O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-yanvardagi 13-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2972, 2018-yil 16-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 10/18/2972/0710-son) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
“3. Ta’lim muassasalariga yoshi o‘n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan yigirma besh yoshdagi ham, o‘rta, o‘rta-maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional yoki o‘rta maxsus professional ma’lumotga ega, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tanlov asosida o‘qishga yuboriladi.”.
“mehnat daftarchasi nusxasi yoki mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma (agar mavjud bo‘lsa);”.
3. 52-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 7-ilovaning 8-bandidagi “yoki kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 10-ilovaning 10-bandidagi va 13-ilovaning 3-bandidagi “kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.