“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishonchli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish va davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi PF-4516-son Farmoni 1-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashining bevosita tasarrufida bo‘ladi;
“Jizzax” EIZga kiruvchi hududlar va uning chegaralari, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-sentabrdagi “Termiz” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5540-son Farmoni 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Termiz” EIZ qatnashchilarining hududi chegarasigacha tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar qurilishi teng ulushlarda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5707-son Farmoni 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2019-yil 1-iyuldan boshlab import dori vositalari (dori substansiyalari bundan mustasno) va tibbiyot buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im summasining 83 foizi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2911-son qarori 1-bandidan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4112-son qarori 5-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari bilan kelishilmasdan” so‘zlari “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.