Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2022-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 24-avgustdagi 167-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022, 2009-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 463-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais v.b. B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-dekabr,
09/YuB-50-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YuB-50-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) akkreditatsiya qilish, ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibini hamda ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 14-banddagi va 33-bandning birinchi hamda ikkinchi xatboshilaridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 18-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 19 va 22-bandlardagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 23-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 81-bandning “a” kichik bandidagi “veb sahifa” degan soʻzlar “veb-sayt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 82-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi veb sahifasiga” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining veb-saytiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 2-ilovada:
29-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari reyestri (roʻyxati)ni yuritishi lozim. Bu roʻyxat Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakllarda har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga taqdim etilishi zarur.”.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga
5-ILOVA
5-ILOVA
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI | |||||||||
| | |||||||||
|
SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI | |||||||||
| ____________________________________________ni joyiga borib baholash boʻyicha | |||||||||
| | (ekspert tashkiloti nomi) | | | | | | | ||
| | |
20 ____ yil “____” _________dagi ____-son |
| | |||||
| |
|
DALOLATNOMA |
| | |||||
| _________________________________________________________________________ | |||||||||
| | |
(ekspert tashkiloti haqidagi asosiy maʼlumotlar) |
| | |||||
| _________________________________________________________________________ | |||||||||
| | | |
(baholash oʻtkazilgan joy (shahar, tuman) |
|
| ||||
| Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining 20____ yil “____” _______da ____-son buyrugʻiga asosan: | |||||||||
| komissiya raisi ________________________________________________________ va | |||||||||
| | | | |
(F.I.O., lavozimi) |
| | | ||
| komissiya aʼzolari _____________________________________________________ dan | |||||||||
| | | | |
(F.I.O., lavozimi) |
| | | ||
| iborat tarkibdagi komissiya tomonidan | | | | | |||||
| 20____ yil “____” ________dan 20____ yil “____” ____________gacha boʻlgan muddatda | |||||||||
| ___________________________________ni akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini | |||||||||
| | (ekspert tashkiloti nomi) | | | | | | | ||
| baholash ishlari olib borildi. | | | | | | ||||
| Baholash jarayonida quyidagilar aniqlandi: _____________________________________ | |||||||||
| _________________________________________________________________________ | |||||||||
| Komissiya tavsiyalari:_______________________________________________________ | |||||||||
| _________________________________________________________________________ | |||||||||
| Xulosa:__________________________________________________________________ | |||||||||
| ________________________________________________________________________ | |||||||||
| Komissiya raisi ___________________________________________________________ | |||||||||
| | | |
|
(imzo, F.I.O.) |
| | | ||
| Komissiya aʼzolari ________________________________________________________ | |||||||||
| | | | |
(imzo, F.I.O.) |
| | | ||
| Ekspert tashkiloti rahbari __________________________________________________ | |||||||||
| | | | |
(imzo, F.I.O.)”. |
| | | ||
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga
6-ILOVA
6-ILOVA
| | | | | |
| | | | |
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI | |||||||||
| | |||||||||
|
SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI | |||||||||
| | | | | | | | | | |
| |
| |
20____ yil “____” ________da akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrida ET-____-son bilan roʻyxatga olingan. Amal qilish muddati 20____ yil “____” ________gacha | ||||||
| |
AKKREDITATSIYA ATTESTATI |
| | ||||||
| Ushbu akkreditatsiya attestati _________________________________________________ _____________________________________________________________________ning | |||||||||
| | | (ekspert tashkilotning yuridik manzili va nomi) | | | |||||
| sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi. | |||||||||
| Akkreditatsiya sohasi ushbu akkreditatsiya attestatining ajralmas qismi boʻlgan ilovada koʻrsatilgan. | |||||||||
| Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi | ____________ | | ____________ | ||||||
| | | | | |
(imzo) |
|
(F.I.O.) | ||
| | | | | |
M.Oʻ.”. |
| |||
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/2022-3/0083-son)