1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish. Bunda, 2021-yil hosilidan boshlab, paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni fermer xoʻjaliklarining talabidan kelib chiqib, ajratish tizimini joriy etish nazarda tutilsin. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-aprel |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
2. |
Paxta xom ashyosi yetishtirish uchun klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklariga ajratiladigan kredit mablagʻlarini yagona maxsus bank kartalari orqali oyma-oy erkin tasarruf qilish mexanizmini sinov tariqasida Buxoro viloyatida tatbiq etish va tajriba natijalariga koʻra boshqa hududlarda ham joriy qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-aprel |
Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
3. |
2021-yil hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini tasdiqlash amaliyotini bekor qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-sentabr |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi |
|
4. |
“Oʻzagroservis” AJ tizimidagi tuman mashina traktor parklarining viloyat mashina traktor parklari birlashmalariga tegishli ulushlarini paxta-toʻqimachilik klasterlariga belgilangan tartibda sotish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-aprel |
“Oʻzagroservis” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzagrolizing” AJ, tijorat banklari |
|
5. |
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatidan paxta mahsulotini chiqarish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 10-aprel |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ |
|
6. |
“Paxtasanoat hududiy aksiyadorlik” birlashmalarining paxta tozalash zavodlaridagi aksiya (ulush) paketlari sotilishiga qadar, ushbu zavodlar tomonidan paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatilishini taʼminlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 20-mart |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
7. |
Paxta xom ashyosi hisob-kitobini toʻgʻri yuritish maqsadida “Oʻzpaxtasanoat” AJning “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-iyul |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
8. |
“Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish boʻy??a Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tashkil etish. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish: a) “Oʻzpaxtasanoat” AJnitugatish, aktivlarini va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazish, uning tizimidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish; b) “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi tomonidan bajariladigan tadbirlarni belgilash. Bunda: paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari aksiya (ulush) paketlarini belgilangan tartibda sotish; Hukumat qarorlariga asosan paxta-toʻqimachilik klasterlariga boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan hamda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlari paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tegishli aksiya (ulush) paketlarni belgilangan tartibda sotish; paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ulushlarini sotish jarayonlari yakunlangandan soʻng “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish; v) Loyiha ofisi “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish jarayonini nazorat qilishi va tugatilganidan soʻng aktivlarini qabul qilishi nazarda tutiladi. |
Loyiha ofisini tuzish
|
2020-yil 20-mart
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qaroriga muvofiq 2020-2021-yillarda respublika hududlarida tashkil etilishi belgilangan tikuv-trikotaj majmualarini paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan ishga tushirilishini taʼminlash. Bunda, paxta-toʻqimachilik klasterlariga tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish uchun alohida imtiyozli kreditlarni ajratish nazarda tutiladi. |
2020-2021-yillarda majmualarni tashkil etish boʻyicha manzilli (dislokatsiya) dasturga oʻzgartirish kiritish va zaruriy moliyaviy manbalar bilan taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qarorida belgilangan muddatlarda |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, tegishli tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tumanlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan paxta va gʻalla ekilgan maydonlarda, ekinlarning rivojlanish holati va kutilayotgan hosil prognozi bilan shugʻullanuvchi axborot-maslahat markazlarini tashkil etish va ularni texnik vositalar bilan taʼminlash. Axborot-maslahat markazlari tomonidan: kutilayotgan hosil, ekinlarning rivojlanish holati, omborlardagi mahsulot hajmi boʻyicha hududlar kesimida maʼlumotlarning davriy ravishda eʼlon qilib borilishi; xoʻjaliklarga tuproq unumdorligini aniqlash va uni oshirish, agrotexnik tadbirlarni maqbul muddat va darajada oʻtkazish, zararkunandalarning tarqalishi va ularga qarshi kurashish tadbirlarini oʻtkazish, mahsulotlarni sotish va boshqa masalalarida konsultativ xizmatlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-sentabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
11. |
Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilish. |
Byulleten chop etish, OAVda eʼlon qilish |
Har yili 1-dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi |
|
12. |
Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har hafta |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2-ILOVA
|
S. Bekenov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, tugatish komissiyasi raisi | |
|
2. |
S. Xodjayev |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, tugatish komissiyasi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
A. Ergashev |
— |
moliya vaziri oʻrinbosari, tugatish komissiyasi raisi oʻrinbosari |
|
4. |
J. Xaitov |
— |
Hisob palatasi bosh inspektori |
|
5. |
A. Ravshanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri |
|
6. |
X. Meliyev |
— |
adliya vaziri oʻrinbosari |
|
7. |
Oʻ .Karimov |
— |
iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari |
|
8. |
F. Umarov |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
9. |
F. Karabayev |
— |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
10. |
A. Isroilov |
— |
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori |
|
11. |
Sh. Axmedov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining boshqarma boshligʻi |
|
12. |
A. Maqsudov |
— |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruv raisi |
|
13. |
I. Iskandarov |
— |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari |
|
14. |
X. Djumanov |
— |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqarma boshligʻi |
|
15. |
F. Sultonov |
— |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqarma boshligʻi |
|
16. |
A. Latipov |
— |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqarma boshligʻi |
|
17. |
O. Omonov |
— |
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamenti direktori oʻrinbosari |
|
18. |
kelishuv boʻyicha |
— |
Loyiha ofisi rahbari, tugatish komissiyasi kotibi |