Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-yil, 2-son, 8-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-fevral,
72-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 72-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
2. Agentlik arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agentlik arxiv ishi va ish yuritish sohasida Xalqaro Arxivlar Kengashi va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Agentlik, uning tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, qisqartirilgan nomi — “Oʻzarxiv” agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Agenstvo “Uzarxiv” pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agenstvo “Uzarxiv”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Agency “Uzarchive” under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agency “Uzarchive”.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 2-uy.
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);
Oʻzbekiston Milliy arxivi;
Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;
Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari va ularning filiallari (keyingi oʻrinlarda davlat arxivlari deb ataladi).
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Hududiy boshqarmalar Agentlikka hisob beradi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat arxivlari Agentlikning hududiy boshqarmalariga hisob beradi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi (keyingi oʻrinlarda milliy arxivlar deb ataladi) Agentlikka hisob beradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
1 §. “Oʻzarxiv” agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
Keyingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini taʼminlash va ulardan keng foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalarni, milliy arxivlar va davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv xizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish;
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.
13. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish sohasida:
arxivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
arxiv hujjatlarini arxivlarda, muzeylarda, kutubxonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
saqlash muddati koʻrsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxatlarini kelishadi;
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, sugʻurta nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi (keyingi oʻrinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi;
Oʻzbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli maʼmuriy organi sifatida ish koʻradi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, syezdlarida, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, qonuniylik va tendensiyalarini oʻrganadi hamda ularni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshiradi hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga va ularning yuzaga kelishiga sabab boʻladigan shart-sharoitlarning oldini olish boʻyicha tegishli bayonnomalar tuzadi va sudlarga kiritadi;
MAFga tegishli alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sugʻurta fondi markazlashtirilgan holda saqlanishini tashkil etadi;
hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib boradi;
davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etadi;
arxiv ishi soxasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzadi;
davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini taʼminlash va ulardan keng foydalanish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
MAF hujjatlari davlat roʻyxatiga olinishini tashkil qiladi va Davlat katalogini yuritadi;
MAF hujjatlarini doimiy saqlaydigan arxivlar va tashkilotlarga roʻyxatga olish guvohnomalarini beradi;
MAF noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritadi;
arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlarni respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv fondlari tarkibiga kiritish, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan fondlarni davlat arxivlarida toʻplash, shuningdek respublika miqyosidagi hujjatlarni davlat arxivlariga berish va aksincha masalalarini hal qiladi;
davlat mulkida boʻlgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqishga ruxsatnomalar beradi;
MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi hujjatlarini, shuningdek, fuqarolarda saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, kitoblar, qoʻlyozmalar va boshqa materiallarni sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada tizimdagi hududiy boshqarmalar va davlat arxivlariga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat arxivlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, ularning tuzilmasini takomillashtirish va tarmoqni rivojlantirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikada sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, yigʻma yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
idoraviy arxivlar tarmogʻini rivojlantirish va ishini tashkil etish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirishda yagona yondashuvni taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
idoraviy arxivlarning arxiv xizmatlari ishiga, respublika miqyosidagi davlat organlari ish yuritishida hujjatlarning tashkil etilishiga tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;
arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlari tashkil etilishini, hujjatlar saqlanishi, koʻrsatilgan arxivlarga berilishi va ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
arxivlar faoliyatini va arxivlarni jamlash manbalari bilan ishlash holatini hamda arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tahlil qiladi va baholaydi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etadi, xorijdan kelgan soʻrovlar ijrosini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band “v” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
g) arxiv xizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida:
nodavlat arxivlar tarmogʻini kengaytiradi, bu borada davlat-xususiy sheriklik tizimining oʻzaro manfaatli hamkorligini rivojlantiradi, ularning faoliyati ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat arxivlari egalariga ularning hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanishda koʻmaklashadi;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat arxivlarni metodik taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini, sohaning oʻz vakolati sohasiga kiruvchi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat arxivlariga davlat arxivlarining asosiy jamlash manbaiga kirmagan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish va tartibga keltirish huquqini beruvchi Kasbiy kompetentlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish sohasida:
arxivshunoslik, arxeografiya, hujjatshunoslik boʻyicha ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi va ularni muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga tatbiq etadi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni ularning respublika va mahalliy darajadagi faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan muvofiqlashtirib boradi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligi va arxiv axborotiga boʻlgan davlat va jamiyat ehtiyojlarini oʻrganish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
MAF hujjatlari tarkibi va mazmuniga oid axborotlar qidiruvini taʼminlash uchun maʼlumotlar bazalarini, shuningdek, anʼanaviy tarzdagi arxiv maʼlumotlarini yaratishni tashkil qiladi;
arxiv ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qoʻllashni amalga oshiradi;
davlat arxivlarida axborot resurslarini, shu jumladan, elektron MAF va boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tashkil etadi;
elektron hujjatlarni saqlash tizimlari va elektron hujjat aylanishi tizimlariga namunaviy funksional talablarni belgilaydi;
hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, shu jumladan, elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qiladi;
davlat arxivlarida MAFga doir axborot resurslari va elektron hujjatlarning axborot xavfsizligini taʼminlashni tashkil qiladi;
elektron arxivlarni yuritish metodikasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
e) zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish sohasida:
arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlar xodimlarining arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malakasini oshirishni tashkil etadi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida mutaxassislarni sifatli tayyorlash borasida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻmaklashadi;
xalqaro moliyaviy institutlarning, xorijiy davlatlarning arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish uchun ajratilgan grantlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha tashkiliy ishlarni olib boradi;
j) arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish sohasida:
xorijiy arxiv muassasalari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan arxiv hujjatlari va ularning nusxalari xalqaro almashinuvini amalga oshiradi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida chet el tajribasini oʻrganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini oʻz vakolati doirasida taʼminlaydi;
milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni, ularning maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni, shuningdek, mazkur hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, foto va video tasvirlarini olib kelishni taʼminlaydi;
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyadi, turli anjumanlar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etadi;
xorijiy davlatlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari va ularning nusxalarini yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib boradi va zarur chora-tadbirlar koʻradi, bu borada xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajribani oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi;
respublika tashqarisidagi arxiv hujjatlarini qaytarish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi, chet ellarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlash, ularni yoki ularning nusxalarini sotib olishni tashkil etadi;
respublikadagi hamda xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritishni, ular haqidagi bibliografik maʼlumotlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etib borishni taʼminlaydi.
Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining funksiyalari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Agentlik va uning tuzilmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
15. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Agentlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va daʼvolarni kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, tarmoqlararo davlat jamgʻarmalari va MAFning hujjatlarini doimiy saqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarning sohaga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq xizmatlari organlari, davlat xizmatlari markazi va boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik va uning tarkibiy tuzilmasidagi hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir tuzilmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;
Agentlik xodimlari va uning hududiy boshqarmalari va davlat arxivlari tomonidan arxiv ishini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;
Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv ishi va ish yuritish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun arxiv ishi va ish yuritish sohasida majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
MAF hujjatlarini doimiy saqlovchi respublika davlat arxivlari, tarmoq davlat fondlari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylarning qoʻlyozmalar boʻlimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar, boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek, fuqarolardan MAFning Davlat katalogi uchun tegishli maʼlumotlarni olish;
(15-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
mansabdor shaxslarning MAF hujjatlarining oʻgʻirlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi, yoʻqotilishi yoki noqonuniy yoʻq qilinishiga olib kelgan shart-sharoitlar yaratilganligi toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilish;
arxiv ishi va ish yuritish masalalarini koʻrib chiqish uchun doimiy va vaqtincha komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar tashkil etish;
arxiv ishini va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish sohasida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar, nizomlar, koʻrsatmalar, oʻquv dasturlari va boshqa hujjatlarni kelishish;
oʻz vakolati doirasida arxiv ishi va ish yuritish sohalarida xalqaro tashkilotlar bilan, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
arxiv ishi, hujjatshunoslik va arxeografiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar uchun tanlov eʼlon qilish;
oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun Agentlikning mansabdor shaxslari arxivlar, idoraviy arxivlarga, davlat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish yuritish xizmatlariga, shuningdek tashkilotlarga kirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy arxivining davriy nashrlari saqlovxonasiga tarixiy ilmiy nashrlar va davriy nashrlar nazorat nusxalarini olish;
Agentlik arxiv hujjatlari saqlanishini yaxshilash maqsadida oʻz vakolatlari doirasida davlat arxivlari binolarini va qoʻshimcha saqlovxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini qoʻshimcha moliyalashtirish, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda ular orasida bino yoki inshootlarni, asosiy vositalarni oʻtkazish, taqsimlash yoki qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirish;
Agentlik vakolati doirasida tashkilotlarni tugatish komissiyasi faoliyatida ishtirok etish;
Agentlikning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida respublika arxivlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlarni eʼlon qilish;
MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari tasarrufdan chiqarilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi haqida yozma shaklda xabardor qilinishini talab qilish;
davlat arxivlarida MAF hujjatlari yoʻqolganligi, nobud boʻlganligi, shikast yetkazilganligida ularni Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi qaroriga koʻra davlat hisobidan chiqarishni tashkil qilish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Agentlik:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fukarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquklariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
17. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga koʻra hamda shartnoma asosida jalb etish;
arxiv ishi va ish yuritishning yillik hamda istiqbolli rejalarini tasdiqlash va ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
sohada korrupsiya illatlarining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha choralar koʻrish;
Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
mustaqil tarkibiy tuzilma rahbari tomonidan Agentlik direktorining buyrugʻi asosida belgilab berilgan masalalar yuzasidan chiqish xatlariga imzo qoʻyish;
MAF arxiv hujjatlarini shakllantirish hamda MAFning Davlat katalogi va noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritish;
arxiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlari uchun foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari, Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish;
(17-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikka yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda hududiy boshqarma, davlat arxivlari hamda xodimlarini jalb etish;
(17-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Agentlik markaziy apparati:
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
arxiv ishini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha Agentlik boʻlimlarining faoliyatini tashkil etish;
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fukarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya kilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining xuquqlari va javobgarligi
19. Agentlikning hududiy boshqarmalari yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalaridan, davlat hokimiyati organlaridan, davlat va nodavlat arxivlaridan, tashkilotlardan soʻrash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun hududiy komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlar tashkil qilish;
oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylardan, shuningdek, MAF hujjatlarini doimiy ravishda saqlab turuvchi fuqarolardan Davlat katalogiga kiritish uchun zarur maʼlumotlarni olish;
jismoniy va yuridik shaxslardan ularda mavjud boʻlgan tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni ularning roziligi bilan xarid qilish va qabul qilib olish;
tashkilotlar vakillarining idoraviy arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etishga doir masalalarini eshitish;
tashkilotlarga idoraviy arxiv ishlarida va ish yuritishdagi hujjatlarni yuritishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda majburiy koʻrsatmalar berish;
mansabdor shaxslarning davlat va idoraviy arxivlarida, shuningdek, tashkilotlarda saqlanayotgan MAF va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning oʻgʻirlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi yoki noqonuniy yoʻq qilinishiga olib kelgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilish;
arxiv ishi sohasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari vakolati doirasida tashkilotlarni tugatish komissiyasi faoliyatida ishtirok etish;
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda davlat arxivlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, asosiy vositalaridan foydalanish va xodimlarini jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar oʻzining vakolatlari doirasida oʻzlariga berilgan vazifalardan kelib chiqqan boshqa huquqlarga ham ega.
20. Agentlikning hududiy boshqarmalari:
davlat arxivlari bilan birgalikda oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzining faoliyati bilan bogʻlik boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash;
Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
davlat arxivlarida aniqlangan muammolarni kompleks va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida arxiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yoʻl xaritalari”ni va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini samarali amalga oshirish;
fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari saqlanishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
MAF Davlat katalogiga kiritiladigan maʼlumotlarni umumlashtirish va taqdim etish;
arxiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlari uchun foydalanish;
davlat arxivlari tomonidan Jamgʻarmaga mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat arxivlari faoliyati samarali olib borilishini tashkil etish uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
21. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining normativ hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalarini ijro etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻzining oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻrinbosarlarining, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlarining rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Agentlik yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralarni koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi” talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro aloqani amalga oshirishda koʻrsatilayotgan davlat arxiv xizmatlarining “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish orqali ularning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish va “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va xodimlarining faol qatnashuvini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Agentlik va uning kollegial organlari (hayʼat, ilmiy va jamoat kengashlari) faoliyatini tashkil etish;
davlat arxivlarini moliyalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;
Agentlik va hududiy boshqarmalar hamda davlat arxivlarining fuqaro muhofazasi masalalarini tashkil etish;
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
Agentlik Hayʼati majlislarida raislik qilish;
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fond jamgʻarmasi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning idoraviy mansub tuzilmalari boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, ularga istisno tariqasida Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ish haqi va boshqa toʻlovlarni mehnat shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash
Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga “Oʻzarxiv” agentligining koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlari hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash;
Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik xodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etish.
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik rahbari vaqtincha boʻlmaganida direktorning buyrugʻi asosida uning vazifalarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichilariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik direktorining topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
sohaga oid masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi”ga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
rejalashtirish, hisobotni yuritish, pullik xizmatlardan foydalanish, MAF arxiv hujjatlarini nashr etish, ilmiy axborotlarni tarqatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va davlat arxivlari amaliyotida elektron maʼlumotlar bazalarini yaratish, ijtimoiy-huquqiy va mavzuli soʻrovlarni bajarishni taʼminlash, idoraviy arxivlar va ish yuritish faoliyati hujjatlarini jamlash va qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston milliy arxivlarining ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarini tashkil etish;
Agentlikning Markaziy ekspert tekshirish komissiyasi, Arxiv ishi boʻyicha Jamoatchilik Kengashi va Ilmiy kengash faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini taʼminlash;
“Arxiv ishi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va arxiv ishi sohasidagi boshqa qonun hujjatlari ijrosini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari xisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya kilish;
tegishli tuzilma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chikilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy tuzilmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Agentlik xodimlari “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi”ga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
eng yaxshi davlat va idoraviy arxivlar tanlovlarini tashkil etish, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv hujjatlari va arxiv fondlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, idoraviy saqlov va davlat saqlovi bosqichida arxiv hujjatlari noqonuniy yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, MAF hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish;
24. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
hududdagi davlat arxivlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining normativ hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichilariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar tizimidagi davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarma hamda davlat arxivlari va ularning filiallari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari toʻgrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, davlat arxivlari va ularning filiallarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, davlat arxivlari va ularning filiallarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmada, davlat arxivlarida va ularning filiallarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
hududiy boshqarma xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;
hududiy boshqarma xodimlari tomonidan “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi” talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari va ularning filiallari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlikka kiritish;
hududiy boshqarma xodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari raxbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
hududiy boshqarma xodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari raxbarlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Agentlikka takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari va ularning filiallari manfaatlarini ifoda etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
hududdagi davlat arxivlari direktorlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;
(24-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
direksiya, ekspert tekshiruv komissiyasi majlislari bayonnomalarini va boshqa maslaxat organlarining qarorlarini tasdiqlash, shuningdek, ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat qilish.
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
25. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
26. Direktor oʻrinbosarlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
27. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
28. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari:
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
hududiy boshqarmalarning ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlik rahbariyati
29. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Agentlik direktori oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Direktor, uning oʻrinbosari, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
axborot xizmati rahbari bir vaqtning oʻzida “Oʻzarxiv” agentligi va direktorning matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari boʻyicha direktorning maslahatchisi maqomiga ega boʻladi hamda mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra direktorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Direktor boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimga Agentlikning direktori tomonidan adliya vaziri bilan kelishgan holda tayinlanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimdan Agentlik direktori tomonidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Oʻzbekiston milliy arxivlari direktorlari Agentlik direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oʻzbekiston milliy arxivlari direktorlari lavozimdan Agentlik direktori tomonidan ozod etiladi.
35. Oʻzbekiston milliy arxivlari direktorlari oʻrinbosarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari direktorlari va uning oʻrinbosarlari, viloyat davlat arxivlari direktorlari hamda oʻrinbosarlari Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan mustaqil ravishda lavozimdan ozod etiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Agentlikning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Tuman, shahar davlat arxivlari direktorlari Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan mustaqil ravishda lavozimdan ozod etiladi.
Davlat arxivlarining filiallari direktorlari davlat arxivi direktori tomonidan tegishlicha Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat arxivi direktori tomonidan mustaqil ravishda lavozimdan ozod etiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy nizomlarga asosan ishlab chiqiladi va Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Jamgʻarma rahbari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Jamgʻarma nizomi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
42. Oʻzbekiston milliy arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining oʻz hududiy boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
43. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
44. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Agentlik rahbariyatiga kiritadi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
MAF Davlat katalogini markazlashtirilgan holda davlat hisobi yuritilishini olib boradi, uning hajmi, tarkibi va fondlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrab oladi;
eng yaxshi davlat va idoraviy arxiv, namunali arxiv xodimlari toʻgʻrisida koʻrik-tanlovlarni tashkil qiladi;
MDH va horijiy mamlakatlardan tushgan mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarni ijro uchun hududiy boshqarmalar va davlat arxivlariga yuboradi, jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlari ijrosini muntazam ravishda tahlil qiladi.
45. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Agentlikning markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Agentlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
MAF hujjatlarini oʻgʻirlash, ziyon yetkazish, yashirish, yoʻqotish va noqonuniy yoʻq qilish kabi holatlar va sharoitlar toʻgʻrisida huquq-tartibot organlariga xabar beradi;
joylarda Agentlik hayʼati yigʻilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
46. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar direktor oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Agentlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Keyingi tahrirga qarang.
47. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
49. Agentlik faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli tuzilmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri mutasaddilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-§. Agentlikning hayʼati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
50. Agentlikda direktor, (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boshqarma va idoraviy mansub, tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktori taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Agentlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;
hayʼat Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
52. Hayʼat majlisiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
54. Hayʼat qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
55. Direktor va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini xabar qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
57. Agentlik huzurida respublikada arxiv ishi va ish yuritishning ilmiy muammolarini koʻrib chiqish boʻyicha Ilmiy kengash, Arxiv ishi va ish yuritish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Jamoatchilik kengashi, MAF tarkibini belgilash va hujjatlarning qimmatliligini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi tashkil etiladi hamda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
58. Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
59. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
60. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
61. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
62. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
63. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Davlat arxivlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan pullik xizmatlaridan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustama xaq va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar direktor tomonidan belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Agentlik axborot xizmati xodimlariga boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Agentlik mablagʻlari hisobiga mehnatga xaq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama toʻlanadi.
66. Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining xodimlariga har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga sohadagi ish staji uchun xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
|
Ish staji uchun ustama miqdori | |
|
1 yildan 3 yilgacha |
10 foiz |
|
3 yildan 5 yilgacha |
20 foiz |
|
5 yildan 10 yilgacha |
30 foiz |
|
10 yildan 15 yilgacha |
40 foiz |
|
15 yildan 20 yilgacha |
50 foiz |
|
20 yil va undan yuqori |
60 foiz |
Uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
10-bob. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdorligi
Keyingi tahrirga qarang.
67. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur boʻlgan hollarda oʻzlarining majlislarida Agentlikning oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
68. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirish, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
arxiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari va vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
69. Agentlik har chorak yakuni boʻyicha tegishli hisobot davri uchun arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish natijalari toʻgʻrisidagi press-reliz oʻz veb-saytida yoritilib borilishini taʼminlaydi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
70. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2020-y., 09/20/72/0142-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)