Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4471-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4471-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 638-F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-fevral,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi 587-son qarorida:
a) 5-banddagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” coʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandida:
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining” soʻzlari “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-son qarori 2-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi byulletenlari va har kunlik maʼlumotlari;
xorijiy matbuot obzorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliy axborotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatida:
a) 1-boʻlimining 10 va 11-bandlari qoʻyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti”;
b) quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi”;
g) 6-boʻlimi 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 7-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirdagi bayon qilinsin:
“Hunarmandchilik faoliyati hunarmand tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi. Hunarmand hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun koʻpi bilan 5 nafar shogirdni jalb etishga haqlidir. Shogird ushbu Nizomning 14-bandi talablariga rioya etgan taqdirda bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar uchun jalb etiladigan shogirdlar soni cheklanmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-martdagi 229-son qarorida:
a) 8-banddagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ommaviy kommunikatsiya sohasini monitoring qilish markazi” soʻzlari “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)