Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorazm viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida
Davlat mulki bo‘lgan bekor yotgan obyektlardan samarali foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlarini qo‘llab‑quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zbekneftgaz” AJning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Xorazm viloyati, Xiva tumani, “Zaungur” qishlog‘ida joylashgan va “Xivanefgazqurilish” UK ning balansida bo‘lgan bino inshootlar hamda ularga tutash hudud (keyingi o‘rinlarda — obyekt)ni “O‘zbekneftgaz” AJning Davlat budjeti va maqsadli jamg‘armalar oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga qoldiq balans qiymatida Xorazm viloyati hokimligi balansiga topshirish;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 443‑son “Korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora‑tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga 1‑ilovaning 169‑pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov hamda Xorazm viloyati hokimi v.b. F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
308-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 308 son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari bazasida tashkil etilayotgan qo‘shimcha kichik sanoat zonalari
RO‘YXATI
T/r | Obyektlarning nomi | Joylashgan manzili | Balansda turgan tashkilot | Maydoni (ga) |
1. | Sobiq “Maxsus qurilish mexanizatsiyasi” UK mulk kompleksi | Xiva tumani, “Zaungur” qishlog‘i | “Xivanefgazqurilish” DU | 3,2 |
2. | Konserva zavodining bo‘sh turgan bino‑inshootlari (sobiq “Maxsus intersavdo” MCHJ) | Shovot tumani, Beshmarg‘on qishlog‘i | Shovot tumani obodonlashtirish boshqarmasi | 3,7 |
* Maydon hajmi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aniqlanadi.