17.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3212
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalvar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori, 17.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3212
Кучга кириш санаси
17.01.2020
Hujjat 17.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3212]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZAKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qq-5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri J. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 110, qq-5, 68-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yongʻoq, uzum, poliz va rezavor mahsulotlari (shu jumladan, muzlatilgan va quritilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari — aʼzolari fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari — tashqi bozordagi meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabni oʻrganish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlarining narxi, bozordagi unga boʻlgan talab miqdori, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchi boshqa raqobatchi kompaniyalarning bozordagi oʻrnini oʻrganish (yetkazib beradigan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmlari, narxlari, ularni yetkazib berish muddatlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eksportyorning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, ularning yerlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish va qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari olib borish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kalendar yili uchun Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek jalb etiladigan xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari, shu jumladan Jahon banki mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etishga oʻrgatish eksportyorlar tomonidan tegishli mutaxassislarni, shuningdek xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tashkil etiladigan maxsus oʻquv kurslari, amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi va eksportyorlar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik eksportyorlarga qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari uchun maxsus oʻquv kurslari, amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar tashkil etishda koʻmaklashadi. Bunda, Agentlik eksportyorning murojaatiga asosan oʻquv kurslari, amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar uchun xorijdan tegishli mutaxassislarni topish va jalb qilishda yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan monitoring yuritish uchun eksportyor tomonidan ishga olinadigan agronomlarga hisoblangan bir oylik lavozim maoshining 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, subsidiya har 300 gektardan 500 gektargacha boʻlgan ekin maydoni hisobiga 1 ta agronom uchun ajratiladi va agronomning bir oylik lavozim maoshi uchun ajratiladigan subsidiya summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish boʻyicha marketing tadqiqotlari eksportyor tomonidan mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda amalga oshiriladi va eksportyorlar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Eksportyorga subsidiyalar ajratish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik tomonidan eksportyorga subsidiyalar ajratish uchun eksportyor Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi hamda mazkur nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun toʻlovlar eksportyor tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar Agentlik tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra mazkur Nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha eksportyor tomonidan tayyorlangan biznes-rejada koʻrsatilgan eksport hajmi amalga oshirilmaganligi yoki toʻliq amalga oshirilmaganligi aniqlansa, Agentlik tomonidan eksportyorga ajratilgan tegishli subsidiya mablagʻlarining amalga oshirilmagan eksport hajmiga mutanosib qismini qaytarish toʻgʻrisida eksportyorga talabnoma yuboradi va eksportyor 10 ish kuni mobaynida talabnomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Agentlikka qaytarilishini taʼminlashi zarur (bundan fors-major holatlari mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Eksportyor tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Eksportyorga subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Eksportyor Agentlikka subsidiya ajratish haqida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportyorning imzosi bilan tasdiqlangan, mahsulotni yetishtirish (saqlash), eksport qilish vaqti va hajmlari, shu jumladan hisobot yilida eksportdan tushadigan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan biznes-reja (bir yilda bir marotaba dastlabki murojaat qilinganda taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmasi aʼzolarining ekin yer maydonlari toʻgʻrisidagi birlashma rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agronomlarga hisoblangan ish haqi (oylar kesimida), ular boʻyicha toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumot va (yoki) mazkur nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni yoki ulardan birini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomalar, ish va xizmatlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, hisob-fakturalar hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida amalga oshirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumot. Bunda eksport hajmlari eksport shartnomalarining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi identifikatsiya raqami kesimida koʻrsatiladi (birlashma aʼzolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik tomonidan eksportyorning arizalarini koʻrib chiqish mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun eksportyor qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar eksportyor tomonidan Agentlikka bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka eksportyor tomonidan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, Agentlik 3 ish kuni mobaynida eksportyorga hujjatlarni tegishli javob xati bilan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, arizalar Agentlik tomonidan 7 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik eksportyor va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqadi va subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida eksportyorga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, eksportyor koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda subsidiya olish uchun Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilganida, arizalar Agentlik tomonidan 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Eksportyorning arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Eksportyorga subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportyor mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportyor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 20-bandida qayd etilganidan boshqa holatlarga koʻra eksportyorga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik eksportyor va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimi orqali va tegishli organlarning internet jahon axborot tarmogʻidagi maʼlumotlar bazalari yordamida hamda soʻrovnomalar yuborish orqali oʻrganib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Eksportyor subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiya toʻlovini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik tomonidan subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani 1 ish kuni mobaynida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Agentlikning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlik maxsus gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan subsidiya mablagʻlari 1 bank kuni mobaynida Agentlik tomonidan tegishli eksportyorlarning tijorat bankidagi hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Subsidiya ajratilgan eksportyorlarning reyestri Agentlik tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Moliya yili yakuni boʻyicha Agentlik shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Eksportyor tomonidan qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishning yangi texnologiyasiga oʻrgatish, ularning yerlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish va birlashma aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha xarajatlarining mazkur Nizomga asosan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga qoplangandan ortiq qismi eksportyorning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Eksportyorlarga subsidiya ajratilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar
‎ va tashqi savdo vazirligi huzuridagi
‎ Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga
‎________________________________ dan

‎‎Ariza

_________________________________________________________________________ (eksportyor nomi)ning
‎ _____________________________________________________________ (birlashma nomi) birlashmasi bilan
‎ bogʻliq quyidagi xarajatlarini (tegishlisi belgilanadi) 50 foizigacha qismini qoplab berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli mablagʻlarni ________________________________________ (tijorat banki nomi)
‎ tijorat bankining _______________________________________________ (hudud nomi) filialidagi bizning
‎ ______________________________________________ raqamli hisobimizga oʻtkazib berishingizni surayman.

‎‎

‎‎ Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish;‎‎

‎‎

‎‎Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish uchun ishga olingan agronomlarga hisoblangan ish haqi;

‎‎

Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan ____________________________________________ mahsulotlari boʻyicha tashqi bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.

‎‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
‎1)___________________________________________________________________________________
‎2)___________________________________________________________________________________
‎3)___________________________________________________________________________________
‎‎_______________rahbari

‎‎____‎‎__‎‎___________________
(F.I.O.)

‎‎Bogʻlanish uchun tel.:+998 (____)_______________
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportyorlarning subsidiyalar taqdim etish boʻyicha arizasini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etilgan eksportyorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REYESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Eksportyor nomi

Eksport shartnomasi (invoys)ning identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa)

Mahsulot nomi

Mahsulotning

TIF TN kodi

Biznes-reja boʻyicha hisobot yilida eksport qilinishi rejalashtirilgan mahsulot hajmi

Qishloq xoʻjaligi birlashma aʼzolarini mahsulot yetishtirishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish xarajtlari, soʻm

Qishloq xoʻjaligi birlashma aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritish uchun ishga olingan agronomlarga hisoblangan ish haqi xarajatlari, soʻm

Qishloq xoʻjaligi birlashma aʼzolari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar boʻyicha tashqi bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazish xarjatlari, soʻm

Eksportyorga taqdim etilgan jami subsidiya miqdori, soʻm

Tonna

AQSH dollar

Mln. soʻm

(ariza berilgan kundagi kurs boʻyicha)

1.

2.

3.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3212/0068-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son; 10.07.2026-y., 10/26/3212-2/0718-son)