16.08.2017 yildagi PQ-3219-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz oʻzining boy badiiy merosi bilan jahon sanʼati va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan qadimiy sivilizatsiya oʻchogʻi sifatida milliy badiiy anʼanalarning oʻziga xosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi sanʼat mutaxassislari tomonidan eʼtirof etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda zamonaviy oʻzbek tasviriy sanʼatiga koʻplab yosh isteʼdod egalari kirib kelayotgani, turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlar, xususan, rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon sanʼat maydonida munosib oʻrin egallashga intilish tendensiyalari koʻzga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, taʼkidlash lozimki, hozirgi vaqtda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, sohaga doir normativ-huquqiy hamda moddiy-texnik bazaning mukammal emasligi, malakali kadrlar yetishmasligi bu boradagi ishlarning samarasiga salbiy taʼsir etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tasviriy va amaliy sanʼati hamda dizayn yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis sanʼatlarga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga shart-sharoit yaratish, badiiy salohiyatini oshirish, zamon talablariga mos badiiy taʼlim tizimini keng yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 33 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisiga zarur hollarda, markaziy apparat hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish, shaxsiy va ijodiy koʻrgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yoʻnalishdagi taʼlim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va sanʼat arboblari bilan ilgʻor tajribalar almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorlar va isteʼdodli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn anʼanalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Badiiy ijodkorlar uyushmasi deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishidagi ijodkorlarni, milliy oʻzligimizni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyatini ragʻbatlantirish va bolalar sanʼatini rivojlantirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatida badiiy taʼlim uzviyligi hamda uzluksizligini taʼminlashga erishish maqsadida ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun boshlangʻich badiiy taʼlimni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatining taraqqiyoti yoʻlida tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari faoliyatini kuchaytirish, bu boradagi vazifalarni amalga oshirishning zamonaviy, taʼsirchan usul va shakllarini tizimli asosda rivojlantirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻlamdagi koʻrgazmalar tashkil etish orqali milliy sanʼatimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennalelar va boshqa anjumanlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini sotib olish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha — vazirga, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining tarkibi va Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Natsionalnaya baza dannix zakonodatelstva, 2017 g.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining qaroriga asosan sotib olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,41 barobarida oylik gonorar toʻlash tizimi joriy qilinadi hamda ushbu gonorarlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari galereyalarini saqlash xarajatlari, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish manbasi etib Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Fond deb yuritiladi) mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning hududiy boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Fondga ajratiladigan budjet mablagʻlari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy boʻlimlarining hududiy galereyalarda joylashtirilishini hamda ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatiga 2 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosini qurish ishlarini tashkillashtirsin va ushbu binoda rassomlar uchun tajriba ustaxonasini tashkil etish koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3219-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) 33 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 8 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va mustahkamlash

1.

Toshkent shahrida zamon talablariga mos boʻlgan “Zamonaviy sanʼat galereyasi”ni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2017-yil
IV chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi

2.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi madaniy-maʼrifiy muassasalarning namunaviy shtatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil
IV chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3.

Haykaltaroshlik monumental asarlarini yaratish uchun mos, kerakli sharoitga ega boʻlgan bino masalasini hal etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda haykaltaroshlik monumental asarlarini yaratish uchun mos, boʻsh binoni Badiiy akademiya balansiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahri hokimligi

4.

Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, milliy madaniyatni avaylab asrash va targʻib qilish, maʼnaviy boy, jismonan baquvvat, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissalarini qoʻshayotgan ijodkorlarni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin”, “Kumush” medallari, diplomlari bilan taqdirlash boʻyicha nizom ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
IV chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

5.

Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish yuzasidan ularning ijodiy faoliyatini mehnat stajiga kiritish bilan bogʻliq tegishli taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
I-yarim yillik

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi

6.

Koʻp yillar davomida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining barcha yoʻnalishlarida samarali mehnat qilib, uning samaradorligini oshirishga hissa qoʻshib kelayotgan fidoiy mutaxassislarni mehnatlarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ularning lavozim maoshlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlar masalasini koʻrib chiqish boʻyicha loyiha tayyorlash va kiritish.

2018-yil
III
chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

II. Badiiy akademiya tizimidagi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlash va samarali ijodiy faoliyat olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn sohasida samarali faoliyat olib borayotgan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash

7.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 10a-uyda joylashgan Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi fondida saqlanayotgan 17 mingdan ortiq badiiy qiymatga ega tasviriy va xalq amaliy sanʼati durdonalarini saqlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida fond binosini mukammal rekonstruksiya qilish ishlarini Investitsiya dasturiga kiritish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.

8.

Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolarini muntazam ravishda sogʻlomlashtirish va dam olish maskanlariga imtiyozli narxlarda yoʻllanmalar bilan taʼminlash masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining yillik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

9.

Respublika rassomlik kolleji (P. Benkov) respublikamizning chekka hududlaridan kelib tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 400 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi uchun yangi bino qurilishi boʻyicha;

Respublika dizayn kollejining oʻquvchilar turar joyi tipida qurilgan binosini kapital rekonstruksiya qilish va zamonaviy tipdagi 200 oʻrinli oʻquvchilar turar joyiga qayta moslashtirish boʻyicha;

Qoʻqon tasviriy va amaliy sanʼat kollej binosini kollejning umumiy kontingenti va binoning hozirgi quvvatini hisobga olgan holda qoʻshimcha yangi oʻquv bino qurish masalalari boʻyicha keyingi yillarda Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan loyiha tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
II chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Fargʻona viloyat hokimiyati.

10.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi boʻlimlarining ijodiy ustaxonalari faoliyatini takomillashtirish, usta-shogird anʼanalarini yanada rivojlantirish hamda ularni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi shaharsozlik doirasida barcha qurilish obyektlarini smetasiga badiiy ishlarni kiritish boʻyicha (haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, dastgohli rangtasvir, grafiga, keramika, landshaftlar) tayyorlanadigan loyihalarda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ishtirokini taʼminlash.

doimiy

Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

12.

Oʻzbek tasviriy va amaliy sanʼatimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish maqsadida xalqaro miqyosdagi koʻchma koʻrgazmalarni tashkil etish, xalqaro miqyosdagi madaniy aloqalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jahon hamjamiyatiga oʻz ijodiy ishlarini tanishtirish maqsadida mualliflarning oʻz asarlarini mamlakatimiz hududidan olib chiqish bilan bogʻliq toʻlovlardan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolarini ozod qilish masalasini koʻrib chiqishga moʻljallangan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
III chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi

III. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, tadbirlar hamda koʻrgazmalar faoliyati, Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini chuqur gʻoyaviy mazmun bilan boyitilishini taʼminlash, koʻrgazmalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning badiiy va maʼnaviy saviyasini oshirish

13.

Oʻzbekistonda keng koʻrgazma faoliyati orqali mamlakatimizning boy tarixi, bugungi yutuqlarini xalqimizga va dunyo jamoatchiligiga tanitish, oʻtkazilayotgan koʻrgazmalarga xorijiy mehmonlar, sayyohlarning hamda mahalliy aholi, oʻquvchi va talabalarning tashrifini koʻpaytirish maqsadida tizimdagi mavjud koʻrgazma zallarini hozirgi zamon talablariga mos ravishda taʼmirlash va koʻrgazma zallarini jahon standartlariga javob beruvchi koʻrgazma (vitrina, vitraj, stendlar va boshqa), orgtexnika (monitor, videoproyektor va boshqa), mebel jihozlari, yoritish tizimlari bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha taklif tayyorlash va Moliya vazirligiga kiritish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi

14.

Ijodkorlarning Milliy istiqlol gʻoyasini tasviriy va amaliy sanʼatimiz orqali targʻib qilish yoʻlidagi harakatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishda katta ahamiyat kasb etuvchi anʼanaviy “Tasviriy va amaliy sanʼat festivali”ni yuqori darajada tashkil etish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Tarixiy va zamonaviy oʻzbek amaliy sanʼatini respublikada hamda xorijda keng targʻib qilish, jamoatchilikni milliy va chet el madaniyati va sanʼati bilan yaqindan tanishtirish va targʻib qilish ishlarini yuksak pogʻonaga koʻtarish maqsadida “I-Toshkent Xalqaro amaliy sanʼat Biyennalesi” va “Zamonaviy sanʼat Biyennalesi”ni har ikki yilda bir marta oʻtkazish.

Har ikki yilda

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati va manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Tasviriy va amaliy sanʼati hamda dizayn sohalarda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bu borada zamonaviy pedagogik va xalqaro tajribalardan foydalanish, taʼlim tizimini isloh qilish.

16.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining taʼlim tizimini isloh qilish yuzasidan mavjud masalalarni “2017 — 2021-yillarda Respublika Oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi”ga kiritish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yil
IV chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati.

17.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining mutaxassislik yoʻnalishida kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini tashkil etishni tubdan oʻzgartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Davlat qabul komissiyasiga kiritish

2018-yildan muntazam

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

18.

Badiiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va mazkur tizimda vertikal boshqaruvga asoslangan malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

19.

Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn yoʻnalishida ustoz-shogird tizimini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Akademiklari, Oʻzbekiston Xalq rassomlari, Xalq ustalari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari unvonlariga ega boʻlgan mutaxassislarni darajada deb belgilashda, Badiiy taʼlimning mutaxassislarini darajasini belgilashda ularni Oliy Attestatsiya Komissiyasi bilan birgalikda ilmiy unvonlarga tenglashtirish mezonlarini qayta ishlab chiqish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim vazirligi

20.

Tizimdagi taʼlim muassasalarida yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish, zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

21.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi taʼlim tizimida badiiy va ilmiy salohiyatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jahon standartlari talablariga muvofiq akademik badiiy taʼlimni oʻziga xosligini inobatga olib Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti salohiyatini belgilashda ilmiy salohiyatga boʻlgan talabni inkor etmagan holda, badiiy salohiyatni birlamchi etib olish bilan bogʻliq Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Bolalar sanʼatini rivojlantirish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, Badiiy akademiya tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlaridagi akademik badiiy taʼlim jarayonini isloh qilish, taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etayotgan mavjud muammolarni hal qilish, taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash maqsadida taʼlimni 1 — 11-sinflarda tashkil etish hamda musiqa yoʻnalishini saqlab qolish boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va tasdiqlash.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Badiiy taʼlim yoʻnalishidagi muassasalarda oʻqitishning sifat darajasini oshirish va oʻquvchi-talabalar plastik anotomiyani mukammal oʻzlashtirishini taʼminlash maqsadida badiiy (tasviriy va amaliy sanʼat) taʼlimga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari, ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlari uchun jonli natura mehnati va ularning mehnatiga haq toʻlash tizimini ishlab chiqish.

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 26,5 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari xodimlariga bir paytning oʻzida jamoatchilik asosida Badiiy Ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari xodimlari hisoblanadi va mazkur galereyalar faoliyatini belgilangan tartibda samarali tashkil etilishida javobgardir.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

A. Nuriddinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Respublika komissiyasi kotibi

R. Usmonov

Toshkent shahri hokimi

M. Muratov

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

A. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

G. Saidova

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

I. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri

X. Aminov

Komoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti rektori

B. Zakirov

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi

R. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

A. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

M. Ahmedov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

A. Xakimov

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida badiiy ijodning boshqa turlari qatori tasviriy sanʼat sohasi rivojiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada, ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvarda imzolangan “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martda qabul qilingan shu yoʻnalishdagi qarori muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur tarixiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar asosida Badiiy akademiya tomonidan oʻtgan yigirma yil mobaynida tasviriy sanʼat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, rassomlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, moddiy va maʼnaviy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, yosh rassomlarni tarbiyalash borasida koʻp ishlar qilindi.

Bu haqda soʻz borganda, Badiiy akademiya tarkibida tasviriy sanʼat sohasi boʻyicha milliy taʼlimning koʻp bosqichli tizimi shakllantirilgani, “Sanʼat” jurnali tashkil etilib, u 1998-yildan buyon uch tilda — oʻzbek, rus, ingliz tillarida chop etilayotgani, boy badiiy merosimiz va zamonaviy tasviriy sanʼatimizning rivojlanish tendensiyalarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning moddiy, ilmiy-uslubiy bazasi mustahkamlanganini taʼkidlash lozim.

Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy madaniyat va sanʼat arboblari bilan uchrashuv va muloqotlar oʻtkazish boʻyicha oʻziga xos tizim shakllangani, mamlakatimizning koʻplab rassomlari xalqaro anjuman va koʻrgazmalar, festival va tanlovlarda qatnashib, nufuzli oʻrinlarni qoʻlga kiritayotgani, oʻnlab ijodkorlar davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgani ham Badiiy akademiya faoliyati bilan bevosita bogʻliq.

Ayni vaqtda hozirgi jadal surʼatlar bilan rivojlanayotgan davrning oʻzi tasviriy sanʼat sohasini yanada taraqqiy ettirish, uning bugungi kundagi oʻrni va mavqeyini oshirish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirishni talab etayotganini eʼtirof etish lozim.

Ayniqsa, tasviriy sanʼat ijodkorlarining imkoniyat va salohiyatini toʻlaqonli yuzaga chiqarish, rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarining yuksak sifatini taʼminlash borasida keyingi paytlarda dolzarb muammolar toʻplanib qolgani, jumladan, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning bugungi kun talablariga javob bermasligi, mavjud moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar yetishmasligi, xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda ijodkorlarni har tomonlama ragʻbatlantirish va isteʼdodli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishda yuzaga kelayotgan sustkashliklar mazkur sohaga davlatimiz tomonidan eʼtiborni kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Maʼlumki, 2017-yil 3-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvda taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasini, jumladan, tasviriy sanʼat yoʻnalishini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalarni belgilab, ularni hal etish yoʻllarini koʻrsatib berdi. Oʻtgan qisqa muddatda ana shu taklif va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan 10 ga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi.

Kecha imzolangan “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror shu yoʻnalishdagi yana bir muhim hujjat boʻldi.

Qarorda xalqimizni tasviriy sanʼat namunalaridan bahramand etish va dizayn yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sanʼat asarlarida milliy va umuminsoniy anʼanalarni yuksak darajada ifoda etishga erishish, yurtimizda oʻtkazilayotgan koʻrgazmalarning badiiy saviyasini oshirish, rassomlik va dizayn sohasiga ixtisoslashgan taʼlim tizimini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish borasida muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, jahon miqyosida oʻz oʻrniga ega boʻlgan oʻzbek tasviriy va amaliy sanʼati maktablarining anʼanalarini saqlash va davom ettirish, zamonaviy dizayn yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Qarorga muvofiq Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Yana bir muhim jihati shundaki, mazkur qaror asosida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi va mazkur dasturni amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Qarorda mamlakatimiz madaniy hayoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha masalalarga alohida eʼtibor berilgan. Jumladan, Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish maqsadida jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yoʻnalishdagi taʼlim muassasalari, tashkilotlar, madaniyat va sanʼat ustalari oʻrtasida oʻzaro foydali tajribalar almashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida har tomonlama ijodiy aloqalarni rivojlantirish belgilangan.

Ushbu qarorda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn anʼanalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ijodkorlar uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Yana shunisi muhimki, qarorda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishidagi ijodkorlarni ragʻbatlantirish, shuningdek, bolalar sanʼatini rivojlantirish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatida ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun boshlangʻich badiiy taʼlimni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Shuningdek, qarorda tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va xalq hunarmandligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻlamda koʻrgazmalar oʻtkazish orqali milliy sanʼatimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennale va boshqa anjumanlar oʻtkazishga alohida urgʻu berilgan.

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sodiq Azimov koʻchasi, 35-uyda joylashgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosini qurish ishlarini tashkil etish ham qarorda koʻzda tutilgan.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar qiymatini ijodiy va moddiy salohiyatidan kelib chiqqan holda belgilash qayd etilgan.

Shu bilan birga, qarorga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etish, mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining qaroriga asosan sotib olinishi taʼkidlangan.

Shuningdek, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari uchun eng kam ish haqining toʻrt barobari miqdorida oylik gonorar toʻlash tizimi joriy etiladi va ushbu gonorar mablagʻlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Muxtasar aytganda, mazkur qaror Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uning ish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijodkorlarni har tomonlama moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, isteʼdodli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, rassomlik va dizayn sanʼati sohasida taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, xalqimizning tasviriy va amaliy sanʼat sohasidagi badiiy merosini asrash va keyingi avlodlarga yetkazish, yurtdoshlarimizning tasviriy va amaliy sanʼat sohasidagi estetik ehtiyoj va talablarini qanoatlantirishda bu hujjat keng imkoniyatlar yaratib beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 876-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son; 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)