04.04.2020 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi 199-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar natijasida zarar koʻrgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini sugʻurta toʻlovlari orqali himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius (keyingi oʻrinlarda notarius deb ataladi) — yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya asosida notarial faoliyatni amalga oshiruvchi va hududiy adliya organida hisob roʻyxatidan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning fuqarolik javobgarligi — xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning notarial harakatlarni amalga oshirishi natijasida notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy hamda yuridik shaxsga va (yoki) notarial harakatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda majburiy sugʻurta shartnomasi deb ataladi) — sugʻurta shartnomasi boʻlib, unga koʻra sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda mazkur Qoidalarga muvofiq mulkiy zarar koʻrgan shaxslarga ushbu sugʻurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta badali (sugʻurta summasi) doirasida qoplash majburiyatini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naf oluvchi — mazkur Qoidalarga muvofiq majburiy sugʻurta shartnomasi asosida yuz bergan sugʻurta hodisasi natijasida sugʻurta tovonini olish huquqiga ega shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi — majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilishi davrida qonunchilik hujjatlariga zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sugʻurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta summasi — sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda mazkur Qoidalarga muvofiq mulkiy zarar koʻrgan shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini olgan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi majburiy sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tovoni — sugʻurtalovchi tomonidan naf oluvchiga majburiy sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta summasi doirasida toʻlashi shart boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va majburiy sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovonini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan majburiy sugʻurta shartnomasini tuzgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs — majburiy sugʻurta shartnomasining tarafi boʻlmagan, notarius notarial harakatlarni amalga oshirishi natijasida mulkiy zarar koʻrgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy sugʻurta shartnomasi mavjud boʻlmaganligi yoki tuzilgan shartnoma qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmaganligi — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilgan kunga qadar “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq notariusning litsenziyasini toʻxtatib turishga asos hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Notariuslar fuqarolik javobgarligining quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusga murojaat qilgan shaxs tomonidan notarial harakat amalga oshirish bilan bogʻliq yolgʻon maʼlumotlar, haqiqiy boʻlmagan yoki soxta hujjatlar taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxs notariusga ushbu notarial harakat huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan uchinchi shaxslarning yoʻqligi yoki mavjudligini bildirmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sugʻurta obyekti va subyekti, sugʻurta summasi miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari boʻyicha javobgarligi xavfi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchi va notarius tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar natijasida zarar koʻrgan uchinchi shaxslar notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Notarius majburiy sugʻurta shartnomasini tuzmasdan oʻzining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Majburiy sugʻurta shartnomasida sugʻurta qildiruvchi notarial harakatlarni amalga oshirganda naf oluvchiga yetkazilgan zarar tufayli kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish nazarda tutiladi, maʼnaviy zarar, boy berilgan foyda va jarima toʻlovlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Majburiy sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Majburiy sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizasi asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sugʻurta qildiruvchi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini ixtiyoriy tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar majburiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, u sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti toʻlangan vaqtdan, boʻlib-boʻlib toʻlashda esa birinchi sugʻurta mukofoti toʻlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Majburiy sugʻurta shartnomasi u kuchga kirgan kundan boshlab bir yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta himoyasining amal qilish muddati sugʻurta shartnomasining amal qilish muddatiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sugʻurta polisi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurtalovchining hisobvaragʻiga majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta polisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega boʻlishi kerak. Sugʻurta polisi blankasi sugʻurtalovchining buyurtmasi boʻyicha, bosmaxona usulida, A4 (210 — 297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sugʻurta polisi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sugʻurta qildiruvchi uning dublikatini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Majburiy sugʻurta shartnomasiga oʻzgartirishlar tomonlarning kelishuviga binoan ulardan birining yozma arizasi asosida kiritiladi. Shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda yozilgan va har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirda qonuniy kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius tugatilganda yoki vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy sugʻurta shartnomasi sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb eʼtirof etilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sugʻurta qildiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchini erkin tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchidan majburiy sugʻurta shartnomasi shartlarini, shu jumladan oʻz huquq va majburiyatlarini tushuntirishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining moliyaviy hisoboti bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda sugʻurta tovonini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sugʻurta qildiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy sugʻurta shartnomasida belgilangan miqdorda, tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchiga sugʻurta mukofotini toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurtalovchiga ushbu Qoidalarda belgilangan maʼlumotlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻgʻrisida darhol xabar qilish, zarar yetkazilishi holatlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni va vakolatli organlardan olingan sugʻurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuz berganda zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchiga zararni qoplash toʻgʻrisidagi uchinchi shaxslarning talabi bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuz berganligi uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talab qilish huquqini sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurtalovchiga oʻtishini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sugʻurtalovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta qildiruvchi shaxsdan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha oldingi shartnomalar, sugʻurta holatlari, sugʻurta toʻlovlari va majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi uchinchi shaxslarning talablari bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda zarar yetkazganlik uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talab qilish huquqini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sugʻurta tovonini toʻliq yoki qisman toʻlashni rad etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sugʻurtalovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchini majburiy sugʻurta shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy sugʻurta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta mukofotini toʻliq yoki qisman qaytarib berishi;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuz berganligi va sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga taqdim etilmagan va (yoki) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati koʻrsatilgan holda xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuz berganda ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda sugʻurta toʻlovini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchidan (naf oluvchidan) ariza olinganda sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) talablarini koʻrib chiqish va besh ish kuni ichida nizoni hal etishning keyingi tartibi koʻrsatgan holda yozma javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuz berganda zararni oldini olish va (yoki) kamaytirish maqsadida sugʻurta qildiruvchiga yetkazilgan xarajatlarni qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida sugʻurta qildiruvchi va uchinchi shaxs yoki naf oluvchi toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sugʻurta mukofotini aniqlash va uni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining hajmi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi, biroq majburiy sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta summasining bir foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sugʻurtalovchi naf oluvchiga sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tovonini olish toʻgʻrisida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shaklda ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslarning yetkazilgan zararni va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabi yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan notarial harakatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaxs vakiliga berilgan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini koʻrish bilan bogʻliq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hujjatlarni qabul qilgan sugʻurtalovchi ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va qabul qilingan sana koʻrsatilgan maʼlumotnoma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan sugʻurta tovonini olish toʻgʻrisidagi murojaat elektron shaklda yuborilgan taqdirda, unga ushbu maʼlumotnoma elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sugʻurta hodisasi sugʻurta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan zararni qoplash toʻgʻrisidagi uchinchi shaxslarning talablari asosli ekanligi tan olingan va bu haqda sugʻurtalovchining roziligi olingan kundan boshlab yuz bergan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sugʻurta qildiruvchining barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish boʻyicha xarajatlar sugʻurta tovoni miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sugʻurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasidan oshmagan miqdorda sugʻurtalovchi tomonidan bevosita uchinchi shaxsga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar sugʻurta qildiruvchi uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligi bilan oʻz hisobidan qoplasa, sugʻurta qildiruvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibida oʻzi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta qildiruvchi uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini oʻz hisobidan qisman qoplasa sugʻurtalovchi sugʻurta tovonining tegishli qismini sugʻurta qildiruvchiga, qolgan qismini esa — uchinchi shaxsga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibida sugʻurta qildiruvchi toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sugʻurta tovonini toʻlashda sugʻurtalovchi naf oluvchidan sugʻurtalovchiga nisbatan daʼvoni cheklaydigan shartlarni qabul qilishni talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan amalga oshirilgan notarial harakat natijasida mulkiy manfaatlari zarar koʻrgan uchinchi shaxs vafot etgan taqdirda, uning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari naf oluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining yozma roziligi bilan sugʻurtalovchining majburiyatlari doirasida uchinchi shaxsga (uning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan sugʻurta qildiruvchi ham naf oluvchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sugʻurta tovonini toʻlash sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi yoki uni toʻlash haqidagi qarori sugʻurta qildiruvchiga u sugʻurta tovoni toʻlash toʻgʻrisida yozma murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak, tovon toʻlash rad etilganda qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agar sugʻurta tovonini toʻlash ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi uchinchi shaxsga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta tovoniga qoʻshimcha ravishda sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda penya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar majburiy sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sugʻurtalovchi uchinchi shaxsga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta tovoni toʻlasa, u holda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchidan sugʻurta tovoni toʻlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki hafta muddatda toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga va majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qoʻshimcha sugʻurta mukofotini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan zararlarning oʻrnini, agar uchinchi shaxs (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan sugʻurta hodisasi haqida zararlarning oʻrnini majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bergan boʻlsa, qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi quyidagi asoslar boʻyicha yuzaga kelgan taqdirda sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchining sugʻurta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta hodisasi yuz berganligi haqida yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan notariusning vazifalari va majburiyatlariga muvofiq boʻlmagan faoliyatni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan zarar keltirib chiqarishda aybdor boʻlgan shaxsdan yetkazilgan zarar uchun tegishli kompensatsiya olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi yuzaga kelishi holatlarini tekshirishda va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda toʻsqinlik qilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sugʻurtalovchi tomonidan quyidagi hollarda sugʻurta tovoni qoplanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan tan olingan, biroq sugʻurtalovchining roziligi olinmagan uchinchi shaxsning yozma talabi bilan aniqlangan zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilishi davomida shartnoma kuchga kirgunga qadar yuzaga kelgan sabablarga koʻra yetkazilgan zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy zarar, boy berilgan foyda va jarima toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Sugʻurtalovchining regress tartibida talab qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sugʻurtalovchi zarar yetkazilgan shaxsga oʻzi toʻlagan sugʻurta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi sugʻurta qildiruvchining qasddan qilgan harakatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi sugʻurta qildiruvchining qasddan sodir etgan jinoyati natijasida yuzaga kelgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini qasddan koʻrmaganligi natijasida zarar miqdori oshib ketgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta obyekti, sugʻurta xavfi, sugʻurta hodisasi va uning natijalari haqida yolgʻon maʼlumotlar berilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurtalovchiga sugʻurta qildiruvchining sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan toʻlangan summa doirasida regress tartibida talab qilishga boʻlgan huquqi oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sugʻurtalovchi tomonidan undirilgan zararlar boʻyicha javobgar boʻlgan shaxsga nisbatan ega boʻlgan talab qilish huquqi sugʻurta tovonini toʻlashni amalga oshirgan sugʻurtalovchiga u toʻlagan summa doirasida oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini olishda sugʻurtalovchiga uning sugʻurta hodisasi yuzaga kelishida aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun barcha zarur hujjatlarni berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agar sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchi tomonidan undirilgan zarar yuzasidan javobgar boʻlgan shaxsga nisbatan oʻzining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki ushbu huquqni amalga oshirish sugʻurta qildiruvchining aybiga koʻra mumkin boʻlmay qolsa sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchidan sugʻurta tovonining toʻlangan summasini qaytarib berishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Qoidalarni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini
‎majburiy sugʻurta qilish
‎ShARTNOMASI ‎‎

20___ yil “___” ___________‎‎
Keyingi oʻrinlarda “Sugʻurta qildiruvchi” deb ataluvchi __________________________________‎‎________
(xususiy amaliyot bilan‎‎
______________________________________________________________________________ bir tomondan, va‎‎

shugʻullanuvchi notariusning F.I.O.)‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 20___ yil “___” _____________ da berilgan _____

seriyali _______-son litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiradigan, keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb ataluvchi ____________________________________________________________________________________ ________________________________________ (sugʻurtalovchining nomi)‎‎‎‎
____________________________________ asosida harakat qiladigan __________________________________‎‎

(hujjat nomi)‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎
orqali, ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:‎‎

1. Shartnomaning predmeti‎‎

1. Sugʻurtalovchi ushbu shartnomaga va Vazirlar Mahkamasining 20____ yil “_____” _______________ dagi

______-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb ataladi) muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, uchinchi shaxsga yoki naf oluvchiga ushbu shartnomaning amal qilishi davrida notarial harakat amalga oshirish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini oladi.‎‎

2. Ushbu shartnoma amal qilishi davrida qonunga zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy

amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning aybi bilan jismoniy va yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligi qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan belgilangan yoki sugʻurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti sugʻurta hodisasi hisoblanadi.‎‎

‎‎2. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti

‎‎3. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta summasi __________________________________ soʻmni tashkil qiladi.

(summasi raqamlar va yozuv bilan)‎‎

‎‎4. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti _________________________________ soʻmni tashkil qiladi.

(summasi raqamlar va yozuv bilan)‎‎‎‎

‎‎5. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi

‎‎yoki har oyning 5 sanasiga qadar boʻlib toʻlanadi.

‎‎3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati

‎‎6. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.

‎‎Sugʻurtalovchining majburiyatlari xususiy amaliyot bila� shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining boshlangʻich sanasidagi soat 00.00 daqiqadan, lekin sugʻurta mukofoti Sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundan oldin boʻlmagan sanadan boshlab kuchga kiradi va sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi soat 24.00 daqiqada tugaydi.

‎‎7. Sugʻurta mukofoti Sugʻurta qildiruvchi tomonidan Sugʻurtalovchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini

oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlarining Sugʻurtalovchining hisobvaragʻiga tushgan sanasi ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.‎‎

‎‎4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

‎‎8. Sugʻurta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega:‎
‎‎Sugʻurtalovchidan ushbu shartnoma shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
‎‎sugʻurtalovchining moliyaviy hisoboti bilan tanishish;
‎‎Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda sugʻurta tovonini olish;
‎‎Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish.
‎‎Sugʻurta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Sugʻurta qildiruvchi:‎‎
ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda toʻlashi; ‎‎‎‎
‎‎sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga

qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻgʻrisida darhol xabar qilish, zarar yetkazilishi holatlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni va vakolatli organlardan olingan sugʻurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etish;‎‎

‎‎sugʻurta hodisasi yuz berganda zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha
choralarni koʻrish;‎‎
‎‎sugʻurtalovchiga zararni qoplash toʻgʻrisidagi uchinchi shaxslarning talabi bilan bogʻliq masalalarni hal
‎‎qilishda ishtirok etish imkoniyatini berish;

sugʻurta hodisasi yuz berganligi uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talab qilish huquqini

sugʻurtalovchiga oʻtishini taʼminlashi shart. ‎‎‎‎‎‎
‎‎Sugʻurta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
‎‎10. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta qildiruvchi shaxsdan xususiy amaliyot bilan

‎‎shugʻullanuvchi notariuslarning javobgarl�gini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha oldingi shartnomalar, sugʻurta holatlari, sugʻurta toʻlovlari va majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etishini talab qilish;‎‎

‎‎sugʻurta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi uchinchi shaxslarning talablari

bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda ishtirok etish;‎‎
‎‎Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda zarar yetkazganlik uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talab
‎‎qilish huquqini taqdim etish;
‎‎Qoidalarda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sugʻurta tovonini toʻliq yoki qisman amalga oshirishni rad etish.
‎‎Sugʻurtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
‎‎11. Sugʻurtalovchi:
‎‎sugʻurta qildiruvchini majburiy sugʻurta shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan uning
‎‎huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
‎‎qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy sugʻurta shartnomasi muddatidan oldin ‎‎bekor qilinganda sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta mukofotini toʻliq yoki qisman qaytarib berishi;
sugʻurta hodisasi yuz berganligi va sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan zarar miqdorini

‎‎tasdiqlovchi hujjatlar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga taqdim etilmagan va (yoki) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati koʻrsatilgan holda xabar berishi;‎‎

‎‎sugʻurta hodisasi yuz berganda ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda sugʻurta tovonini
‎‎amalga oshirishi;
‎‎sugʻurta qildiruvchidan (naf oluvchidan) ariza olinganda sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining)

‎‎talablarini koʻrib chiqish va besh ish kuni ichida nizoni hal etishning keyingi tartibi koʻrsatgan holda yozma javob berishi;

‎‎sugʻurta hodisasi yuz berganda zararni oldini olish va (yoki) kamaytirish maqsadida sugʻurta qildiruvchiga
‎‎yetkazilgan xarajatlarni qoplash;
‎‎oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida sugʻurta qildiruvchi va uchinchi shaxs yoki naf oluvchi toʻgʻrisida
‎‎olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
‎‎sugʻurta tovonini oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda naf oluvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ‎‎tartibda va miqdorda jarima toʻlashi shart.
‎‎Sugʻurtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

‎‎5. Tomonlarning javobgarligi

12. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yok�
zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.‎

‎‎6. Nizolarni hal etish tartibi

‎‎13. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.‎‎

‎‎7. Yakunlovchi qoida

‎‎14. Ushbu shartnomani oʻzgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibi, mazkur shartnoma

‎‎boʻyicha sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish tartibi, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi.

‎‎8. Tomonlarning rekvizitlari:

‎‎Sugʻurtalovchi: ________________________________ Sugʻurta qildiruvchi:‎‎ __________________________
Manzil:‎‎ _____________________________________ Manzil: ____________________________________
tel: ________________, faks: ___________________‎‎ tel: ________________, faks‎‎: __________________
h/r _________________________________________ h/r ________________________________________
MFO ______________ STIR ___________________ MFO ______________ STIR ___________________‎‎
______________________‎‎ ____________‎‎ ______________________‎‎ ____________‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

‎‎(imzo)

(F.I.O., lavozimi)‎‎ ‎‎

‎‎(imzo) ‎ ‎‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________________________

(sugʻurtalovchining nomi)‎‎

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini
‎majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisida
‎ARIZA ‎‎

__________________________________‎‎‎ _________________ asosida harakat qiluvchi‎‎

(xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning F.I.O.) ‎‎

(hujjat nomi)‎‎

____________________________________________________________ orqali Sizdan Xususiy amaliyot bilan

‎‎(vakolatli shaxsning F.I.O., lavozimi)

shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarida nazarda tutilgan shartlarda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni soʻraydi.‎
1. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning rekvizitlari:‎‎
pochta manzili: _____________________________________________________________;
‎‎telefon: ___________, faks: ____________, el. manzili:_____________; STIR __________.
‎‎2. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning bank rekvizitlari:
bank nomi: ‎‎__________________________________________________________________;
bank hisobvaragʻi: ‎‎___________________________________________________________;
xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO ‎‎_____________________________.
3. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta
‎‎qilish shartnomasi: birinchi marta tuzilmoqda / oʻtgan yilda tuzilgan.‎‎
4. Oʻtgan yilda tuzilgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini
‎‎‎majburiy sugʻurta qilish shartnomasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:‎‎

a) xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi: 20____ yil “____” _____________ dagi ______ seriyali _______-son;‎‎

b) sugʻurta mukofoti, soʻmda:‎‎
‎‎__________________________________________________________;

(summasi raqamlar va yozuv bilan)‎‎

v) jami toʻlangan sugʻurta tovoni, soʻmda:‎‎
‎‎__________________________________________________________;

(summasi raqamla? va yozuv bilan)‎‎

5. Arizaga shuningdek quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:‎‎
a) ________________________________________________________‎‎;
b) ________________________________________________________‎‎;
v) ________________________________________________________;‎‎
‎‎
‎‎6. Biz ushbu arizada keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz.
_________________________‎‎ _______________________________‎‎

(imzo)‎‎

(xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning F.I.O.) ‎‎

7. Ariza _______________________________________________ tomonidan qabul qilingan.‎‎

(sugʻurtalovchi xodimining lavozimi va F.I.O.)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy
‎sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining namunasi ‎‎

(Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy
‎sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining old tomoni) ‎‎

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi‎‎

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy
‎sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha
‎SUGʻURTA POLISI‎‎

________________-son ‎‎

Seriyasi _____‎‎__
1. Sugʻurtalovchining toʻliq nomi va rekvizitlari ____________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________
2. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning toʻliq nomi va rekvizitlari ‎‎________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎3. Sugʻurta summasi‎‎ ____________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________ soʻm.

‎‎(summasi raqamlar va yozuv bilan)

‎‎4. Sugʻurta mukofoti __________________________________________________________________________
_________________________________ soʻm miqdorida 20____ yil “____” _____________ da toʻlangan.‎‎

‎‎(summasi raqamlar va yozuv bilan)

‎‎5. Sugʻurta davri: 20____ yil “_____” ___________ dan 20____ yil “____” ___________ gacha.

‎‎6. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida qonunga zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning aybi bilan jismoniy va yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligi qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan belgilangan yoki sugʻurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti sugʻurta hodisasi hisoblanadi.

‎‎(Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining orqa tomoni)

‎‎7. Sugʻurtalovchining, shuningdek uning xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar, uchinchi shaxslar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli barcha filiallarining pochta manzillari, ular bilan bogʻlanish vositalari va ish vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
8. Alohida qaydlar ‎‎____________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Sugʻurtalovchining rahbari yoki vakolatli shaxsi‎‎

_____________________ ____________________________

(imzo)‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

M.Oʻ.‎‎
Berilgan sanasi: 20___ yil “___” __________.‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida
‎ARIZA‎‎

Ushbu bilan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha 20___ yil ____” ___________dagi _____-son shartnomaga koʻra sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan hodisa yuz berganligini maʼlum qilaman.‎‎

Hodisaning sabablari va holatlari toʻgʻrisida quyidagilarni maʼlum qilaman: ‎‎
Sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan hodisaga duch kelgan uchinchi shaxs: ____________________
________________________________________________________________________________.‎‎

(naf oluvchining F.I.O.)‎‎

Hodisaning sanasi va vaqti:‎‎ _________________________________________________
Hodisaning joyi:‎‎ _________________________________________________________
Hodisa toʻgʻrisida ________________________________________ga murojaat qilingan‎‎
Hodisaning holatlari: ‎‎_________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________________________
Ushbu hodisa boʻyicha haqqoniy va menga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni xabar qildim.‎‎
20____ yil “____” ________________. _________________‎‎ _________________________

(imzo)‎‎

(arizachining F.I.O)‎‎

Ariza ________________________________________________________________ tomonidan qabul qilingan‎‎

(sugʻurtalovchi masʼul xodimining lavozimi va F.I.O.)‎‎

‎‎va 20____ yil “____” ______________da ____________ raqami bilan daftarda roʻyxatdan oʻtkazilgan.

‎‎Ushbu arizaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxati


‎T/r‎


‎Hujjatning nomi‎‎


‎Sahifalar ‎soni‎‎

Hujjatning sanasi va tartib raqami ‎‎

Ilova qilinmoqda (ha/yoʻq)‎‎

‎1.‎

Uchinchi shaxslarning yetkazilgan zararni va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabi yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan notarial harakatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori.‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaxs vakiliga berilgan ishonchnoma.‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

Etkazilgan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini koʻrish bilan bogʻliq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2020-y., 09/20/199/0394-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)