28.03.2020 yildagi 187-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi salomatligini muhofaza qilish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-son Farmoni ijrosini taʼminlash, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini oshirish, respublika aholisi va tibbiyot muassasalarining dori vositalariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, shuningdek, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofik ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 8-son, 71-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. “Saxovat” internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksalar (keyingi oʻrinlarda — vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. “Saxovat” internat uylariga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi boʻlgan shaxslar hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I gurux nogironligi boʻlgan keksalar qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. “Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan yolgʻiz keksaning, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxsning hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksaning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi nomiga berilgan arizasi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boʻsh joylar mavjud boʻlgan taqdirda pansionatga yolgʻiz urush va mehnat faxriylaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar, 18 yoshdan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksalar ham qabul qilinishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “O`zmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qarorining 6-bandidagi “uch yil muddatga” soʻzlari “ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “yigʻimning 1,0 foizi” soʻzlari “yigʻim summasining 83 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)