Norasmiy tarjima
Bitim
Mineral-xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Hukumat nomidan ushbu Bitimni Davlat — ishtirokchilari bundan keyin-Tomonlar,
1993-yil 24-sentabridagi Iqtisodiy ittifoqni yaratish haqidagi Shartnoma va 1993-yil 23-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining ishtirokchi-davlatlari va korxonalari ishlab chiqarish kooperatsiyalarini umumiy sharoitlari va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi toʻgʻrisidagi Bitim nizomlariga tayangan holda;
iqtisodiy va ilmiy texnik sohalarda oʻzaro aloqalarni rivojlantirish, ilmiy, ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar mexanizmini takomillashtirishni maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib;
Mineral-xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirib chamalash va oqilona foydalanish, geoekologiya va atrof-muhitni asrash muammolarini samarali hal etishga katta eʼtibor qaratgan holda;
quyidagilar haqida kelishdi:
1-modda
Tomonlar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradilar:
mineral-xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirib chamalash va oqilona foydalanish sohasida hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish;
Tomonlarning xalq xoʻjaligi va maishiy bozorlarini mineral-xomashyo, shuningdek uni qayta ishlash mahsulotlari bilan taʼminlash;
konni qazib olish va konni qayta ishlab chiqarishini barqarorlashtirish va keyingi rivojlantirish, Hamdoʻstlik ishtirokchi-davlatlar korxonalari orasida yuzaga kelgan ishlab chiqarish-texnologik aloqalarni inobatga olgan holda, mineral-xomashyodan oqilona foydalanishni taʼminlash.
2-modda
Tomonlar oʻz milliy qonunchiliklariga muvofiq holda mineral-xomashyoning tanqis va strategik turlari konlaridan foydalanish va ularni qayta ishlash quvvatlarini oshirish boʻyicha, mineral-xomashyoni va uni qayta ishlash mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirish boʻyicha, import qaramligini kamaytirish dasturini amalga oshirishga, Tomonlar iqtisodiyotini foydali qazilmalarni tanqis va strategik turlari bilan mineral-xomashyo taʼminlashning tizimini qoʻllab quvvatlash, fundamental va amaliy muammolar boʻyicha majmuaviy investitsion dasturlarni amalga oshirishda kuchlarini sarflaydilar.
3-modda
Tomonlar geologik-qidiruv, qazib olish va qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish, ularni investitsiyalash uchun sharoitlar yaratish, xalqaro tan olingan talablar negizida mineral-xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatsiyalash sohasida kelishilgan siyosatni shakllantirish.
4-modda
Tomonlar geologik-qidiruv va kon qazib olish korxonalari uchun majmuaviy uskunalar va texnika bilan taʼminlash, ishlab chiqish va tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
5-modda
Tomonlar ilmiy-texnik axborotlar taʼminoti, geologik muhitning monitoringi tizimi sohasida, geodinamik va halokatli geologik jarayonlarni bashoratlashga tayyorlash, geoaxborot tahliliy tizimlarni shakllantirish va ilmiy, muhandis hamda ishchi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
6-modda
Tomonlar regionlardagi mineral-xomashyo resurslarini qidirib-chamalash, qazib olish va foydalanish bilan bogʻliq ekologik muhit muammolarini hal etish, resurslarni asrash texnologiyasi va texnikasini yaratish va tatbiq etish, shuningdek birgalikda bajarilgan tadqiqotlar bilan birga, chegara oldi hududlardagi geologik muhitning ekologik monitoringi tizimini xalqaro darajada rivojlantirish uchun chora-tadbirlar koʻradi.
7-modda
Mineral-xomashyo kompleksini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun Tomonlar yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo kengash tuzadilar. Ushbu Kengash mazkur Bitimni ajralmas qismi boʻlgan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
8-modda
Mazkur Bitimni amalga oshirish Tomonlarning tegishli organ, tashkilot, korxona va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan ikki va koʻp tomonlama bitimlar, shartnomalar, yoki oʻzaro Bitim asosidagi boshqa hujjatlar tuzish orqali amalga oshiriladi.
Muayyan hamkorlik yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash shaklini tanlash va aniqlashda Tomonlar oʻzaro xohish-istaklariga tayanadi.
9-modda
Tomonlar mineral-xomashyo resurslarini qidirish va foydalanishda qoʻllaniladigan atamalarni xalqaro talablar asosida birxillashtirishga kelishib oladilar.
10-modda
Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni almashinishni amal oshiradi va ularni muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻradi.
11-modda
Mazkur Bitim Tomonlar aʼzo boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarda koʻrsatilgan huquq va majburiyatlariga taʼsir koʻrsatmaydi.
12-modda
Tomonlar davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni qoʻllash bilan bogʻliq muammolarni hal etishda oʻzlarining milliy qonunchiligi va ular aʼzo boʻlgan xalqaro shartnomalar qoidalariga amal qiladi.
13-modda
Mazkur Bitimni qoʻllash yoki talqin etish bilan bogʻliq munozarali savollar Tomonlar oʻrtasida oʻzaro maslahat va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan yoki xalqaro huquq qoidalariga zid boʻlmagan boshqa tartiblarda hal etiladi.
14-modda
Mazkur Bitimga Tomonlarning umumiy roziligi asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
15-modda
Mazkur Bitim Tomonlarning, uni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki hukumat normativ hujjatlari bajarilganligi toʻgʻrisidagi uchinchi xabarnomani depozitariyga saqlash uchun topshirilgandan keyin kuchga kiradi. Ichki davlat normativ hujjatlarni kechroq bajargan Tomon uchun u depozitariyga tegishli xabarnomani topshirgan kundan boshlab kuchga kiradi.
16-modda
Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan keyin 2 oy oʻtib, uni amalga oshirishga doir ustivor choralarni belgilash uchun Tomonlar tegishli milliy organlarining yigʻilishini oʻtkazadi.
17-Modda
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi.
18-Modda
Tomonlar, mazkur Bitimdan chiqish haqida dipozitariyni 12 oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda, chiqib ketishi mumkin boʻladi.
19-Modda
Mazkur Bitim, uning maqsadi va prinsiplarini oʻrtoqlashadigan, qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni depozitariyga berish yoʻli bilan barcha Tomonlarni roziligi inobatga olgan holda, boshqa davlatlarning qoʻshilishi uchun ochiqdir. Depozitariy qoʻshilishga roziligi toʻgʻrisidagi oxirgi maʼlumotni olgan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
1997-yil 27-martda Moskva shahrida bitta asl nusxada rus tilida tuzilgan. Asl nusxasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijro Kotibiyatida saqlanadi, ushbu Bitimni imzolagan har bir mamlakatga uning tasdiqlangan nusxasi yuboriladi .
(imzolar)
1997-yil 27-martdagi Mineral xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga
ILOVA
ILOVA
Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha Hukumatlararo kengash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha Hukumatlararo Kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida yer qarini oʻrganish, qidirish, foydalanish va muhofaza qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan, shuningdek Hamkorlikni ishtirokchi davlatlari faoliyatini shakllantirish va samaradorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan siyosatni amaliy amalga oshirishga xizmat qiladi.
Kengashning asosiy maqsadi mineral xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (keyingi oʻrinlarda Bitim ishtirokchi davlatlari) shartlarini oʻz zimmasiga olgan ishtirokchi-davlatlar harakatlarini muvofiqlashtirishi yoʻli bilan, mineral xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Togʻ-kon xartiyasining maqsad va vazifalarini belgilaydi.
1. Kengash oʻz faoliyatini Mustaqil Davlat Hamdoʻstligi Ustavi va mineral xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim va mazkur Nizomiga muvofiq olib boradi.
2. Kengash oʻz faoliyatini Iqtisodiy Ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy Qoʻmitasi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi organlari ustavi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
3. Kengash tarkibi Bitim davlat-ishtirokchilarning tegishli vazirlik va tashkilotlarning vakolatli vakillari-rahbarlaridan shakllantiriladi.
Har bir Bitim ishtirokchi-davlati Kengashda bitta ovozga ega.
4. Kengash tarkibiga Iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qoʻmitasi vakili maslahat ovozi bilan kiradi.
II. Kengashning vazifalari va funksiyalari
Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari:
1. Mineral xomashyo resurslarini oʻrganish, qidirish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimi ishtirokchi-davlatlari Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, kelishilgan siyosatni muvofiqlashtirish va olib borishni belgilaydi.
2. Hamdoʻstlik doirasida yangi huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, Bitimning ishtirokchi-davlatlari xoʻjalik subyektlarining oʻzaro manfaatli kooperatsion aloqalarini tashkil qilish yoʻli bilan, mineral xomashyo resurslari va mahsulotlarni qayta ishlash bozorini shakllantirish va rivojlantirish.
3. Bitimning har bir ishtirokchi-davlatining qonunchiligiga muvofiq, yer osti boyliklariga, ularni qidirish va qazib olishga imkon berishga yordam berish.
4. Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, mineral-xomashyo bazasini qayta toʻldirish va sifat jihatidan yaxshilash sohalarida hamkorlik dasturlar va ishlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkillashtirish.
5. Togʻ-kon sanoati kompleksi korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish siyosatini uygʻunlashtirish.
6. Mineral-xomashyo resurslari qidirish, qazib olish, qayta ishlash va foydalanish sohasida qoʻllaniladigan yangi texnologiyalarga tijorat maqsadlarida kirishni ragʻbatlantirish.
7. Foydali qazilma konlari zaxiralaridan oqilona va yalpi foydalanishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratish.
8. Mineral-xomashyo resurslarni qazib olish va qayta ishlash (konvertatsiya qilish) boʻyicha korxonalarda yirik avariyalar oqibatlarini oldini olish va bartaraf etishda hamkorlik, yuqori darajadagi xavfsizlikka erishish va/yoki qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan texnik xavfsizlik sohasida hamkorlik dasturlari va ishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish.
9. Atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari yechishda va ushbu sohada aniq hamkorlik dasturi ishlarini oʻzaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish.
10. Bitim ishtirokchi-davlatlari, jumladan uchinchi davlatlar tomonidan, togʻ-kon sanoati komplekslariga investitsiya va kreditlarni jalb qilish, shuningdek, Bitim ishtirokchi-davlatlari budjetdan tashqari manbalaridan mablagʻlarni jalb qilish mexanizmlari va shart-sharoitlarini yaratishda koʻmaklashish.
11. Ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, istiqbolli loyihalar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar, koʻrsatilgan tadqiqotlarni va ishlanmalarni muvofiqlashtirish oʻzaro manfaatli ishlar, loyihalar va dasturlarni ulush asosida moliyalashtirish.
12. Foydali qazilma zaxiralari balansi va klassifikatsiyasi hamda boshqa geologik maʼlumotlar bilan birgalikda, foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olish sohasida meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish, mavjud standartlar va texnik shart-sharoitlarni umumlashtirish boʻyicha choralarni amalga oshirish.
13. Bitim ishtirokchi-davlatlari togʻ-kon kompleksi korxonalari hamkorligida, shuningdek togʻ-kon uskunalarini tayyorlash va taʼmirlash, modernizatsiya qilishga buyurtmalarni oʻzida joylashtirishga, texnologiyalarni ishlab chiqarish, ularni tashish va ishlatish va geologik qidiruv bilan bogʻliq xizmatlarni bajarishga buyurtma berishga tayyor boʻlgan mudofaa tashkilotlari bilan hamkorlikda koʻmaklashish, atrof- muhit muhofazasi taʼminlash sharti bilan.
14. Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashish, shu jumladan, uchinchi mamlakatlar taʼlim muassasalarida, biznes, marketing, menejment maktablari va kurslarini tashkillashtirish.
15. Hamdoʻstlikka ishtirokchi-davlatlarning boshqa davlatlararo va hukumatlararo organlari bilan Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish.
III. Kengash huquqlari
Oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun Kengash quyidagi huquqlarga ega:
1. Bitim ishtirokchi-davlatlarining tegishli idoralaridan oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, shuningdek Kengash qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrash.
2. Kengash va Hamdoʻstlikning boshqa organlari tomonidan tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari Kengashi va hukumat rahbarlari Kengashiga oʻrgatilgan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritish.
3. Kengashning doimiy yoki vaqtinchalik ishchi va boshqa organlarini, shu jumladan, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan organni yaratish, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularning joylashuvi, faoliyati va moliyalashtirish tartibini belgilash; kadrlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash; rahbarlarni tayinlash va ushbu organlarning faoliyatini nazorat qilish.
4. Davlatlararo loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashda ishtirok etish.
5. Ushbu Bitimga aʼzo boʻlmagan davlatlarning tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan foydali qazilma boyliklarini oʻrganish, qidirish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlik qilish.
6. Ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Reglament qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek unga oʻzgartirishlar kiritish.
IV. Kengashni tashkil etish va ish tartibi
1. Kengash ishi, qoida tariqasida, Bitim ishtirokchi-davlatlarning Kengash sessiyasini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Kengash sessiyalari zarur hollarda, lekin yiliga bir marta oʻtkaziladi. Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi har qanday Davlat tomonining tashabbusi bilan Bitimga binoan va Kengash aʼzolarining koʻpchilik qismi roziligi bilan chaqirilishi mumkin. Unda kengash aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan boʻlsa, kengash Majlisi amal qiladi.
3. Sessiyada raislik funksiyasi sessiya oʻtkaziladigan hududdagi davlatning vakili Kengash aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi. U keyingi sessiyagacha Kengash raisi vazifasini ham bajaradi.
4. Kengash majlislarining oʻtkazish xarajatlari Bitim boʻyicha Kengash yigʻilishi oʻtkaziladigan Davlat tomonidan qoplanadi. Kengash aʼzolarini qatnashuvchilarining xizmat safari xarajatlari yuboruvchi Davlat tomonidan qoplanadi.
5. Kengash aʼzosi Kengashning ishchi va boshqa organlari faoliyati, qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni olish, shuningdek Kengash vakolatiga kiruvchi har qanday masalalarni muhokama qilish uchun taqdim etish huquqiga ega.
6. Kengash sessiyasiga kuzatuvchi yoki ekspert sifatida Bitim ishtirokchi-davlatlarning manfaatdor vazirliklari, idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalari, Hamdoʻstlikning qonuniy va tarmoq organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif qilinishi mumkin.
7. Kengashning har bir keyingi sessiyasi yigʻilishini oʻtkazilish joyi, sanasi va kun tartibi Kengashning navbatdagi sessiyasida belgilanadi.
8. Kengash qarorlari qatnashuvchi Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Dastur va loyihalarni tasdiqlash boʻyicha Kengash qarorlari, ushbu Nizomni oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar, shuningdek, moliyaviy masalalar boʻyicha qarorlar ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qabul qilinadi.
9. Kengashning har qanday aʼzosi muayyan masala boʻyicha oʻz noroziligini eʼlon qilishi mumkin, bu qaror qabul qilish uchun toʻsiq sifatida qaralmasligi kerak.
10. Kengashning Bitim ishtirokchi-davlatlarning qay birining manfaatlariga bevosita taʼsir etuvchi qarorlari uning vakolatli vakili boʻlmagan taqdirda qabul qilinishi mumkin emas.
11. Kengash ishchi organining vazifalari DIQ apparatiga yuklatiladi.