01.02.2019 yildagi PQ-4146-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish, sud boshqaruvchilari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining 2019-yil 1-iyuldan quyidagi tartibni o‘rnatish haqidagi taklifi ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmati organlari soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
(1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddati o‘n ikki oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda ushbu muddat to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin;
(1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining yoxud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxslarning xatti-harakatlari oqibatida soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mazkur shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;
(1-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda mazkur platformaning tanlov savdolari orqali sotiladi.
(1-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yil 1-martdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi o‘rinlarda — Respublika oliy maktabi) quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus kurslar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisi attestatini olishga talabgorlarni maxsus dastur bo‘yicha shartnoma asosida o‘qitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli toifadagi sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun asos bo‘ladigan o‘qishni tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilarining kasbiy darajasi va malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-maydan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat soliq xizmati organlarining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda sud boshqaruvchilarini davlat soliq xizmati organlari xodimlari orasidan tayinlash amaliyoti bekor qilinadi;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shunday tartib joriy qilinadiki, unga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi toifali sud boshqaruvchisi attestatiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Assotsiatsiya) a’zolari hisoblangan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili va (yoki) boshqa qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ariza bergan soliq organi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi;
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sud boshqaruvchilarining faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sud boshqaruvchilarini tayinlash kreditor (kreditorlarning umumiy yig‘ilishi yoki qo‘mitasi) yoki to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari taqdimnomasi bo‘yicha sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, sud boshqaruvchilarining kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashish, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularning rolini kuchaytirish maqsadida Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda sud boshqaruvchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilarining kasbiy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholaydi, ular tomonidan qonun hujjatlariga, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilishini monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Respublika oliy maktabi bilan birgalikda zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sud boshqaruvchilarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Respublika oliy maktabida sud boshqaruvchilarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Assotsiatsiya bilan birgalikda Sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-apreldan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash haqidagi ma’lumotlarni har chorakda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va rasmiy veb-saytda joylashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Bankrotlik taomillari qo‘llanilgan qarzdorlarning mol-mulkini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi attestatini olishga talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka attestati berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar muddatda soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirganlik va qasddan bankrotlikka olib kelganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-mayga qadar muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4146-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4146/2566-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)