyasi bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi loyihasiga kiritish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.




Institutning shaxsiy mablag‘lari,

homiylar mablag‘lari




Har yili

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

17.

Oliy o‘quv yurtlari bilan matematikaning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil qilish va o‘tkazish hamda respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-o‘quv markazlariga video (onlayn) translatsiyani ta’minlash. Buning uchun:

oliy o‘quv yurtlari bilan matematika fanining dolzarb masalalari bo‘yicha har chorakda kamida bir marta ilmiy seminarlar o‘tkazish dasturi loyihasini ishlab chiqish;

Matematika instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda seminarlarning video (onlayn) translatsiya bilan sifatli ishlashini ta’minlash.




Talab etilmaydi



2019-yil sentyabrdan boshlab muntazam ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov)

18.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil qilish.

Buning uchun:

maktab o‘quvchilari uchun matematika fani bo‘yicha televizion o‘quv dasturining konsepsiyasini ishlab chiqish;

Matematika instituti tomonidan MTRK bilan birgalikda doimiy televizion dastur yaratilishini ta’minlash.



Talab etilmaydi



2019-yil oktyabr

2020-yil yanvardan boshlab

MTRK

(A. Xodjayev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

19.

Institut ishlanmalarining muntazam ravishda yangilab turiladigan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish. Buning uchun:

elektron ma’lumotlar bazasi dasturini ishlab chiqish va uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab turilishini ta’minlash;

barcha manfaatdor tashkilotlarning ma’lumotlar bazasidan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.



Talab etilmaydi



2019-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

V. Ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish

20.

Muntazam maslahatlashuvlar va darsdan tashqari ishlash shaklida maktab va litseylarning iqtidorli o‘quvchilari bilan ishlash. Buning uchun:

o‘quvchilarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash uchun institut xodimlari va doktorantlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari tomonidan konsultatsiyalar va alohida mashg‘ulotlar o‘tiladigan maktab o‘quvchilari va talabalar uchun xo‘jalik hisobidagi o‘quv markazining samarali faoliyatini ta’minlash.

Xo‘jalik hisobidagi mablag‘lar, homiylar mablag‘lari

2020-yil

yanvar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

21.

Maktab o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha respublika olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazishda faol ishtirok etish. Buning uchun:

Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda respublika olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash;

Xalq ta’limi vazirligi, Matematika instituti tomonidan olimpiadaning yuqori darajada o‘tishini ta’minlash.

Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Har yili

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

22.

Matematiklar terma jamoasi a’zolarini xalqaro maktab tanlovlari va olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash. Buning uchun:

terma jamoa a’zolarini tanlov va olimpiadalarga tayyorlash dasturini shakllantirish;

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun tizimli mashg‘ulot va konsultatsiyalar tashkil etish va o‘tkazish.

Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Har yili

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

23.

Matematika institutining respublikadagi turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash. Buning uchun:

ta’lim jarayonini tashkil etish va takomillashtirishda Matematika instituti xodimlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish uchun oliy o‘quv yurtlarning aniq kafedralarini belgilab olish;

Matematika institutida ilmiy-tadqiqot guruhlarini shakllantirishda oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash;

Matematika institutida magistrlik dissertatsiyalari bajarilishini ta’minlash;

yosh olim va magistrantlar uchun ilmiy materiallarni tayyorlash, yozish va chop etish bo‘yicha o‘quv seminarlari va treninglar tashkil qilish;

Matematika instituti va turdosh oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida shartnomalar tuzish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash.



Talab etilmaydi



2019-yil avgust

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
huzurida idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar

24.

Talabalarning dasturiy mahsulotlarni yaratish sohasidagi start-up loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish. Buning uchun:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan Institut talabalari va xodimlarining start-up loyihalariga ekspert yordami ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv loyihasini;

start-up loyihalari natijalarini iqtisodiyotning turli tarmoqlarida joriy qilish bo‘yicha ekspert takliflarini ishlab chiqish.

Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Har yili

O‘zMU

(A. Maraximov),

TATU

(T. Teshaboyev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

25.

Masofaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, matematika yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil qilish. Buning uchun:

mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘yicha bir yilga mo‘ljallangan reja-jadvalni ishlab chiqish;

tinglovchi va ishtirokchilarni jalb qilish uchun reja-jadvalni internet portalida joylashtirish;

o‘tkazilgan mahorat darslari, seminar-treninglar, mavzuga oid vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar samaradorligining monitoringini olib borish.

Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Doimiy ravishda

O‘zMU

(A. Maraximov),

TATU

(T. Teshaboyev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

26.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandosh olimlarimizni Matematika institutining tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish. Buning uchun:

xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

vatandosh olimlarimiz bilan doimiy asosda muzokaralar olib borilishini ta’minlash va ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qo‘shma loyihasini tayyorlash;

loyihani Fanlar akademiyasi va “El-yurt umidi” fondi bilan kelishish.




“El-yurt umidi” jamg‘armasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari




2019-yil oktyabr

2019-yil noyabr

2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov)

27.

Jahonning matematika sohasidagi ilmiy muassasa va markazlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil qilish. Buning uchun:

xorijlik sheriklar bilan muzokaralar olib borish va qo‘shma tadqiqotlar dasturini kelishish;

keyinchalik birgalikda puxta ishlab chiqish uchun yetakchi xorijiy matematika markazlari va ekspertlik hamjamiyati bilan respublikaning dolzarb ilmiy muammolari ularning muhokamasini tashkil qilish;

qo‘shma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda yetakchi xorijiy jamg‘armalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.



“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari



2019-yil dekabr

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)

28.

Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Matematika instituti negizida matematika bo‘yicha ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish. Buning uchun:

xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, qo‘shma tadqiqotlar va o‘quv modullari dasturini kelishish;

IHTga a’zo davlatlarda matematika fanini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida internet portal yaratilishini ta’minlash;

IHTga a’zo davlatlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori darajadagi qo‘shma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish.




Homiylar mablag‘lari




2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

29.

Respublikadagi matematika fani bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijiy olimlarni jalb qilish. Buning uchun:

xorijiy olimlarni jalb qilish uchun Institut va oliy o‘quv yurtlarida matematika fani bo‘yicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish;

ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyal�rga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijiy olimlarni respublikaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish;

kvotalarni dastlabki rejalashtirish va ishlash sharoitlarini yaratish maqsadida yetakchi ilmiy markazlarning olimlari bilan muzokaralar o‘tkazish;

yetakchi xorijiy jamg‘armalar va tashkilotlar bilan qo‘shma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.




Universitetlar mablag‘lari,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari




Doimiy ravishda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

30.

Uzoq muddatli hamkorlik asosida Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish. Buning uchun:

xorijiy olimlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tadqiqotlar dasturini kelishish;

yosh olimlarning til bo‘yicha tayyorgarligini hisobga olgan holda, ular orasidan yetakchi universitetlar bilan qo‘shma tadqiqotlarda qatnashuvchilarni aniqlash;

Germaniya ilmiy fondi (DFG) va DAAD (DAAD)ga qo‘shma ilmiy loyiha taqdim etish.

Xalqaro grantlar mablag‘lari

Doimiy ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

31.

Institutning matematika bo‘yicha AQSh olimlari qo‘shma tadqiqotlarini kengaytirish. Buning uchun:

Kaliforniya shtati Universiteti bilan uzoq muddatli ilmiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish;

AQSh universitetlari talabalari uchun o‘quv semestrlarini tashkil qilish.

Homiylar mablag‘lari

Doimiy ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

VII. Institutning moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, xarajatlarini optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

32.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish va moddiy-texnik ta’minotni mustahkamlash. Buning uchun:

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga Matematika instituti binosini kapital ta’mirlash va jihozlash masalasini kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

institut hudud�dagi yo‘llarda ta’mirlash-qayta tiklash ishlarini amalga oshirish.



Davlat budjeti (2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi)



2020 — 2022-yillar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Bekenov)

33.

Institut xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash. Buning uchun:

xodimlar sonini hisobga olgan holda, institut binosida ilmiy laboratoriyalar joylashuvini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

institut doktorantlariga zarur sharoitlarga ega alohida xona ajratish;

oliy o‘quv yurtlari va xorijiy institutlar bilan onlayn ma’ruza, anjuman va muzokaralar o‘tkazish uchun optik tolali sim tortish.

institut hududida simsiz internet ishlashini ta’minlash.



Talab eti��maydi

Homiylar va xalqaro grantlar mablag‘lari



2019-yil iyul


2019-yil dekabr

Matematika �nstituti
(Sh. Ayupov)

34.

Yuqori samarador hisoblash tizimlarini xarid qilish (500 teraflops). Buning uchun:

Matematika instituti tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuqori samarador hisoblash tizimlarini xarid qilish bo‘yicha takliflar kiritish;

yuqori samarador hisoblash tizimlariga xizmat ko‘rsatish uchun mutaxassislar tayyorlanishini ta’minlash;

asbob-uskunalarni belgilangan tartibda xarid qilish.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari



2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

35.

Ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha yillik dasturlarni amalga oshirish. Buning uchun Matematika instituti tomonidan:

ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda asbob-uskunalar ro‘yxatini Fan Akademiyasi bilan kelishish;

Innovatsion rivojlanish vazirligiga har yili xarid qilinadigan ilmiy asbob-uskunalar ro‘yxatini taqdim etish.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Har yili

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

36.

Olimlarning nashr etish faolligi yakunlari bo‘yicha har yilgi “Ilm-fan yetakchisi” respublika tanlovini o‘tkazish. Buning uchun:

tanlovni o‘tkazish tartibini belgilab beradigan nizomni;

g‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faxriy yorliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni;

“Ilm-fan yetakchisi” tanlovi g‘oliblarini tegishli sohalardagi vazifalarni hal etishga jalb qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

2020-yil yanvardan boshlab

har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)

T/r

Ko‘rsatkich (indikator) nomi

2017-y.

2018-y.

2019-y.*

2020-y.*

2021-y.*

I. Matematika va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi
va natijadorligini oshirish

1.

Ilmiy bo‘linmalar soni (bo‘limlar/laboratoriyalar)

5

5

7

7

7

2.

Tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy mavzular

9

10

16

16

17

3.

Amaliy tadqiqotlar natijalarini joriy etish

-

-

-

1

2

4.

Ilmiy xodimlarning shtat birliklari

27,5

31

42

42

42

5.

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi

45

46

47

44

42

6.

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha maoshi (mln so‘m)

1,9

2,2

6,1

7,1

7,1

II. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash

7.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

3

1

5

7

8

8.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

3

5

6

12

15

9.

Fanlar doktori ilmiy darajasini olishga doktorantlar (DSc) soni

8

5

2

4

6

10.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga doktorantlar (PhD) soni

6

13

20

25

30

11.

Mustaqil izlanuvchilar soni

4

4

4

6

8

12.

Yosh olimlar soni (40 yoshgacha)

21

34

36

45

50

III. Ilmiy jurnallar nashr etish va materiallar e’lon qilish faolligini oshirish

13.

Xorijiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

72

79

90

110

120

14.

Scopus ma’lumotlar bazasiga kiradigan maqolalar soni

67

30

55

70

85

15.

Google scholar ma’lumotlar bazasiga kiradigan maqolalar soni

63

78

85

100

110

16.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

49

67

72

80

100

IV. Ilmiy natijalar keng muhokama qilinishini tashkil etish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish

17.

Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish

2

2

2

2

3

18.

Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish

1

2

1

2

3

19.

Respublika konferensiyalaridagi ma’ruzalar tezislari

87

128

90

130

140

20.

Xalqaro konferensiyalardagi ma’ruzalar tezislari

38

53

55

60

70

21.

Doimiy ishlaydigan ilmiy seminarlarni tashkil etish

6

6

8

9

9

22.

Doimiy ishlaydigan o‘quv seminarlarini tashkil etish

5

5

6

7

8

V. Fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish

23.

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining Institut ilmiy tadqiqotlarini bajarishdagi ishtiroki

17

24

22

25

30

24.

Institut ilmiy xodimlarining oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonidagi ishtiroki

10

18

20

25

30

25.

Institut ilmiy xodimlarining o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ta’lim jarayonidagi ishtiroki

1

2

5

7

8

26.

Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish

12

18

20

25

30

27.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish

7

15

16

20

25

VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

28.

Institut xodimlarining jahonning yetakchi ilmiy markazlariga xizmat safarlari

11

8

10

15

18

29.

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi

5

5

8

10

15

30.

Institutga xorijiy talabalarning tashrifi

10

9

10

15

15

31.

Institut ilmiy xodimlarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikdagi maqolalari

28

27

30

35

40

VII. Institutning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

32.

Kompyuterlar bilan ta’minlanganlik darajasi, foizlarda

23

34

100

100

100

33.

Ilmiy xodimlarning lokal tarmoqqa ulanganligi darajasi, foizlarda

14

20

100

100

100

34.

Institut rahbar xodimlarining korporativ tarmoqqa ulanganligi darajasi, foizlarda

0

0

100

100

100

Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 07/20/4708/0553-son)