14.03.2019 yildagi PQ-4239-son
qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yer maydonlari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa holatlarda optimallashtirilishi va olib qo‘yilishi mumkin emas. Bunda qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yer maydonlarini olib qo‘yish faqatgina sud qarori asosida amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 5 va 8-bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning mablag‘ va grantlari, shu jumladan Jahon banki mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.