13.03.2020 yildagi 147-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlarining foydalanilmayotgan va ixtisosli boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning foydalanilmayotgan va ixtisosli boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanishni taʼminlash hamda Xorazm viloyati Gurlan tumanida paxta klasterini tashkil qilish orqali viloyatda toʻqimachilik sanoatini yanada rivojlantirish maksadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Muruvvat teks” MChJning Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Mustaqillik koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan Gurlan trikotaj fabrikasi hamda “Muruvvat teks Xorazm” shuʼba korxonasini (keyingi oʻrinlarda — mulkiy majmualar) belgilangan tartibda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali 119 mlrd. soʻm baholash qiymatida sotuvga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar kelib tushmaganligi sababli mulkiy-majmualar bugungi kunga qadar sotilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Xorazm viloyat hokimligi, “Oʻzbekneftgaz” AJning mulkiy-majmualarni kelgusida belgilangan tartibda sotish uchun Agentlikka berish bunda xaridorga mulkiy majmualarning qiymatini 7 yil muddatgacha har chorakda teng ulushlarda boʻlib toʻlash huquqini berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 733-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mulkiy-majmualarni Agentlikka berish “Oʻzbekneftgaz” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini hamda oʻz navbatida “Muruvvat teks” MChJning ustav kapitalidagi “Oʻzbekneftgaz” AJga tegishli ulushini mulkiy-majmualarning balans (qoldiq) qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi M.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi 147-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi 308-son qarorining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Neft-gaz tarmogʻi tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-avgustdagi 685-son qaroriga 1-ilovaning 154-pozitsiyasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2020-y., 09/20/147/0296-son)