Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi paytlarda tamaki mahsulotlari aylanmasini tartibga solish boʻyicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, biroq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tamaki mahsulotlarining aksiz soligʻi solinmaydigan yangi turlarini olib kirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Xususan, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari va tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar ommalashib ketmoqda.
Qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan (snyus) va chilim uchun tamakiga, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga talab ortayotganligini inobatga olgan holda, shuningdek, aholini tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatlaridan himoya qilish, ularning noqonuniy savdosi oldini olish maqsadida:
1. 2020-yil 1-iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz soligʻi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tamaki, chilim, elektron sigaretlar, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, tarkibida nikotin mavjud mahsulotlar aylanmasini tartibga solishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining kiritilishi taʼminlasin.
3. 2020-yil 1-iyundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4042-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-aprel,
PQ-4665-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-apreldagi PQ-4665-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 2020-yil 1-iyundan kiritilayotgan
QOʻSHIMCHALAR
2-ilova:
“2402 20 900 0” pozitsiyasidan keyin quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
|
2403 11 000 0 |
Tabak dlya kalyana |
25 doll. SSHA/ kg |
|
2403 19100 0 |
Tabak kuritelniy |
25 doll. SSHA/ kg |
|
2403 99100 0 |
Tabak jevatelniy, nyuxatelniy i sosatelniy |
25 doll. SSHA/ kg |
|
2403 99 900 9 |
Izdeliya s nagrevayemim tabakom (nagrevayemaya tabachnaya palochka, nagrevayemaya kapsula s tabakom i pr.) |
25 doll.SSHA/kg |
|
2403 99 900 9 |
Nikotinoviy bestabachniy snyus |
10 doll. SSHA/ kg |
”;
“3824” pozitsiyasidan keyin quyidagi mazmundagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
|
3824 99 960 8 |
Nikotinosoderjashaya jidkost (v kartridjax, rezervuarax i drugix konteynerax dlya ispolzovaniya v elektronnix sigaretax) |
0.045 doll. SSHA/ ml |
”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 07/20/4665/0400-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)