Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qarorlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga hamda Yuridik taʼminlash boshqarmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-aprel,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 212-son qarorida:
a) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qarorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
7-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisidagi “parlament va deputatlar soʻrovlari” soʻzlari “parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “boʻlim mudiri” soʻzlari “boʻlimlar mudirlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisiga “Boshqarma boshligʻi” soʻzlaridan keyin “uning oʻrinbosari,” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “Boshqarma boshligʻi” soʻzlaridan keyin “uning oʻrinbosari,” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidagi “Boʻlim” soʻzi “Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshiga “amalga oshiradi” soʻzlaridan keyin “Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari,” soʻzlari qoʻshilsin;
yigirma birinchi xatboshidagi “Boshqarmaning boʻlim mudirlari” soʻzlari “Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlimlar mudirlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari bajaradi”;
quyidagi mazmundagi 151-band qoʻshilsin:
“151. Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari:
Boʻlim mudirlari va mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
intellektual mulk va davlat xizmatlari sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi;
Boshqarma boshligʻiga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.”;
yettinchi xatboshiga “Boshqarma boshligʻiga” soʻzlaridan keyin “uning oʻrinbosariga,” soʻzlari qoʻshilsin;
yigirmanchi xatboshiga “uning vazifasini” soʻzlaridan keyin “Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “Boshqarma boshligʻi” soʻzlaridan keyin “uning oʻrinbosari,” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn uchinchi xatboshilarga “Boshqarma boshligʻiga” va “Boshqarma boshligʻi” soʻzlaridan keyin tegishlicha “uning oʻrinbosariga,” va “uning oʻrinbosari,” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 25-martdagi 248-son qarorida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova):
9-banddagi “arxiv va kompyuterda yozish byurosi mudirlari, I toifali kompyuterda yozuvchi, shuningdek, stenografistka” soʻzlari chiqarib tashlansin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “Boʻlim mudiri, uning mutaxassislarining” soʻzlari “Boʻlim mudiri, uning oʻrinbosari va mutaxassislarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“boshqa materiallar loyihalarini tahrir va tarjima” va “boshqa materiallari” soʻzlari tegishlicha “boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima va tahrir” va “boshqa hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “materiallar” soʻzi “hujjatlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Arxiv mudiri” soʻzlari “Arxivni yuritish masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomda (4-ilova):
toʻrtinchi xatboshidagi “mutaxassis kiradi” soʻzlari “mutaxassis” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis kiradi”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “bitta” soʻzi “ikki nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 171-band qoʻshilsin:
“171. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Vazirlar Mahkamasi apparatiga qabulga kelgan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini rasmiylashtirish va hisobga olishni taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan ogʻzaki murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tizimini takomillashtirish va natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
shaxsiy ish rejasiga yoki Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati va natijadorligini oʻrganadi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Inspektorlar boʻlimda ish yuritilishini taʼminlaydi, murojaatlarni roʻyxatga oladi, hujjatlarning boʻlimdan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-iyuldagi 580-son qarorida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
10-bandning sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Zarafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Shargʻun va Shirin shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, dastur va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
inspektor kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.”;
12-banddagi “mudir oʻrinbosari va mutaxassislari” soʻzlari “mudir oʻrinbosari, mutaxassislari va inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Boʻlimning tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, dastur va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi, shuningdek, hududiy dasturlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
qabul qilingan dasturlar va “yoʻl xaritalari” boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi monitoringini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning Boʻlim faoliyatiga oid chora-tadbirlari bajarilishining tizimli nazoratini olib boradi;
tasdiqlangan dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ijrosi boʻyicha masʼul vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Shargʻun shaharchasi hokimlarining hisobotlarini oladi va tahlil qiladi, umumlashtirilgan maʼlumotlarni Boʻlim mudiriga kiritib boradi”;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishlicha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimiga biriktiriladigan davlat boshqaruvi organlari hamda oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxatida (2-ilova):
I boʻlimning nomidagi “vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda” soʻzlari chiqarilsin;
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
4-banddagi “Oʻzmilliybank” soʻzlari “Milliy bank” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti toʻgʻrisidagi nizomda:
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek, quyidagilar kiradi:
Davlat tilini rivojlantirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish boʻlimi mudiri;
Atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi mudiri;
Davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Atamashunoslik va toponimika sohasida qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Toponimik obyektlarga nom berish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Inspektor.”;
12-banddagi “va mutaxassislari” soʻzlari “mutaxassislari va inspektor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.”;
quyidagi mazmundagi 19-band qoʻshilsin:
“19. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Departamentdan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 11-martdagi 137-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri” bloki quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri”;
b) 11-ilovada:
1-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi”;
v) 13-ilovaning 5-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-ilovaning 1-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 09/21/370/0564-son, 04.08.2021-y., 09/21/488/0752-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)