Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2020 30.11.2018 yildagi PQ-4042-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-apreldagi PQ-4665-sonli “Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida, shu jumladan hayot va sogʻlik uchun xavfsiz boʻlgan maqbul sifatli tovarlarni sotib olishda, shuningdek tovarlar va ularning ishlab chiqaruvchilari toʻgʻrisida toʻgʻri maʼlumot olishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, noqonuniy aylanayotgan, past sifatli, kontrafakt va qalbakilashtirilgan mahsulotlar hajmining oshishi surʼatlari kuzatilmoqda, bu esa fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazmoqda, nosogʻlom raqobatga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoʻqotishlariga olib kelmoqda, shuningdek, korrupsiya va boshqa qonunbuzilishlari yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida turdagi tovarlarning respublikaga noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishining oldini olish, ularning samarali hisobini taʼminlash, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar yigʻiluvchanligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yilning 1-avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalashni (keyingi oʻrinlarda — markirovkalash) bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyxatini toʻldirib borishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan tovarlarni markirovkasiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyxatiga yangidan qoʻshilgan tovarlarni, ushbu tovarlar roʻyxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan, shu jumladan aksizli tovarlarni markirovkalashga doir xizmatlarni bevosita markirovkalash boʻyicha xizmatlar yagona yetkazib beruvchisidan sotib olish xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda, tovarlarni himoyalangan belgi va nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovkalash boʻyicha xizmatlar yetkazib beruvchisi, tadbirkorlik subyektlari va tovarlarni majburiy markirovkalashga doir talablar bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlovchi organlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovkalash tartibi va tartibotlarini, markirovkalash, shu jumladan aksizli markirovkalash xizmatlarining bahosi va sotib olish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovkalash boʻyicha xizmatlar yetkazib beruvchisi maʼlumotlar bazasidan foydalanadigan davlat organlari roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markalar, shu jumladan aksiz markalari sotilishi va markirovkalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi ustidan monitoring qilish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yilning 1-fevraliga qadar eng yaxshi takliflarini saralab olish asosida koʻrsatiladigan xizmatlar ishonchliligi va sifatini, yuqori himoyalangan darajasini taʼminlay oladigan, amaliy tajribaga ega boʻlgan markirovkalash boʻyicha xizmatlar yetkazib beruvchisini tanlab olishni, markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar qiymatining sezilarli oshirilmasligini hisobga olgan holda tanlab olingan yetkazib beruvchi bilan muzokaralar oʻtkazilishini, shuningdek, u bilan tuzilayotgan shartnoma butun muddati davomida koʻrsatiladigan xizmatlar bahosini qatʼiy belgilagan holda 5 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga jarima sanksiyalari miqdorlarining oshirilishini kiritgan holda tovarlarni markirovkasiz sotganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4042-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4042-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy tartibda markirovkalanadigan tovarlar guruhlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

2017-yil

Majburiy tartibda markirovkalashni

boshlash sanasi

1.

Suvlar, shu jumladan, maʼdanli va gazlangan, tarkibiga shakar yoki boshqa chuchuklashtiruvchi yoxud taʼm-iforli moddalar qoʻshilgan suvlar; tarkibida alkogol boʻlmagan boshqa ichimliklar, 2009 tovar pozitsiyasidagi meva yoki sabzavot sharbatlari bundan mustasno

2202

2019-yil 1-avgust

2.

Undirilgan dondan tayyorlangan pivo

2203 00

2019-yil 1-avgust

3.

Uzumdan tayyorlangan tabiiy vinolar, shu jumladan, kuchaytirilgan vinolar; uzum sharbati, 2009 tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan turlardan tashqari

2204

2019-yil 1-avgust

4.

Vermutlar; oʻsimlik yoki iforli moddalar qoʻshilgan, uzumdan tayyorlangan boshqa turdagi tabiiy vinolar

2205

2019-yil 1-avgust

5.

Boshqa achqitilgan ichimliklar (masalan, sidr, perri yoki nok sidri, asaldan tayyorlangan ichimlik, sake); boshqa joyda nomlanmagan va kiritilmagan achqitilgan ichimliklar aralashmalari hamda achqitilgan ichimliklar va tarkibida alkogol boʻlmagan ichimliklar aralashmalari

2206 00

2019-yil 1-avgust

6.

Spirt konsentratsiyasi 80% yoki undan ortiq boʻlgan, tabiiysizlantirilmagan etil spirti; har qanday darajada konsentratsiyalangan, tabiiysizlantirilgan etil spirti va boshqa spirtli damlamalar

2207

2019-yil 1-avgust

7.

Spirt konsentratsiyasi 80%dan kam boʻlgan, tabiiysizlantirilmagan etil spirti; spirtli damlamalar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar

2208

2019-yil 1-avgust

8.

Tarkibida tamaki boʻlgan sigaralar, uchlari kesilgan sigaralar va sigarillalar

2402 10 000 0

2019-yil 1-avgust

9.

Tarkibida chinnigul boʻlgan sigaretalar

2402 20 100 0

2019-yil 1-avgust

10.

Tarkibida tamaki boʻlgan boshqa sigaretalar

2402 20 900 0

2019-yil 1-avgust

11.

AI-95-K3 markali etillanmagan benzin

2710124500

2019-yil 1-avgust

12.

AI-95-K4 markali etillanmagan benzin

2710124500

2019-yil 1-avgust

13.

AI-95-K5 markali etillanmagan benzin

2710124500

2019-yil 1-avgust

14.

AI-92-K3 markali etillanmagan benzin

2710124130

2019-yil 1-avgust

15.

AI-92-K4 markali etillanmagan benzin

2710124130

2019-yil 1-avgust

16.

AI-92-K5 markali etillanmagan benzin

2710124130

2019-yil 1-avgust

17.

AI-80-K3 markali etillanmagan benzin, Normal-80 (AI-80-K2) markali etillanmagan, eksportga tayyorlangan benzin

2710124120

2019-yil 1-avgust

18.

AI-80-K4 markali etillanmagan benzin

2710124120

2019-yil 1-avgust

19.

AI-80-K5 markali etillanmagan benzin

2710124120

2019-yil 1-avgust

20.

Normal-80 (AI-80-K2) markali etillanmagan, eksportga tayyorlangan benzin

2710124120

2019-yil 1-avgust

21.

Yozgi, toʻgʻridan toʻgʻri haydaladigan motor benzini

2710121100

2019-yil 1-avgust

22.

Qishki, toʻgʻridan toʻgʻri haydaladigan motor benzini

2710121100

2019-yil 1-avgust

23.

A markali, toʻgʻridan toʻgʻri haydaladigan, eksportga tayyorlangan texnologik benzin (toʻgʻridan toʻgʻri haydaladigan benzin)

2710121100

2019-yil 1-avgust

24.

P markali, toʻgʻridan toʻgʻri haydaladigan, eksportga tayyorlangan texnologik benzin (toʻgʻridan toʻgʻri haydaladigan benzin)

2710121100

2019-yil 1-avgust

25.

Tarkibida benzol boʻlgan fraksiya

2710121100

2019-yil 1-avgust

26.

Gazli barqaror benzin

2710121100

2019-yil 1-avgust

27.

Dizel yoqilgʻisi (shartnomaviy maxsus oltingugurt massa ulushi 0,1% gachani tashkil etgan)

2710194250 — 2710194600

2019-yil 1-avgust

28.

Eksportga tayyorlangan dizel yoqilgʻisi

2710194210 — 2710194800

2019-yil 1-avgust

29.

Dizel yoqilgʻisi

2710194210 — 2710194800

2019-yil 1-avgust

30.

Dizel yoqilgʻisi (shartnomaviy maxsus oltingugurt massa ulushi 0,8% gachani tashkil etgan)

2710194250, 2710194600, 2710194800

2019-yil 1-avgust

31.

S navli, II tur EVRO dizel yoqilgʻisi

2710194210

2019-yil 1-avgust

32.

S navli, K5 (DT-L-K5) ekologik tasnifdagi EVRO dizel yoqilgʻisi

2710194210

2019-yil 1-avgust

33.

S navli, III tur EVRO dizel yoqilgʻisi

2710194210

2019-yil 1-avgust

34.

Yozgi, S navli, ekologik tasnifi K3 (DT-L-K3) boʻlgan EVRO dizel yoqilgʻisi

2710194210

2019-yil 1-avgust

35.

Yozgi, S navli, ekologik tasnifi K4 (DT-L-K4) boʻlgan EVRO dizel yoqilgʻisi

2710194210

2019-yil 1-avgust

36.

Yozgi, S navli, ekologik tasnifi K5 (DT-L-K5) boʻlgan EVRO dizel yoqilgʻisi

2710194210

2019-yil 1-avgust

37.

Z-0,035 minus 35 (DT-Z-K3) markali dizel yoqilgʻisi

2710194220

2710192900

2019-yil 1-avgust

38.

Qishki, DT-Z-K4 minus 35 markali dizel yoqilgʻisi

2710194220

2710192900

2019-yil 1-avgust

39.

Qishki, DT-Z-K5 minus 35 markali dizel yoqilgʻisi

2710192900, 2710194220

2019-yil 1-avgust

40.

Ikki yoki undan ortiq komponentlar aralashmasidan tarkib topgan, davolash yoki profilaktika maqsadlarida qoʻllaniladigan, lekin dozasi belgilangan dori shakllari koʻrinishida qadoqlanmagan, shuningdek, chakana savdo uchun shakllarga yoxud idishlarga qadoqlanmagan dori vositalari (3002, 3005 yoki 3006 tovar pozitsiyalaridagi tovarlardan tashqari)

3003

2020-yil 1-iyul

41.

Aralash yoki aralashtirilmagan mahsulotlardan tarkib topgan, davolash yoki profilaktika maqsadlarida qoʻllaniladigan, dozasi belgilangan dori shakllari koʻrinishida qadoqlangan, shuningdek, chakana savdo uchun shakllarga yoxud idishlarga qadoqlangan dori vositalari (shu jumladan, transdermal tizimlar shaklidagi dori vositalari) (3002, 3005 yoki 3006 tovar pozitsiyalaridagi tovarlardan tashqari)

3004

2020-yil 1-iyul

42.

Ozuqani mutanosiblashtirish uchun qoʻshiladigan vitaminlar va maʼdanli moddalar aralashmalari hamda boshqa ozuqaviy qoʻshimchalar

2106 90 980 3

2106 90 980 9

2020-yil 1-iyul

43.

Hayvonlar (oʻsimliklar)dan olingan, aralash yoki aralashtirilmagan, kimyoviy ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan oʻgʻitlar

3101000000

2020-yil 1-iyul

44.

Maʼdanli yoki kimyoviy, azotli oʻgʻitlar

3102

2019-yil 1-noyabr

45.

Maʼdanli yoki kimyoviy, fosforli oʻgʻitlar

3103

2019-yil 1-noyabr

46.

Maʼdanli yoki kimyoviy, kaliyli oʻgʻitlar

3104

2019-yil 1-noyabr

47.

Ikki yoki uch ozuqaviy unsurlar: azot, fosfor va kaliydan tarkib topgan maʼdanli yoki kimyoviy oʻgʻitlar; boshqa oʻgʻitlar; ushbu guruh tarkibiga kirgan, brutto ogʻirligi 10 kg dan oshmaydigan, tabletka yoxud shunga oʻxshash shakllar yoki qadoqlardagi tovarlar

3105

2019-yil 1-noyabr

48.

Atir va ifor taratuvchi suvlar

3303 00

2019-yil 1-noyabr

49.

Kosmetika vositalari yoki makiyaj va terini parvarishlash uchun ishlatiladigan vositalar (dorivorlaridan tashqari), shu jumladan, oftobdan qoraymaslik yoki qorayish uchun vositalar, manikyur yoki pedikyur uchun ishlatiladigan vositalar

3304

2019-yil 1-noyabr

50.

Soch uchun moʻljallangan vositalar

3305

2019-yil 1-noyabr

51.

Chakana savdo uchun yakka tartibda qadoqlangan, ogʻiz boʻshligʻi va tishlar gigiyenasini saqlash vositalari, shu jumladan, tish protezlari uchun ishlatiladigan kukun va pastalar; tish oraliqlarini tozalash uchun iplar (tish shoyisi)

3306

2019-yil 1-noyabr

52.

Soqol olishdan oldin, olish paytida yoki olingandan keyin ishlatiladigan vositalar, ifor qoʻshilgan va qoʻshilmagan, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega boʻlmagan, xonada ishlatish uchun moʻljallangan dezodorantlar

3307 10 —
3307 49

2019-yil 1-noyabr

53.

Sovun; chorqirra shaklidagi, boʻlaklangan yoki shakl berilgan buyumlar koʻrinishidagi, tarkibida sovun boʻlgan yoki boʻlmagan, sovun sifatida sirtga ishlatiladigan faol organik moddalar va vositalar; chakana savdo uchun qadoqlangan, tarkibida sovun boʻlgan yoki boʻlmagan, suyuqlik yoki krem koʻrinishidagi terini yuvish uchun sirtga ishlatiladigan faol organik moddalar va vositalar, usti sovun yoki yuvish vositalari bilan qoplangan yoki ularga boʻktirilgan qogʻoz, paxta, kigiz yoki fetr, notoʻqima matolar

3401

2019-yil 1-noyabr

54.

Chakana savdo uchun qadoqlangan yoki qadoqlanmagan, sirtga ishlatiladigan faol organik moddalar; chakana savdo uchun qadoqlangan, sirtga ishlatiladigan faol vositalar, yuvish va tozalash vositalari

3402 11 —
3402 20

2019-yil 1-noyabr

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 07/18/4042/2256-son)