25.04.2020 yildagi 254-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga oid masalalarni muvofiqlashgan hamkorligini tartibga solish hamda mazkur yo‘nalishda davlat organlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmua (keyingi o‘rinlarda — karantin majmuasi) barpo etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahar hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasini boshqarish bo‘yicha maxsus markaz (keyingi o‘rinlarda — Karantin markazi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish maxsus markazining tuzilmasi 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida karantin majmualari tashkil etilganda Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimiga karantin majmuasida saqlanayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslar sonidan kelib chiqib Karantin markazining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Karantin markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda karantinga olingan shaxslar deb ataladi) qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasini samarali boshqarish, karantin majmuasida koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish va karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan karantinga olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini nazorat etilishida hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan markazlashtirilgan tartibda chiqarishni tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasida muntazam, shu jumladan, karantin tadbirlari yakunlangandan keyin dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Karantin markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari hamda yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilgan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuadagi barcha mol-mulklardan samarali foydalanishni va ularni but saqlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuani saqlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur tovarlarni istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) lar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali xarid qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining faoliyati, yuzaga kelayotgan tizimli muammolar, karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazorati to‘g‘risida har kunlik ma’lumotlar hamda favqulodda vaziyatlar haqida darhol O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) elektron tarzda axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi karantin majmuasiga mehnat va xizmat faoliyatini olib borish maqsadida tegishli mutaxassis, xodimlar va harbiy xizmatchilarning biriktirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar mehnat va xizmat faoliyatini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul ta’minoti) saqlangan holda olib boradilar hamda ularga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita karantin majmuasida istiqomat qilib, unda o‘rnatilgan rejimga rioya qilgan holda olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Karantin markazining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va joriy saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, shuningdek karantinga olingan shaxslarni hamda jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilarni oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlash xarajatlari quyidagilar hisobidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin markazining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda karantin markazini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash ishlarini tezlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mitasi bilan birgalikda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib karantin tadbirlari tugatilgandan so‘ng 5 kun muddatda ushbu majmuadagi inshootlardan samarali foydalanish yuzasidan Komissiyaga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — karantin markazlariga umumiy rahbarlik qilish va jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borgan holda ularni sog‘lig‘ini saqlashga va karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — karantin majmualari perimetri bo‘ylab kecha-kunduz qo‘riqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — karantin majmualarida ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga va jamoat tartibini saqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — karantin markazlarini o‘rnatilgan tartibda Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlashga mas’ul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish maxsus markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

* Asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul ta’minoti) saqlangan holda jalb qilinadi. Mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilarning umumiy soni karantin majmuasida saqlanayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada (keyingi o‘rinlarda — karantin majmuasi) epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin — ma’lum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo‘qotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ma’muriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz — karantin majmuasini boshqarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus markaz;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat organlari — karantin majmuasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m), Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-karantin punktlari — Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yo‘llari), havo va suv yo‘llari orqali kesib o‘tish joylaridagi chegara-bojxona majmualarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan profilaktik muassasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizil zona — karantin majmuasining qabulxonasi, karantinga olingan shaxslarning yashashi uchun mo‘ljallangan xonalari (shu jumladan, yuvinish xonasi va hojatxona), biologik material olish uchun mo‘ljallangan xonalar, karantinga olingan shaxslarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun mo‘ljallangan xonalar, tozalash va dezinfeksiya vositalari saqlanishi uchun mo‘ljallangan xonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariq zona — qizil zonadan yashil zonaga yoki yashil zonadan qizil zonaga o‘tish uchun ularning oralig‘ida joylashtiriladigan hamda u yerda bo‘lgan shaxslarning kiyinishi, yuvinishi va kiyimlarini zararsizlantirilishiga mo‘ljallangan xonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil zona — karantin majmuasining tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda nazorat organlarining xodimlari uchun mo‘ljallangan xonalar, shuningdek dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tibbiyot preparatlari zaxirasi saqlanishi uchun mo‘ljallangan hamda xodimlar uchun yuvinish va kiyinish xonalari, hojatxona va oshxona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Karantinga olingan shaxslarni karantin majmuasiga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni karantin majmuasiga olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida navbatchi xodimlar tomonidan koronavirus infeksiyasining belgilarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan holda tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar orasidan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs aniqlanganda harakatlanish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanitariya-karantin punktlarining navbatchi xodimlari tomonidan chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarning ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati) shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni hamda ularga tegishli bo‘lgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olinadigan shaxslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan bo‘yin tovlash epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi hamda bunday hollarda shaxs majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash va ularni karantin majmuasiga olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda ichki ishlar organlari hamda Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati shakllantiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi shu vaqtning o‘zida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarninig ro‘yxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi, sog‘liqni saqlash organiga hamda markazga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki ishlar organi tomonidan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (IIOFMB, bo‘limlari)ga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) darhol o‘zlariga tegishli hududda yashaydigan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida “o‘zini-o‘zi yakkalash”ini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarninig ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni hamda ularga tegishli bo‘lgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olinadigan shaxslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ular majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Karantin majmuasiga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Karantin majmuasiga chegara-bojxona postidan o‘tayotgan hamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Karantin majmuasi hududi yashil, sariq va qizil zonalarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yashil zonaga tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, nazorat organlarining xodimlari, shuningdek karantin majmuasining yordamchi bo‘limlari xodimlari va karantin majmuasi ma’muriyatining ruxsati bo‘lgan boshqa shaxslar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qizil zonaga karantinga olingan shaxslar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Karantin majmuasiga kiritiladigan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mavsumiy grippga qarshi emlangan bo‘lishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Karantinga olingan shaxslar karantin majmuasida 14 kun davomida yoki karantinga olingan shaxsning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Karantin majmuasiga olib kelingan shaxslar u yerga joylashtirilishidan oldin birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, ya’ni tana haroratining o‘lchanishi, tibbiy niqob bilan ta’minlanishi va qo‘llarini antiseptik vositalari bilan zararsizlantirilishi va shundan keyin tegishli xonalarga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar karantin majmuasining kirish joyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan vaqtincha olib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar har bir shaxsning F.I.O. ko‘rsatilgan holda ikki nusxada tuziladigan ro‘yxat asosida qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ro‘yxatda har bir topshirilgan buyum ko‘rsatilishi, shuningdek buyumlarni topshirgan va qabul qilgan shaxs tomonidan imzo qo‘yish orqali tasdiqlanishi lozim. Ro‘yxatning bir nusxasi buyumlarni topshirgan shaxsga beriladi va ikkinchi nusxasi markazning mas’ul xodimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar karantinga olingan shaxs karantin majmuasidan chiqayotgan vaqtda o‘ziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga topshiriladi. Bunda buyumlarni qabul qilib olgan shaxs ularni qaytarib olganligini o‘z imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlarni saqlash (qo‘riqlash) markaz tomonidan ichki ishlar va milliy gvardiya organlari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar maxsus xonada ochiq ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) bilan yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoxud antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Karantin majmuasining har bir xonasiga 4 tadan ko‘p bo‘lmagan shaxslar ularning shaxsini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Bunda erkaklar va ayollar hamda yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj bo‘lgan bemorlar alohida xonalarda joylashtirilishi shart, bundan bir xonaga bir oilaning a’zolarini joylashtirish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Karantin majmuasining har bir xonasiga karantinga olingan shaxslarni joylashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xonaga bir vaqtning o‘zida 4 tadan kam shaxs joylashtirilganda yoki bir xonaga joylashtirilgan shaxslar orasidan biri yoki bir nechtasi chiqarilganda ushbu xonada qolgan shaxslarning karantinda bo‘lish muddati tugaguniga qadar mazkur xonaga boshqa shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Karantin majmuasining xonasida mavjud jihoz va buyumlarning nomi va soni ko‘rsatilgan ro‘yxat har bir xonaning hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga osib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Karantin majmuasida karantinda saqlashning ichki tartib qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Karantin majmuasining ichki tartib qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Karantinga olingan shaxslarning kun tartibi markaz tomonidan belgilanadi. Kun tartibi karantin majmuasining har bir xonasida hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyga osib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi eshigining tashqi tomoniga ushbu xonada joylashtirilgan shaxslarning F.I.O. ko‘rinarli qilib osib qo‘yilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Karantinga olingan shaxslarning shaxsiy vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun kitob va davriy bosma nashrlari bilan ta’minlash markaz zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bir xonadagi shaxslarga berilgan kitob va davriy bosma nashrlarini boshqa xonadagi shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Karantinga olingan shaxslar uchun shaxsiy gigiyena vositalari (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) bilan ta’minlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bunda, xonalar mazkur Nizomning ilovasida belgilangan me’yorlardan kam bo‘lmagan holda jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasi hududida joriy tozalov ishlari kuniga bir mahal, shuningdek haftada kamida bir marotaba dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda o‘tkaziladi. Bunda karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan xonada joriy tozalov ishlari ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasi hududida, shu jumladan karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan xonada profilaktik dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari har oyda kamida bir marta amalga oshirilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslarning umumiy yuvinish va hojatxonadan foydalanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvinish xonasi va hojatxona karantinga olingan shaxslar joylashgan xonalarining tarkibida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi tibbiy yordam chaqirish, karantin majmuasi ma’muriyati bilan bog‘lanish va tashqi aloqa uchun uzluksiz ravishda ishlaydigan telefon apparati bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, karantinga olingan shaxslarning xonasidagi yuvinish xonasi yoki hojatxona ishlamasligi yoxud shaxsiy gigiyena vositalarining (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) mavjud emasligi haqidagi talablari karantin majmuasi ma’muriyati tomonidan darhol bartaraf etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Karantin majmuasida karantinga olingan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ularning tegishliligi bo‘yicha mas’ul xodimlarga xabar berilishini ta’minlash maqsadida karantin majmuasida alohida navbatchilik qismi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Karantinga olingan shaxslar tashqaridan har qanday ko‘rinishdagi pochta jo‘natmalari, posilka va banderollar qabul qilishi taqiqlanadi, bundan quyidagi jo‘natmalar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali kasalliklarga chalingan karantinga olingan shaxslar uchun dori-darmon vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra maxsus parhez mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va zarur gigiyena vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar va adabiyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jo‘natmalar markazning maxsus xodimlariga topshiriladi. Bunda jo‘natmalarning xususiyatidan kelib chiqib ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoxud antiseptik vositalar bilan dizinfeksiya qilinadi va karantinga olingan shaxslarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Karantin majmuasida karantinga olingan shaxslar shaxsiy ehtiyojlari yoki boshqa sabablar tufayli ular harakatlanishi belgilangan hududdan chiqishi qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Karantinga olingan shaxslarning choyshablari har yetti kunda va ifloslanishiga qarab almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinda bo‘lish muddati tugaganidan so‘ng karantin majmuasidan chiqarilgan shaxslarning foydalanilgan choyshablari kamerali dezinfeksiya usulida zararsizlantiriladi, karavot va karavot oldi tumbalar hamda xonadagi barcha jihoz va anjomlar dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlaridan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Karantinga olingan shaxslar har kuni ikki mahal (ertalab va kechqurun) tibbiyot xodimlari tomonidan tana harorati o‘lchanadi, koronavirus infeksiyasi klinik belgilari (tana haroratining me’yoridan yuqoriligi, quruq yo‘tal, holsizlanish, nafas siqilishi) kuzatilganda darhol shifokor ko‘rigi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy kuzatuv bilan bir vaqtda tibbiyot xodimi karantinga olingan shaxslarning o‘z o‘rnida bo‘lganliklarini tekshirib boradi va bu haqdagi ma’lumotlarni alohida jurnalda muntazam ravishda (kamida sutkada ikki mahal (tun va kun) qayd etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilgan shaxs aniqlanganda, u darhol karantin majmuasining alohida xonasiga (izolyatorga) ko‘chiriladi va uni 6 soat ichida tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) yuborish choralari ko‘riladi. Bu shaxslar bilan muloqotda bo‘lganlar esa laboratoriya tahlili natijalari olingunga qadar, o‘z xonalarida izolyatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan barcha tibbiyot xodimlari, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa shaxslar shaxsiy himoya vositalari (kombinezon, etik, tibbiy niqob, ko‘zoynak va qo‘lqop) turidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasida xizmat o‘tovchi ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari zarur shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob va qo‘lqop) foydalangan holda o‘z xizmat faoliyatlarini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Karantin majmuasiga jalb etilgan xodimlar ushbu majmuada 14 kun davomida qolib ishlashlari (kazarma holatida bo‘lishlari) talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Markaz tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olinganlar o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlari muntazam ravishda olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasi masofadan ushbu targ‘ibot ishlarini olib borish uchun umumiy axborot yetkazuvchi barcha vositalar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qizil zonaga tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan boshqa xodimlarning kirishi va karantinga olingan shaxslar bilan muloqotga kirishishi qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar karantin majmuasiga jalb qilingan xodimlar faoliyati davrida ularda koronavirus infeksiyasi belgilari qayd etilsa, ushbu xodimlar karantin majmuasidan chiqarilmasdan, alohida kuzatuvga olinadi va mazkur Nizomning 45-bandiga muvofiq zarur tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Karantin majmuasining qizil zonasidan yashil zonasiga o‘tish yoki aksincha yashil zonadan qizil zonaga o‘tish sariq zona orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sanepidqo‘mning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari va hududiy o‘lat, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazlari karantin majmuasida epidemiyaga qarshi rejim talablari bajarilishini monitoring qilish va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Karantinga olingan shaxslarni ovqatlantirish markaz tomonidan autsorsing yoki keytering shartlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslar bir kunda to‘rt mahal markaz hisobidan ovqatlantiriladi. Bunda karantinga olingan shaxslarga oziq-ovqatlarni tarqatish tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Markaz tomonidan har kuni oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing (keytering) tashkilotiga karantin majmuasida joylashtirilganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Karantin majmuasiga oziq-ovqatlar transport vositasida olib kelinishi, ular bir marotaba ishlatishga mo‘ljallangan, usti yopiladigan maxsus idishlarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda foydalaniladigan barcha buyumlar bir marotaba ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Autsorsing (keytering) tashkilotlari tomonidan karantin majmuasiga olib kelingan oziq-ovqatlar markaz faoliyatiga jalb qilingan mas’ul yordamchi xodimlar tomonidan qabul qilib olinadi va tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oziq-ovqatlar shu vaqtning o‘zida tibbiyot xodimlari nazorati ostida karantin majmuasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan navbat bilan qizil va yashil zonalarda joylashtirilgan shaxslarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Karantin majmuasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan tarqatilgan oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari har bir xonadan maxsus polietilen qoplarga yig‘ib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maxsus polietilen qoplar saqlab turilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Barcha oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maxsus polietilen qoplar shu vaqtning o‘zida tegishli hududga olib borilib, maxsus (mufel) pechlarda kuydirib tashlash orqali yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Karantin majmuasi hududiga faqatgina markaz komendanti ruxsati bilan markazga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan har bir transport vositasi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgandan keyingina kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan va ushbu hududdan chiqariladigan transport vositalari, ularning haydovchisi va boshqa shaxslar to‘g‘risidagi, shuningdek hududga olib kiriladigan buyum, mahsulot va boshqa vositalar haqidagi ma’lumotlar ichki ishlar va milliy gvardiya organlarining xodimlari tomonidan tizimlashtirilgan tartibda karantin majmuasi bo‘yicha yuritiladigan elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Transport vositasini karantin majmuasi hududiga kiritishda ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan transport vositasi haydovchisiga olib kelingan buyum, mahsulot va vositalarni karantin majmuasida qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan hudud doirasida harakatlanishi va ortga qaytishi lozimligi tushuntirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Karantin majmuasi hududidan har qanday buyum, mahsulot va boshqa vositalarning olib chiqilishi taqiqlanadi, bundan yashil zonadan chiqariladigan maishiy chiqindilar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Transport vositalari karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar har qanday holatda 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani saqlashlari tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Karantin majmuasida nazoratni ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanepidqo‘m, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi:
(66-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi ta’minlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslar tomonidan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzilishini oldini olishlari, ularni aniqlashlari va bartaraf etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlangan hollarda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni darhol karantinda olingan boshqa shaxslardan ajratish choralarini ko‘rilishini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Begona shaxslarni, jonivorlarni va avtotransport vositalarni karantin majmuasi hududiga kiritmaslik maqsadida karantin majmuasi hududi o‘rab olinishi, hududni qo‘riqlayotgan xodimlar uchun maxsus xonalar bo‘lishi, hududda kuzatuv olib borish va kirish uchun maxsus postlar belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari hamda karantin majmuasi xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasida karantinga olingan har bir shaxsning xonasi va unga tutash bo‘lgan hudud ushbu navbatchilik guruhlari tomonidan alohida karantin hududi sifatida qat’iy nazoratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Karantin majmuasi hududini qo‘riqlash Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, karantin majmuasi binolari va unga tutash hududni kecha-kunduz navbatchilik asosida qo‘riqlanishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarning karantin ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari doimiy nazorat qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasining hududida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari hamda markaz xodimlari tomonidan karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida o‘zboshimchalik bilan karantin hududini tark etishga har qanday urinishlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanishi va bu belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Karantinga olingan shaxslarni o‘zboshimchalik bilan karantin hududini tark etish yoki shunday harakatlarni sodir etishga urinish, shuningdek tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari sodir etilsa, bu to‘g‘risida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlariga zudlik bilan xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari karantinga olingan shaxslarni o‘zboshimchalik bilan karantin hududini tark etishlarini oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Karantin hududini o‘zboshimchalik bilan tark etishga uringan yoki karantin hududini tark etgan karantinga olingan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Karantin majmuasida yordamchi bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish hamda jihozlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Karantin majmuasida polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi va kirxona bo‘linmalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laborotoriya bo‘linmasi alohida binoda joylashgan va xonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi xonalardan iborat bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni qabul qilish va ro‘yxatga olish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni birlamchi zararsizlantirish va saralash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RNK-DNKlarni ajratish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaksion aralashmalarni tayyorlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil natijalarini hisoblash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya mudiri xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar saqlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventar xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kislota va ishqorlarni saqlash xonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya bo‘linmasi xonalari manfiy bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan mexanik ventilyatsiya tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Har bir xona funksional vazifasidan kelib chiqqan holda asbob-anjomlar, reaktiv va sarflovchi materiallar bilan ta’minlanishi kerak, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) RNK-DNKlarni ajratish xonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laminar shkaf;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrotsentrifuga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ultrapast temperaturada ishlaydigan muzlatgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktivlar uchun sovutgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikser/vorteks;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termomikser;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) reaksion aralashmalarni tayyorlash xonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxavfsizlik shkafi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentlarni saqlash uchun sovutgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tahlil natijalarini hisoblash xonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya bo‘linmasining barcha xonalari bakteritsid lampalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Har bir xona laboratoriya mebeli (stol, stul, shkaf), bir kanalli har xil o‘lchamdagi dozatorlar, konteynerlar, dozator va probirkalar uchun shtativlar, ultrapast temperaturali muzlatgichlar uchun krioqo‘lqoplar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Laboratoriya biomateriallarni zararsizlantirish uchun avtoklav bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Qizil majmuada joylashgan xonalarning choyshablarini, shuningdek tibbiy xodimlarning maxsus kiyimlarini yuvish uchun karantin majmuasi hududida kirxonalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Kirxona sanitariya qoidalari va me’yorlari talablari asosida suv ta’minoti, kanalizatsiya va ventilyatsiya tizimiga ega bo‘lishi kerak. Kirxona xonalari alohida binoda joylashgan va xonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi xonalardan (sexlardan) iborat bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilish va saralash sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni yuvish sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni quritish sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni dazmollash sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yumshoq jihozlarni saqlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni tarqatish (ekspeditsiya) xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuvuvchi va dezinfeksiya vositalari saqlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dam olish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuvinish xonasi va hojatxona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Kirxonalar kirlarni zararsizlantirish uchun vannalar, kir yuvish mashinalari, sentrifugalar, dazmollash uskunalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Yuvilgan choyshab va maxsus kiyimlarni saqlash xonasida stellajlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Kirlarni quritish sexi kirlarni quritish uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Karantinga olingan shaxslarni karantin muddati tugaganidan so‘ng karantin majmuasidan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Karantinga olingan shaxslarda oxirgi 14 kunlik muddatda yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddatda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni karantin majmuasidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur shaxslar bilan bir xonada bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni karantin majmuasidan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tana harorati karantin muddatining oxirgi 3 kuni davomida me’yordaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafas olish belgilarining yaxshiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallikni boshqa belgilari mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin muddatida jami uch marotaba polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) tahlili o‘rganishda manfiy natija chiqqanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Karantin majmuasidan chiqarilayotgan shaxslarning vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning o‘zlariga yoki ularning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga karantin muddati tugaganidan keyin qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Karantin majmuasi tomonidan karantindan chiqqan shaxslar haqida ularning yashash joylaridagi poliklinikalarga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslar ustidan keyingi 10 kun davomida yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan telefon orqali kuzatuv o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Karantin majmuasidan chiqariladigan shaxslarni maxsus dezinfeksiyalangan transport vositalarida ularning yashash joylariga olib borilishi tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ta’minlanadi.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ularni yashash joylariga olib borilishi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Karantindan chiqayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) muvofiq epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Karantindan chiqqan shaxslar yashagan xonalarda joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng sog‘liqni saqlash organlari tomonidan xonalar tegishli hududdagi markazga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralarni hisobini yuritish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash va topshirish uchun javobgarlik markaz direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgar shaxslarning almashinishi tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasi va markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylari ushbu zaxiralarning xususiyatidan kelib chiqib ularni saqlashga mo‘ljallangan vositalar bilan ta’minlanishi, shuningdek zarur o‘lchov asboblari, o‘lchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida markazga kirim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beg‘araz kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazning o‘zida tayyorlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(93-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqarilish dalilini aniqlash paytida balansdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar markaz balansidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beg‘araz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Karantinga joylashtirilgan shaxslar tomonidan karantin majmuasining tovar-moddiy zaxiralariga yetkazilgan zarar ushbu shaxslar mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralar joylashgan binoni qo‘riqlash Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan karantinga olingan shaxslarning markazlashgan hisobi va karantin rejimi holati ustidan monitoringini olib borish imkonini beradigan markazlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimiga joylashtiriladigan ma’lumotlar formati o‘z ichiga anketa, hisobotlar va boshqa shakllarni olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot tizimi orqali karantin majmualarida joylashtirilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni tegishli davlat organlariga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Axborot tizimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy sog‘liqni saqlash organi) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Karantin majmuasida axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarni va karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar shakllantirish uchun karantin majmuasining ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar bazasi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlar bazasini yuritish uchun markaz direktorining buyrug‘i bilan mas’ul shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlar bazasiga karantinga olingan shaxslar va karantindan chiqarilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar axborot tizimida belgilangan ma’lumotlarni yig‘ish shakliga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun markaz mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Markaz ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni har kuni kamida ikki marotaba tegishliligi bo‘yicha hududiy sog‘liqni saqlash organiga axborot tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Hududiy sog‘liqni saqlash organlari markaz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni qabul qilib oladi va shu vaqtning o‘zida umumlashtirilgan holda axborot tizimi orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga hamda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladigan ma’lumotlar axborot tizimiga mas’ul xodim tomonidan umumlashtirilgan holda qayta kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Axborot tizimida karantinga olingan yoki undan chiqarilgan shaxslarni hisobga olish axborot tizimida o‘rnatilgan formatdagi shakl bo‘yicha karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni hisobga olish kartochkasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot tizimidagi yangilangan ma’lumotni kuniga kamida ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Karantinga olingan shaxslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qat’iy amal qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimidagi ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi oqibatida shaxsning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelgan yoki ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan holatlarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslar joylashtiriladigan xonalarda bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarning eng kam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ME’YORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jihozlarning nomi

Jihozlarning soni

1.

Kiyim javoni

1ta

2.

Tumba (oyoq kiyimlar uchun)

1ta

3.

Karavot

4ta

4.

Stol

1ta

5.

Stul

4ta

6.

Yumshoq jihozlar uchun javon

1ta

7.

Yostiq

4ta

8.

To‘shak

4ta

9.

Ko‘rpa (jun yoki paxtali)

4ta

10.

Choyshab

4ta

11.

Yostiq jild

4ta

12.

Ko‘rpa jild

4ta

13.

Xo‘jalik anjomlari uchun javon

1ta

14.

Sochiq

4ta

15.

Qog‘oz salfetkalari

4 ta

16.

Axlat qutisi

1 ta

17.

Pol yuvish uchun latta

1ta

18.

Chelak

1ta

19.

Supurgi

1ta

20.

Hokandoz

1ta

21.

Shvabra

1ta

22.

Konditsioner

1ta

23.

Televizor

1ta

24.

Termometr

4ta

25.

Devorda turadigan ilgich (sochiqlar uchun)

1ta

26.

Xolodilnik

1ta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) tuman (shahar) bo‘limlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) (keyingi o‘rinlarda — hududiy ichki ishlar organlari) xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning (keyingi o‘rinlarda muloqotda bo‘lgan shaxs deb yuritiladi) ro‘yxati shakllantiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi hamda hududiy ichki ishlar organlari shu vaqtning o‘zida muloqotda bo‘lgan shaxslarninig ro‘yxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishlicha yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash hamda ichki ishlar organlariga, shuningdek tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan ro‘yxatga asosan mahalliy davlat hokimiyati, sog‘liqni saqlash hamda ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda tegishli hududda epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlari tashkil etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari xodimlari bilan hamkorlikda darhol muloqotda bo‘lgan shaxslarninig ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Muloqotda bo‘lgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muloqotda bo‘lgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida (keyingi o‘rinlarda — karantin muddati) uy sharoitida karantinga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muloqotda bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantiniga olinganda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan naryad tomonidan ularning karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan kechayu-kunduz qat’iy va tizimli nazorat o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muloqotda bo‘lgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur uyda yashovchi shaxslarning biri yoki bir nechtasi karantinga olingan uydan tashqarida bo‘lgan taqdirda, ular darhol tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasidan foydalangan holda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari kuzatuvi ostida yashash joyiga olib kelinadi. Bunda tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasida bo‘ladigan tibbiyot xodimlari hamda uning haydovchisi yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu shaxslar yashash joyiga borishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ular ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan majburiy tartibda yashash joyiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muloqotda bo‘lgan shaxslarni uy sharoitida karantinda saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarini tark etishlari qat’iyan man etiladi, bundan ularga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologiya yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga faqatgina tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasidan foydalangan holda, shuningdek ichki ishlar organlari kuzatuvi ostida tibbiyot muassasasiga olib boriladi. Bunda, tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasida bo‘ladigan tibbiyot xodimlari hamda uning haydovchisi yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslardan uy sharoitida karantinga olingan kundan boshlab bir kun ichida Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari tomonidan polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasi olinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasining tahlili natijasi musbat bo‘lganda, darhol uy sharoitida karantinga olingan shaxsni mazkur Nizomnnig 8-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan shartlarda tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) olib borish choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasining tahlili natijasi manfiy bo‘lganda, uy sharoitida karantinga olingan shaxslar belgilangan karantin muddati tugaguniga qadar karantinda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida yashash joyidagi poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni ikki mahal ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda birinchi ko‘rik soat 9:00 gacha, ikkinchi ko‘rik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazadigan poliklinika tibbiyot xodimlari yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik natijalari observatsion varaqda qayd etiladi. Tegishli hududda o‘tkazilgan barcha ko‘rik natijalari haqidagi ma’lumotlar poliklinika tomonidan umumlashtiriladi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga taqdim etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik natijasida uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilganda, bu haqda poliklinika tomonidan zudlik bilan Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limiga xabar berilishi kerak.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Uy sharoitida karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslarning hisobi Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan yuritiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan yuritiladigan uy sharoitida karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslarning hisobi haqidagi ma’lumotlar har kuni elektron axborot tizimi orqali ularning yuqori turuvchi organiga, shuningdek tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojlari uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlarini (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) yetkazib berish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va volontyorlar guruhlarini faol jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda barcha zarur mahsulot va vositalar karantinga olingan shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning uylaridan chiqariladigan chiqindilar ularning o‘zlari tomonidan uyning (ko‘p qavatli uylarda xonadonning) kirish eshiklar tashqarisiga chiqarib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uyning (ko‘p qavatli uylarda xonadonning) kirish eshiklari tashqarisiga chiqarib qo‘yilgan chiqindilar “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari tomonidan belgilangan tartibda sanitariya qoidalariga rioya etgan holda yig‘ib chiqiladi va olib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari xodimlari shaxsiy himoya vositalari (tibbiy niqob va qo‘lqop) bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan haftada bir marotaba karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarni karantin muddati tugaganidan so‘ng karantindan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan ularda va ular bilan birga yashovchi boshqa shaxslarda koronavirus infeksiyasi klinik belgilari yo‘qligi tasdiqlangan taqdirda ularni karantindan chiqarishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Poliklinika shifokori uy sharoitida karantinga olingan shaxs karantindan chiqarilgan kundan boshlab 10 kun davomida uning sog‘lig‘i holati haqida telefon orqali xabar olib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantindan chiqayotganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi qonunchilikda belgilangan tartibda ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2020-y., 09/20/254/0500-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)