15.04.2020 yildagi 231-son
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4146-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisiga “yakka tartibdagi tadbirkor” so‘zlaridan keyin “, yoxud yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs” so‘zlari qo‘shilsin.
3. 5-bandning “d”, “e”, “j”, “z” kichik bandlaridagi “qarzdorni bankrot deb e’tirof etish to‘g‘risida” so‘zlari “qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. 35-bandning ikkinchi xatboshisiga “yakka tartibdagi tadbirkor,” so‘zlaridan keyin “yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs” so‘zlari qo‘shilsin.
6. 37-bandning “v” kichik bandidagi “bankrotlikning tegishli tartibotini” so‘zlari “bankrotlik taomillarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.