16.03.2020 yildagi 157-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylar, maktablar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar, sport-sog‘lomlashtirish majmualari, dam olish maskanlari va boshqa ijtimoiy infratuzilma, ishlab chiqarish obyektlari qurilishi bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, uy-joylar qurilishi, avtotransport vositalari sonining ko‘payib borishi, avtobus yo‘nalishlari samarasizligi va bir-birini takrorlashi shahar yo‘lovchi tashish transportida yuklamalar nomutanosibligini, aholi uchun noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri aholisi va mehmonlarga transportda sifatli xizmatlar ko‘rsatish, transportga bo‘lgan talabni o‘sib borishi natijasida harakat xavfsizligini ta’minlash va Toshkent shahri yo‘lovchi transporti tizimini o‘zaro integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020-yil I chorak yakuniga qadar Toshkent shahrida metroning Yunusobod metro yo‘nalishining II bosqichi (2,9 km), yer usti halqa metro yo‘nalishining I bosqichi (11,5 km) hamda 2020-yil yakuniga qadar Sergeli yo‘nalishining I bosqichi (5,8 km) foydalanishga topshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira xaqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2020-yilda Toshkent shahrida 152 ta yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida 131 tasini optimallashtirish, 14 tasini yopish hamda 7 ta yangi yo‘nalishlarni ochish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tender shartnomalariga o‘zgartirish kiritish asosida ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan shahar yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini maqbullashtirish va yopish amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati va tuman hokimlari transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga hamda shahar yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini o‘zgarishi bo‘yicha aholini muntazam ravishda xabardor qilishga shaxsan mas’uldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Toshkent metropolitenining qurilayotgan yangi yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi transportining maqbullashtirilgan tarmog‘i imkoniyatlari va afzalliklari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish ishlari yakunlangandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda obyektlarni “Toshshahartransxizmat” AJga o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda qurilishi rejalashtirilgan transport-o‘tkazgich bog‘lamalari joylashadigan hududda obyektni foydalanishga topshirish muddati, unga bog‘lanadigan yo‘nalishlar, ish vaqti hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar qayd etilgan stendlar o‘rnatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-mayga qadar barcha turdagi shahar yo‘lovchi transportida foydalaniladigan yagona yo‘l chiptasini joriy etishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida shahar yo‘lovchi transporti turlarini o‘zaro bog‘loqligini ta’minlashni nazarda tutuvchi 2020-yilda Toshkent shahrida transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish reja-grafigi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarasiz va bir-birini takrorlaydigan avtobus yo‘nalishlarini maqbullashtirish, poytaxt aholisiga hamda mehmonlarga yo‘lovchi tashish transportida sifatli xizmatlar ko‘rsatish va talablarni qondirishni nazarda tutuvchi Toshkent shahrining jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar natijasida samaradorlik mezonlarini belgilashni nazarda tutuvchi Toshkent shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi “Toshshahartransxizmat” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yo‘lagini (BRT) tajriba loyiha tariqasida amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan 20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-sentabrga qadar jamoat transportida yo‘nalishni rejalashtiruvchi “Mening yo‘nalishim” elektron tizimini joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar avtobuslari (keyingi o‘rinlarda — avtobuslar) salonlarida bekatlarni avtomatik ravishda e’lon qilib borish tizimini joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik avtobus bekatlarida yo‘nalishlar harakati jadvali va avtobusning yetib kelish vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlashni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AJ va “Toshkent metropoliteni” UK bilan birgalikda ilg‘or xalqaro tajriba asosida xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda 2021-yil yakuniga qadar 2020 — 2030-yillarda Toshkent shahrida transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish bilan bog‘liq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashish jarayonlarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda Toshkent shahri transport tizimining iqtisodiy-matematik modelini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy avtotransportdan foydalanishga muqobil sifatida shahar yo‘lovchi transporti samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus saroylari harakat tarkibini yangilashda elektr quvvati bilan ishlaydigan, tasarruf etishda samarali va atrof-muhitga zarari kam bo‘lgan avtobuslarga bosqichma-bosqich o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish va xizmat sifatini yaxshilash hamda shahar yo‘lovchi transporti qatnovi o‘rtacha harakat tezligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosiped va boshqa motorsiz transport turlarini rivojlantirish, “Bike Sharing” veloprokat tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda transport vositalarining turi, soni va maqbul yo‘nalishlarini, mavsumiylik hamda ish va dam olish kunlarini hisobga olgan holda tanlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2020 — 2030-yillarda Toshkent shahrida transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq jadvali tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport o‘tkazgich bog‘lanmalarini qurish, shuningdek, 2020 — 2030-yillarda Toshkent shahrida transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish transport bosh rejasini ishlab chiqish — Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 7-bandida belgilangan shahar yo‘lovchi transporti tizimini raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlar — “Toshshahartransxizmat” AJ o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 ta zamonaviy elektrobus va quvvatlash uskunalarini xarid qilish — O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatini taqdim etmasdan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalarini xarid qilish orqali Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovi (BRT) tizimini tashkil etish bo‘yicha tajriba loyihasini joriy qilinishida texnik-iqtisodiy hisoblarni ishlab chiqilishi bir bosqichda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jalb qilinayotgan kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha mas’ul qarz oluvchi va ijro organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jalb qilinayotgan kredit mablag‘larini qoplash, foizlar, komissiyalar va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jalb qilinayotgan kreditlar hisobiga xarid qilinayotgan 20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalari kafillik hisobida “Toshshahartransxizmat” AJ mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi tashkilotlar harakat tarkibini 2021 — 2023-yillarda yangilash dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganib, yo‘lkirani to‘lashda avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llagan holda shahar yo‘lovchi transportida takomillashtirilgan tarif tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 157-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda Toshkent shahrida transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Transport-o‘tkazgich bog‘lamalari nomlari

Joylashgan manzili va hudud maydoni

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Turkiston

Yunusobod tumani, Axmad Donish ko‘chasi,
13-mavze, 0,50 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil aprel

2020-yil may

2020-yil iyun

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Yunusobod tumani hokimligi (R.Usmanov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

2.

Buyuk Ipak yo‘li

Mirzo Ulug‘�ek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati, 0,26 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
M.Ulug‘bek tumani hokimligi
(Sh. Irgashev), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

3.

“Paxtakor”

Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, “Paxtakor” metro bekati, 0,45 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Shayxontohur tumani hokimligi
(A. To‘xtayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

4.

“Chorsu”

Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasi, “Chorsu” bozori, 0,48 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyun

2020-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Shayxontohur tumani hokimligi
(A. To‘xtayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

5.

“Beruniy”

Olmazor tumani, Beruniy va Universitet ko‘chalari kesishmasida, 0,36 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil iyun

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Olmazor tumani hokimligi
(B. Raxmonov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

6.

“Chilonzor”

Chilonzor tumani, KAXY va Bunyodkor ko‘chasi kesishmasida, 0,32 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyul

2020-yil avgust

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Chilonzor tumani hokimligi
(S. Maxametov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

7.

“Olmazor”

Chilonzor tumani, Gavhar va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida, 0,65 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyul

2020-yil avgust

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Chilonzor tumani hokimligi
(S.Maxametov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

8.

“Qo‘yliq bozori”

Bektemir tumani, TAXY va Farg‘on yo‘li ko‘chasi kesishmasida, 0,75 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Bektemir tumani hokimligi
(Sh.Mamadjanov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

9.

“Choshtepa”

Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, “Choshtepa” metro bekati yonida, 0,36 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Sergeli tumani hokimligi
(B.Shamuratov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

10.

“Qipchoq”

Sergeli tumani, Qipchoq va Mirzo Tursunzoda ko‘chalari kesishmasida, 0,6 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil iyun

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Sergeli tuman hokimligi
(B.Shamuratov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

11.

“Sergeli-7”

Sergeli tumani, 7-mavze, Mirzo Tursunzoda va Mehrigiyo ko‘chalari kesishmasida, 0,84 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil iyun

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Sergeli tuman hokimligi
(B.Shamuratov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

12.

“Chilonzor buyum bozori”

Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, “Chilonzor buyum bozori” AJ avtoturargohi, 0,46 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyul

2020-yil avgust

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Chilonzor tuman hokimligi
(S.Maxametov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qo‘yliq bozori” bog‘lovchi bekatini loyihalashtirish va qurish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur hollarda, transport-o‘tkazgich bog‘lanmalari qurish parametrlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Toshkent shahrida yo‘lovchilarni tashishda haqiqiy ehtiyojni hisobga olib o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 157-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining jamoat transporti tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Yangi liniyalar foydalanishga topshirilishi hisobga olinib yer usti yo‘lovchilar tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten bilan integratsiyalash

1.

Metropolitenning Yunusobod yo‘nalishi harakatini takrorlovchi yo‘nalishlar tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqish:

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK

(O. Xudoykulov),

Yunusobod tumani hokimligi (R. Usmanov),

Bektemir tumani hokimligi (Sh. Mamadjanov)

1.1.27 ta avtobus va yo‘nalishli taksiyo‘nalishlarni optimallashtirish, jumladan:

9 ta (26, 50, 52, 82, 95, 140, 151, 152, 61m);

2020-yil 1-iyulga qadar

10 ta (97, 71, 101, 20m, 27m, 80m, 40i, 62m, 134m, 90m);

2020-yil 1-oktabrga qadar

8 ta (63, 72, 91, 93, 190, 77m, 167m, 192m).

2021-yil 1-yanvarga qadar

1.2.4ta takrorlovchi avtobus va yo‘nalishli taksiyo‘nalishlarni yopish, jumladan:

1 ta (83m);

2020-yil 1-iyulga qadar

3 ta (9, 60, 24).

2020-yil 1-oktabrga qadar

1.3.4 ta yangi avtobus yo‘nalishlarni ochish, jumladan:

2 ta (“Yunusobod 9-mavzesi – Yunusobod 19-mavzesi”, “Yunusobod 6-mavzesi – Yunusobod 17-mavzesi”);

2020-yil 1-iyulga qadar

2 ta (“Hasanboy mahallasi — Yunusobod metro bekati”, “G‘ishtko‘prik chegara o‘tkazish punkti — Yunusobod metro
bekati”).

2020-yil 1-oktabrga qadar

2.

Metropolitenning yer usti halqa yo‘li (Qo‘yliq) yo‘nalishi harakatini takrorlovchi yo‘nalishlar tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqish.

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK

(O. Xudoykulov),

Bektemir tumani hokimligi (Sh. Mamadjanov),

Yashnobod tumani hokimligi (X. Tillashayxov)

2.1.24 ta avtobus va yo‘nalishli taksiyo‘nalishlarni optimallashtirish, jumladan:

14 ta (23, 117, 155, 45, 110, 9i, 16m, 18m, 24m, 25m, 47m, 136m, 163m, 170m);

2020-yil 1-iyulga qadar

9 ta (119, 30, 55m, 61m, 88m, 99m, 111m, 137m, 190m);

2020-yil 1-oktabrga qadar

1 ta (23m).

2021-yil 1-yanvarga qadar

2.2.2ta takrorlovchi avtobus va yo‘nalishli taksiyo‘nalishlarni yopish, jumladan:

1 ta (72m);

2020-yil 1-iyulga qadar

1 ta (15).

2020-yil 1-oktabrga qadar

2.3.1 ta yangi yetkazib chiquvchi yo‘nalish ochish (Oltin topgan mahallasi — Qo‘yliq bozori).

2021yil 1-yanvarga qadar

3.

Metropolitenning Sergeli yo‘nalishi harakatini takrorlovchi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlar tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqish:

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK

(O. Xudoykulov),

Sergeli tumani hokimligi (B. Shamuratov),

Uchtepa tumani hokimligi (F. Abdullayev)

3.1.15 ta yo‘nalishlarni optimallashtirish, jumladan:

1 ta (84);

2020-yil 1-oktabrga qadar

14 ta (132, 48, 75, 32, 74, 62, 86, 66, 126, 59, 130, 8,40, 26m).

2021-yil 1-yanvarga qadar

3.2.4 ta takrorlovchi avtobus yo‘nalishlarni yopish (105, 104, 113, 112).

2021-yil 1-aprelga qadar

3.3.1 ta yangi yetkazib chiquvchi yo‘nalish ochish (Metallurgiya zavodi — Sergeli 7-mavzesi).

2020-yil 1-oktabrga qadar

II. Toshkent shahrida yangi qurilayotgan turar joy mavzelari va ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini yo‘lovchi transporti yo‘nalishlari bilan ta’minlash

4.

O‘zaro parallel va bir-birining harakatini takrorlovchi yo‘nalishlar tarmog‘iniqayta ko‘rib chiqish:

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

Toshkent shahri tumanlari hokimliklari

4.1.65 ta avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarni optimallashtirish, jumladan:

14 ta (111, 123, 8T, 33, 49, 53, 94, 103, 124, 1m, 6i, 93m, 135m, 169m);

2020-yil 1-iyulga qadar

17 ta (38, 65, 98, 141, 120, 29m, 52m, 28m, 95m, 100m, 162i,11m, 17m, 91m, 92m, 113m, 168m);

2020-yil 1-oktabrga qadar

34 ta (13, 34, 78, 148, 150, 188, 2, 21, 89, 55, 69, 77, 83,100, 134, 122, 17, 18, 56, 68, 88, 28, 31, 87, 76, 116,74m, 76m, 191m,
36m, 114m, 17i, 188m, 12i).

2021-yil 1-yanvarga qadar

4.2.4 ta takrorlovchi avtobus va yo‘nalishli taksiyo‘nalishlarni yopish, jumladan:

1 ta (173m);

2020-yil 1-iyulga qadar

1 ta (144);

2020-yil 1-oktabrga qadar

2 ta (96, 20).

2021-yil 1-yanvarga qadar

4.3.1 ta yangi yetkazib chiquvchi yo‘nalish ochish (Qoraqamish 2/4-mavzesi — Ber�niy metro bekati).

2021-yil 1-yanvarga qadar

III. Yo‘lovchi tashish transporti tizimining iqtisodiy-matematik modelini ishlab chiqish

5.

Toshkent shahar hokimligi va “Kalyon ulastirma muhendislik ve musavrilik A.S.” (Turkiya) injiniring kompaniyasi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali “2020 — 2030-yillarda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish” bo‘yicha transport bosh rejasini ishlab chiqish, bunda:

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev)

Transport vazirligi (E. Ganiyev)

shahar transportining iqtisodiy-matematik modelini ishlab chiqish;

2021-yil 1-aprelga qadar

yo‘lovchi tashuvlarini boshqarishga raqamli texnologiyalarni joriy etish;

2021-yil 1-dekabrga qadar

mahalliy mutaxassislarni tayyorlash.

2020-2021-yillarda

IV. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yo‘lovchilarning bir transport turidan boshqasiga o‘tish uchun qulayliklar yaratish

6.

Yo‘lovchilarga bir transportdan boshqasiga qulay o‘tishi uchun sharoitlar mavjudligi yuzasidan yer usti yo‘lovchi transporti yo‘nalishi tarmog‘ini metropoliten bilan o‘zaro bog‘liq holda maqbullashtirish, imkonyatlari cheklangan fuqarolar uchun xavfsiz va to‘siqsiz muhit ta’minlashni inobatga olgan holda yirik bekatlar komplekslarini xatlovdan o‘tkazish.

2020-yil may

Transport vazirligi
(E. Ganiyev, I. Maxkamov),
Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),
“ToshkentboshplanLITI” GUP (B. Adilxodjayev),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),
“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov),

Toshkent shahri tumanlari hokimliklari

7.

Xatlov natijalariga ko‘ra bekat komplekslarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha namunaviy loyihalarni nazarda tutgan holda avtobus bekat komplekslari hamda metropoliten bekatlariga o‘tish joylarini rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil 1-iyulga qadar

8.

Imkonyati cheklanganlar harakatlanishi uchun to‘siqsiz muhitni yaratish maqsadida shahar va yo‘l-transport infratuzilmasi standartlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va Toshkent shahrida xalqaro tajribani qo‘llash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar ko‘zda tutilgan takliflarni kiritish:

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),
Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),

IIV (P. Bobojonov)

Transp�rt vazirligi
(E. Ganiyev, I. Maxkamov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),
“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov)

svetoforlarni ovozli mayoqlar, piyodalar o‘tish joylarini maxsus plitka bilan jihozlash va boshq.;

2020-yil 1-sentabrga qadar

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratgan holda panduslar, alohida joylar, bekatlar va yo‘nalishni ovozli
tarzda e’lon qilish, elektron axborot tablo bilan ta’minlash maqsadida jamoat transportini maxsus vositalar bilan
jihozlash.

9.

Shaharsozlikni rivojlantirishni (sanoat va turar joy qurilishi dasturlari va loyihalari) transport tizimi quvvatlari bilan majburiy uyg‘unlashtirish mexanizmini joriy etish.

2020-yil 1-iyulga qadar

Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev)

V. Yo‘lkira to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan shahar yo‘lovchilar tashish transportining tarif siyosatini takomillashtirish

10.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda qayishqoq tarif rejalari hisob-kitobi metodikasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.

2020yil 1-mayga qadar

Transport vazirligi
(E. Ganiyev, I. Maxkamov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov),

“ATTO” MChJ (T.Azadov)

11.

Qatnov masofasi, vaqti va bir transportdan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan to‘lov tizimi �o‘llanilishi hisobga olingan shahar yo‘lovchi tashish transportining tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-iyunga qadar

12.

Tijorat banklarining 1900 ta o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kioskalari orqali transport kartalarini to‘ldirish jarayonini tashkil etish.

2020-yil 1-aprelga qadar

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

13.

“Humo” va “Uzcard” NFC (Near-Field Communication) bank kartalari orqali shahar yo‘lovchi tashish tarnsportida yo‘lkira to‘lovini qabul qilish jarayonini tashkil etish.

2020-yil 1-mayga qadar

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahar�ransxizmat” AJ (A. Djurayev)

14.

Mobil telefon kodining NFC (Near-Field Communication) va QR (Quick Response code) texnologiyasi bayonnomalaridan foydalanib mobil ilova orqali to‘lov jarayonini tashkil etish.

2020-yil may

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

15.

Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lkira to‘lash uchun VISA, MASTERCARD, UNIONPAY, MIR xalqaro to‘lov tizimlarining bank kartalarini qabul qilish jarayonini tashkil etish.

2020-yil iyun

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

16.

Toshkent shahrida 15 ta avtomatlashtirilgan transport kartalarini sotish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qurilmalarini o‘rnatish.

2020-yil iyul

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

17.

Kontaktsiz axborot saqlovchi vositalar (smart soatlar, breloklar, brasletlar va boshqalar) orqali shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lkirani qabul qilish jarayonini tashkil etish.

2020-yil iyul

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

VI. Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini raqamlashtirish

18.

Avtobuslar salonida bekatla� to‘g‘risida ma’lumot beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.

2020-yil 1-dekabrga qadar

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

19.

Oraliq bekatlarda avtobuslarning harakatlanish jadvali va bekatga yetib kelish vaqtini ko‘rsatib boruvchi elektron tablolar o‘rnatish.

2020-yil 1-dekabr

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

20.

Aholiga shahar yo‘lovchi tashish t�ansportida yurishni rejalashtirish va uning ishi to‘g‘risida boshqa foydali ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi “Mening yo‘nalishim” elektron tizimini joriy etish.

2020-yil 1-oktabrga qadar

Transport vazirligi (E. Ganiyev),
“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

21.

Yo‘lovchi tashish jarayonini avtomatlashtirilgan boshqarish uchun situatsion markazni tashkil qilish, bunda:

yo‘lovchi tashishni rejalashtirish tizimini avtomatlashtirish;

yo‘lovchi tashishning rejalashtirilgan vazifali bajarilishini nazorat qilish;

yo‘lovchi tashishning muntazamligi, tezlik me’yori va harakat jadvaliga amal qilinishi ustidan nazorat tizimi;

tashish jarayonini tezkor boshqarish (harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, ehtiyoj bo‘yicha tig‘iz yo‘nalishlarga transportni qayta yo‘naltirish);

yo‘lovchilardan transport xizmatlari sifati oshirilishi yuzasidan takliflar olish imkoniyati bo‘lgan axborot tizimini nazarda tutish.

2021-yil mart

Transport vazirligi (E. Ganiyev),
“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

VII. Shahar yo‘lovchi tashish transporti uchun ustuvorlikni ta’minlash yo‘li bilan “Tezkor avtobus qatnovi tizimi (BRT)” tajriba loyihasini amalga oshirish

22.

A. Temur xiyoboni — “Kompass” savdo kompleks markazi (Istiqbol, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali) yo‘nalishi bo‘yicha aloxida yo‘lakli tezyurar “BRT” (Bus Real Tranzit) avtobus yo‘nalishi tajriba loyihasini amalga oshirish, aloxida yo‘lak qurish va yo‘lning tegishli xududlarini rekonstruksiya qilish.

2020-yil 1-noyabrga qadar

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Transport vazirligi (A. Abduvaliyev),

“ToshkentboshplanLITI” DUK (B. Adilxodjayev),

Toshkent shahar Mirobod va Yashnobod tumanlari hokimliklari

VIII. Transport vositalari parkini zamonaviy, yuqori samarali, qulay, xavfsiz va ekologik toza texnika bilan yangilash

23.

Mavjud avtobus parkini bosqichma-bosqich yuqori samarali va atrof muhitga zarari kam bo‘lgan avtobuslar hisobiga yangilash, shuningdek, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay transport muhiti yaratishni nazarda tutuvchi “2021 — 2023-yillarda “Toshshahartransxizmat” AJ korxonalari harakatlanadigan tarkibini yangilash dasturi” loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabrga qadar

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),
“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

24.

2020 — 2024-yillarda metropolitenning yangi liniyalari foydalanishga topshirilishi hisobga olingan holda yangi vagonlarni xarid qilish va foydalanilayotganlarining bir qismini modernizatsiya qilish orqali metropolitenning harakatlanadigan tarkibini yangilash dasturini ishlab chiqish, bunda:

48 ta yangi metro tarkiblarini xarid qilish, jumladan:

2020-yilda — 10 ta, 2021-yilda — 10 ta, 2022-yilda — 10 ta, 2023-yilda — 10 ta, 2024-yilda — 8 ta;

64 ta metro vago�larini kapital tiklash ishlarini amalga oshirish uchun texnik va moliyaviy talablar bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash, jumladan:

2020-yilda — 20 ta, 2021-yilda — 8 ta, 2022-yilda — 12 ta, 2023-yilda — 4 ta, 2024-yilda — 20 ta.

2020-yil 1-iyulga qadar

“O‘zbekiston temir yullari” AJ (X. Xasilov),

“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“Toshkent shahar yo‘lovchi vagonlarini ta’mirlash zavodi” AJ
(D. Dadaxodjayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 157-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli parametrlar

O‘lchov birligi

Hammasi

shu jumladan:

Kutilayotgan natija

2020-yil

1-iyulgacha

2020-yil

1-oktabrgacha

2021-yil

1-yanvargacha

1.

Shahar yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish (yo‘nalish masofasini qisqartirish
yoki uzaytirish, trassasini o‘zgartirish)

dona

131

37

37

57

1. Yo‘nalishlarning o‘rtacha masofasini 19,8 km dan 15 km gacha qisqartirish.

2. Avtobuslarning o‘rtacha harakatlanish oraliq vaqtini 20 — 30 daqiqadan 10 — 12 daqiqagacha kamaytirish.

3. Yer usti jamoat transportining bir kunlik bosib o‘tadigan masofasini 37,6 ming km ga kamaytirish.

4. Kunlik yoqilg‘i xarajatini 13 ming litrga kamaytirish.

5. Atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kuniga 2,5 tonnaga kamaytirish;

6. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari sarf-harajatlarini yiliga 27,7 mlrd so‘m miqdorida tejash.

7. Metropolitendagi kunlik yo‘lovchilar oqimini 240 ming yo‘lovchidan 500 ming yo‘lovchigacha ko‘paytirish.

8. 75 ming nafardan ortiq aholi yashaydigan 6 ta yangi turarjoy mavzesini muntazam avtobus yo‘nalishlari qatnovi bilan ta’minlash.

2.

Shahar yo‘lovchi tashish transportining bir-birini takrorlovchi va samarasiz yo‘nali�larni yopish

dona

14

3

5

6

3.

Shahar yo‘lovchi tashish transportining yangi yo‘nalishlarini ochish

dona

7

2

3

2

4.

Transport-o‘tkazgich bog‘lamalarini qurish

dona

12

1

11

-

5.

Kunlik yoqilg‘i harajatlarini qisqartirish

ming litr

12,7

-

-

13

6.

Metropolitenda kunlik yo‘lovchi aylanmasini oshirish

ming litr

470,5

-

-

500

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* – hozirda Toshkent metropolitenida kunlik yo‘lovchi oqimi 240,0 ming yo‘lovchini tashkil etadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/157/0318-son)