15.04.2019 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-martdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorligi toʻgʻrisida Bitim, 2009-yil 22-maydagi Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida maʼlumotlar almashish toʻgʻrisida Bitim va 1998-yil 30-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisida Bitim qoidalariga tayanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-noyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini toʻldiruvchi, Migrantlarni quruqlik, dengiz va havo yoʻllari orqali noqonuniy olib kirishga qarshi Protokolning qoidalarini eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiya milliy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid solishini hamda Tomonlar davlatlarining hududlarida kriminogen vaziyatning murakkablashishiga olib kelishini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishdagi hamkorlik Tomonlar davlatlarining hududida migratsiya jarayonlarini tartibga solishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish niyatini ifodalab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga hamda Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda Tomonlarning ikki tomonlama hamkorligi uchun huquqiy asos yaratishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻzaro qiziqish uygʻotadigan statistik, ilmiy-uslubiy va boshqa maʼlumotlarni almashish, shu jumladan quyidagilar toʻgʻrisidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan noqonuniy migratsiya kanallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyani tashkil etish va amalga oshirishga daxldor boʻlgan, Tomonlar davlatlarining hududlarida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyani tashkil etish va amalga oshirishda foydalaniladigan joʻnatish va qabul qilish punktlari, yoʻnalishlar, tashuvchilar va transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish vizalari va boshqa hujjatlarni olish hamda ulardan noqonuniy migratsiya maqsadlarida foydalanish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolikni berish va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishni tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyaning oldini olishga qaratilgan amaliyot va chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi migratsiyani tartibga solish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy boʻlmagan yoki belgilangan tartibni buzgan holda berilgan Tomonlar davlatlari fuqarolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining fuqaroligini olgan shaxslar, shuningdek, shaxslarning Tomonlar davlatlari fuqaroligiga mansubligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining migratsiya, shu jumladan, migratsiya jarayonlarini tartibga solish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishni tashkil etish sohasidagi qonunchiligi, shuningdek, Tomonlar davlatlarining mazkur sohalardagi qonunchiligidagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya masalalari boʻyicha uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Tomon davlati hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Tomonlar davlatlarining fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi va davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarning namunalari, ularning shakllaridagi oʻzgartirishlar, shuningdek, Tomonlar davlatlari hududlariga kirish, unda boʻlib turish va undan chiqishga ruxsat beruvchi hujjatlarga doir talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining hududiga kirishga (yoki ularning hududidan chiqib ketishga) cheklovlar mavjudligi va asoslari, shuningdek, Tomonlar davlatlarining hududidan chiqarib yuborilayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlangan va vakolatli organ tomonidan muhrlangan, soʻrovnomaga ilova qilinadigan, Tomonlar davlatlari fuqarolarning oʻz shaxsiy maʼlumotlarini transchegaraviy topshirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi yozma arizalari mavjud boʻlgan taqdirda, sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi pasportlarining 1974-yildagi namunasi berilganligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Tomonlar davlatlarining chegaralarini noqonuniy kesib oʻtayotgan va ularning hududlarida noqonuniy ravishda boʻlib turgan shaxslarni aniqlash va hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bir Tomon davlati fuqarosining boshqa Tomon davlatining hududida vafot etganligi munosabati bilan topib olingan yoki olib qoʻyilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini toʻgʻridan toʻgʻri Tomonlar davlatlarining diplomatik vakolatxonasiga va/yoki konsullik muassasasiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) uchinchi davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Tomonlar davlatlari fuqarolarining turar joyi (yashash joyi) boʻyicha migratsion hisobga qoʻyish yoki roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni boshqa Tomon davlatining hududida fuqarolikni rasmiylashtirish fakti toʻgʻrisida uning sanasi koʻrsatilgan xabarnoma bilan birgalikda toʻgʻridan toʻgʻri fuqaroligi tugatilayotgan Tomon davlatning diplomatik vakolatxona va/yoki konsullik muassasasiga qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim Tomonlarga hamkorlikning boshqa oʻzaro maqbul yoʻnalishlarini mazkur Bitimning 1-moddasida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda belgilash va rivojlantirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim doirasida quyidagi shakllarda hamkorlikni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mazkur Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) noqonuniy migratsiyaning oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Tomonlar vakolatli organlarining migratsiya masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan, mazkur sohada seminarlar va stajirovkalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Tomonlar davlatlarining hududida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma tezkor profilaktika tadbirlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalari (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) asosida amalga oshiriladi. Har bir Tomon boshqa Tomonga migratsiya masalalari boʻyicha oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni, basharti bunday maʼlumotlar boshqa Tomon uchun qiziqish uygʻotishiga asoslar mavjud boʻlsa, soʻrovnomasiz ham yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovnoma rus tilida yozma shaklda, shu jumladan, matn uzatishning texnik vositalaridan foydalangan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaning haqiqiyligi yoki mazmuni yuzasidan shubha tugʻilsa, qoʻshimcha tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovnomada quyidagilar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan va soʻralayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma mohiyatining bayoni, uning maqsadi va asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomani lozim darajada bajarish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrovnoma rasmiy idoraviy blankda rasmiylashtiriladi hamda soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organining mutasaddi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari vakolatli organlarining soʻrovnomalarni imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslari roʻyxatini va idoraviy blanklar namunalarini mazkur Bitim imzolangandan soʻng qirq besh (45) kun ichida almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 4-bandida koʻrsatilgan soʻrovnomalarni imzolash vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar roʻyxati yoki blanklar oʻzgargan taqdirda, Tomonlar bu haqda bir-birlarini darhol xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnoma oʻttiz (30) kalendar kun ichida tez va toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomaning bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi yoki uning bajarilishini sezilarli darajada kechiktiradigan holatlar haqida soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani lozim darajada bajarish uchun zarur deb hisoblangan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovnomani bajarish soʻralayotgan Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bajarish oʻz davlatida amalga oshiralayotgan jinoiy taʼqib yoki jinoyat ishlari yurituviga halaqit berishi mumkin deb hisoblasa, u soʻrovnomani bajarishni keyinga qoldirishi yoki uning bajarilishini soʻrayotgan Tomon bilan maslahatlashuvdan soʻng zarur deb topilgan shartlarga rioya qilish bilan bogʻlashi mumkin. Agar soʻrayotgan Tomon soʻrovnomaning bunday shartlarda bajarilishiga rozi boʻlsa, ularga rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bajarish natijalari haqda soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnoma bajarilishi uning davlati suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibiga zarar yetkazishi, inson huquqlari va erkinliklarining buzilishiga olib kelishi mumkin yoki oʻz davlatining qonunchiligiga yohud xalqaro majburiyatlarga zid deb hisoblasa, soʻrovnomani bajarishni toʻliq yoki qisman rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrayotgan Tomon soʻrovnoma bajarilishining toʻliq yoki qisman rad etilishi toʻgʻrisida yozma ravishda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Tomonidan — Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarning nomlari va vazifalari oʻzgargan taqdirda, Tomonlar bu haqda zudlik bilan bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari ishtirokchi hisoblanadigan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon, soʻrayotgan Tomonning iltimosiga koʻra, soʻrovnoma kelib tushganlik fakti, uning mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek, mazkur Bitim doirasida yordam koʻrsatilganlik faktining maxfiyligini taʼminlash uchun zaruriy choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani maxfiyligini saqlagan holda bajarish imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni bu haqda xabardor qiladi, soʻrayotgan Tomon esa soʻrovnomani bunday shartlarda bajarish yoki bajarmaslik masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovnomalar ijrosining natijalaridan ularni taqdim etgan Tomonning roziligisiz soʻralgan va taqdim etilgandan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimga asosan bir Tomon tarafidan olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga berish uchun bunday maʼlumotlarni taqdim etgan boshqa Tomonning oldindan roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar mazkur Bitim asosida, shuningdek, Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va ular davlatlari ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalariga muvofiq yuboriladigan va bajariladigan soʻrovnomalar doirasida almashiladigan jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlaydilar. Tomonlar, shuningdek, jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasodifiy yoʻqotish, ulardan ruxsatsiz foydalanish, ularni oʻzgartirish yoki tarqatishdan himoya qilishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Bitimning amal qilishi tugatilgan taqdirda, mazkur moddaning soʻrovnoma kelib tushganlik fakti, uning mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlarning, shuningdek, yordam koʻrsatilganlik faktining maxfiyligini taʼminlash uchun zaruriy choralarni koʻrishga doir qoidalari Tomonlar uchun amal qilishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra mazkur Bitimga asosan migratsiya sohasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar mazkur Bitim qoidalarining yanada samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida qoʻshma ishchi guruhlar tuzishlari, ekspertlar uchrashuvlarini oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni, basharti har bir alohida holatda boshqacha tartib kelishib olinmagan boʻlsa, Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning qoidalari Tomonlarning davlatlari ishtirokchi hisoblanadigan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishda rus tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan va mazkur Bitimni bajarish yoki talqin qilish bilan bogʻliq barcha nizoli masalalar maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitimning 15-moddasi 1-bandida belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim nomuayyai muddatga tuziladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida soʻngi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun oʻtgach, kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan har biri mazkur Bitimning amal qilishini diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonga uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali tugatishga haqli. Bu holda, mazkur Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab toʻqson (90) kalendar kun oʻtgach, tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2019-yil 15-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)