09.09.2019 yildagi PF-5816-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, notarial xizmatlar ko‘rsatishning tezkorligini oshirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, jumladan xususiy mulk egalari o‘z mulkini erkin tasarruf etishi va undan foydalanishida ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni olib tashlash hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha qator maqsadli vazifalarni amalga oshirish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariat institutini raqamlashtirilgan modelga o‘tkazish, notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini tubdan soddalashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasini tartibga solish maqsadida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilganligi va unda quyidagi imkoniyatlar mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha notarial harakatlarni axborot tizim orqali onlayn tarzda monitoring qilish, noqonuniy xatti-harakatlarni to‘xtatish hamda fuqarolarning shaxsini aniqlashda zamonaviy tekshirish usullaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni axborot tizimda majburiy qayd etish va har bir hujjatga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish, shu orqali suiiste’molchiliklarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan notarial harakatlarni yagona elektron bazada qayd qilish, soxta notarial hujjatlarning rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va hujjatlar haqidagi ma’lumotlar tarixini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning butun hududi bo‘ylab eksterritoriallik tamoyili asosida notarial xizmatlarni ko‘rsatishning sifati va tezkorligi, xodimlar tomonidan o‘z funksional vazifalarining lozim darajada bajarilishi ustidan masofadan turib nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlar uchun to‘lovlarni avtomatik tarzda hisoblash va elektron to‘lovlarni o‘tkazish, ularni tasdiqlovchi xabarlar yuborish hamda idoralararo elektron axborot almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni umumlashtirish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash maqsadida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik ta’minlash va yuritishga mas’ul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020-yil 1-yanvardan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish adliya organlarida nodavlat notarial idoralarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, faoliyat yuritayotgan notariuslarga ularning arizalariga asosan notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli notarial okrugda qonun hujjatlariga muvofiq yetarli miqdordagi nodavlat notarial idoralar tashkil etilguniga qadar davlat notarial idoralari o‘z faoliyatini davom ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notarial idoralarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar nodavlat notarial idoralar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda nodavlat notarial idoralarda qoladigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, notariatning faol modeli doirasida xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun olinadigan to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining barcha notarial idoralar notariuslarining a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Notarial palatasini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar O‘zbekiston Notarial palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariat rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, notarial idoralar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda notariuslarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Notarial palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar notariuslarini birlashtiruvchi respublika nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslarning kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Notarial palatasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notarial idoralar notariuslari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tizimli va qat’iy nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib hamda nodavlat notarial idoralar faoliyatini har tomonlama tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2019 — 2021-yillarda Notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2020-yil 1-yanvardan mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishda quyidagi talablar bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan uy-joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxs nomidan mol-mulklarni ijara (arenda)ga berishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatini olish (bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor etish sharti bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan — yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijara va tekin foydalanishga berish hamda birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalarini olishda ipoteka, garov va lizing shartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish va taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar bank va boshqa kredit tashkilotlariga mazkur bandda nazarda tutilgan garov (ipoteka) shartnomalari doirasida taqiq qo‘yish va taqiqni yechish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2020-yil 1-yanvardan quyidagi notarial harakatlar joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta’minlash (guvohlarning ko‘rsatuvlarini yozib olish, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, Internet tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2020-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlarni faqat kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish talabi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar bo‘yicha taraflarning to‘lov majburiyatlarini bajarishi ixtiyoriy ravishda notarius depoziti orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda muayyan qarzdorliklar aniqlanganda, ularni tegishli mablag‘ni notarius depozitiga o‘tkazish orqali to‘lash yoki ularning asosliligini tekshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarni notarial tasdiqlashni taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib xizmat ko‘rsatish orqali videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq axborot tizimiga joylashtirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ladi va davlat organi yoki mansabdor shaxs ularni tan olishdan bosh tortishi taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatlarni amalga oshirishda ushbu arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarni taqdim etmasdan, ularni noyob raqam orqali tekshirtirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish istagini bildirgan shaxsga notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan hujjat nusxalarini notarial idoraga elektron tarmoq orqali oldindan jo‘natish yo‘li bilan elektron navbat olish va tegishli hujjatlarni tayyorlab qo‘yish imkonini beruvchi xizmat joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida elektron murojaat yuborish orqali idoraviy notarial arxivda mavjud bo‘lgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish imkonini beruvchi xizmat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-yanvargacha, eksperiment tariqasida, sohaga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta notarial idoralarda notarial idoraga kelmasdan turib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni (ijara va tekin foydalanishga berish shartnomalarini, boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishonchnomalarni), ijro xatlarini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarni (propiska qo‘yishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarni) elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirishni joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, masofadan turib xizmat ko‘rsatish orqali rasmiylashtirilgan hujjatning asl nusxasini buyurtmachiga kuryer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksperiment natijalari asosida 2021-yil 1-yanvarga qadar ushbu amaliyotni barcha notarial idoralarga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish, reytinglarni aniqlash, shuningdek, “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish orqali davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda notarial idoralar xodimlari tomonidan sodir etiladigan suiiste’molchiliklarni aniqlash maqsadida professional konsalting firmalarini shartnoma asosida jalb qilish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan ko‘chmas mulk huquqining vujudga kelishini nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazilishi hamda yagona elektron notarial arxiv fondi shakllantirilishini 2024-yil 1-yanvarga qadar yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5816-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ullar

Ijro etilishiga mas’ul

Ijro nazoratiga Vazirlar Mahkamasidan mas’ul

I. Notariat sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

nodavlat notarial idoralari huquqiy maqomi;

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari;

nodavlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini litsenziyalash;

nodavlat notarial idoralarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

nodavlat notarial idoralari notariuslarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash.

Qonun loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

O‘zbekiston Notarial palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

2.

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojini taqsimlash miqdori hamda notarial okrugda notarius lavozimlari sonini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

O‘zbekiston Notarial palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

3.

Ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash talabini bekor qilish hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etish.

Qonun loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Yergeodezkadastr (Abdullayev),

Markaziy bank (Nurmuratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

4.

Ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish talabini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Majburiy ijro byurosi

(Qudratxo‘jayev),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

5.

Notarial bitimlarni tasdiqlashda taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish.

Qonun loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Oliy sud (Komilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

6.

Nodavlat notarial idoralari notariuslarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

7.

Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish, natijalariga ko‘ra hujjatlar nusxasini notarial tasdiqlash talabini qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

8.

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini fuqarolar uchun tushunarli va shaffofligini ta’minlash maqsadida optimallashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

9.

Avtomototransport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdorini fuqarolarning ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlariga barham berish yuzasidan qayta ko‘rib chiqish.

Tahliliy ma’lumot takliflar bilan

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi (Berdibayev),

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati (Ortiqov)

10.

Notariuslar tomonidan elektron imzo va videokonferensiya orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik yo‘riqnomani tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrug‘i

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

11.

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi reglamentlarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil iyul

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

12.

Yo‘l haraka�i qoidalariga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari xodimlari tomonidan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarini qarindoshlik munosabatlarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

II. Notarial idoralar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish

13.

Notarial idoralarda optik tolali aloqa tarmog‘ini o‘rnatish “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.

“Yo‘l xaritasi”

2019-yil sentyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

14.

“E-notarius.uz” axborot portali va uning mobil ilovasini yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

15.

Masofadan turib xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

16.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali idoraviy notarial arxivida mavjud bo‘lgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish tartibini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

17.

Bank va boshqa kredit tashkilotlari ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha garov (ipoteka) shartnomalari bo‘yicha notarial idoralariga hujjatlarni elektron tarzda yuborish va tomonlar notarial idoraga bormasdan rasmiylashtirish imkoniyatini yaratuvchi tizim yaratish hamda tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

18.

Idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan ko‘chmas mulk huquqini vujudga kelishin� nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish va yagona elektron notarial arxiv fondini shakllantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Elektron notarial arxiv fondi shakllantirish

2019-yil noyabr


2023-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati (Abdullayev)

19.

Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmini joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Adliya vaz�rligi (Davletov),

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),
Oliy sud (Komilov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi (Berdibayev),

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (Kaimbayev)

20.

Aeroportlar va temir yo‘l vokzallarida ayrim turdagi notarial harakatlarni onlayn amalga oshirish imkonini beruvchi infokioskalar joylashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Uzbekistan Airoport” AJ (Ismailov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati (Abidov),
Yurid�k ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

21.

Shajara dasturini yaratish va unga mavjud fuqarolik holati dalolatnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘liq kiritilishi hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

Bunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

22.

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tasdiqlanadigan ariza va ishonchnomalarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborish tartibini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Komilov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Xalqaro hamkorlik bo‘limi (Sulaymanov)

23.

Ko‘chmas mulk boshqa shaxsga o‘tkazilganda barcha kommunal tashkilotlarda ko‘chmas mulkning yangi mulkdori haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda o‘zgartirish tartibini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Yergeodezkadastr (Abdullayev),

Adliya vazirligi (Davletov),

Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

III. Notarial idoralar faoliyati samaradorligini ta’minlash

24.

Nodavlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

25.

Nodavlat notarial idoralarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yu�idik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

26.

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

27.

Nodavlat notarial idoralar faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash �oshqarmasi (Kalandarov)

28.

Davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralariga o‘tkazish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni (dastlab nodavlat shaklga o‘tkaziladigan notarial idoralarni belgilash, notarial idora moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish, arxivlarni qabul qilish va boshqa) amalga oshirish.

Adliya vazirining buyrug‘i

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

29.

Davlat notarial idoralari foydalanuvida bo‘lgan bino-inshootlar, idora anjomlari va orgtexnika vositalarini (kompyuter, texnika vositalari va boshqa) nodavlat notarial idoralarga ijaraga berish va (yoki) uzoq muddatda to‘lash sharti bilan balans qiymatida sotish hamda undan tushgan mablag‘larni davlat notarial idoralari va adliya organlarini rivojlantirish uchun sarflash tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qaror� loyihasi

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

30.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari uchun qulay bo‘lgan joylardan nodavlat notarial idoralariga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari

2019 — 2021-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati (Abidov)

31.

Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning barmoq izlarini skaner qilish asosida biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali shaxsini aniqlash mexanizmini joriy qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi (Berdibayev)

32.

Notariuslarni ishdan ajralmagan holda malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov),

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

(Abdullayev)

33.

Davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda notarial idoralari faoliyatini baholash va monitoringini tashkil etish bo‘yicha professional konsalting firmalari bilan shartnomalar tuzish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov)

Yuridik ta’minlash boshqarmasi (Kalandarov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 06/19/5816/3723-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)