Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIBOTLARINI VA SIFAT MENEJMENTI TIZIMLARINI JORIY ETISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlar koʻlamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish mezonlarini va baholash tizimini belgilash va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligining:
2011-yil 1-maydan boshlab ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan sotilgan sertifikatlashtirilgan mahsulot hajmidan muvofiqlik belgilaridan foydalanganlik uchun sertifikatlashtirish organlariga doimiy litsenziya ajratmalarini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarni, ularning oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan miqdordagi bir martalik toʻlovni joriy etgan holda, bekor qilish toʻgʻrisidagi;
eksportga yetkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ixtiyoriy ravishda sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ayrim turlarini sertifikatlashtirishning maʼlum qilish tartibini 2011-yil 1-maydan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi;
xorijiy mamlakatlarning akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish yoʻli bilan chetdan keltirilayotgan texnologik uskunalar va ularning qismlarini sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qaroriga asosan 2024-yil 25-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2024-y., 09/24/502/0644-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin:
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga standartlar, sertifikatlashtirish, yorliqlash, qadoqlash va boshqa parametrlar boʻyicha xalqaro va mamlakatlararo talablar yuzasidan bepul konsultatsiya xizmatlari koʻrsatish;
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishda standartlar boʻyicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni joriy etish va ular darajasiga erishish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga axborot-konsultatsiya yordami koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
standartlar, sertifikatlashtirish, mahsulotlarni yorliqlash, qadoqlash va boshqa parametrlar boʻyicha xalqaro va mamlakatlararo talablarning doimiy ravishda yangilab boriladigan maʼlumotnomasini ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni Internet tarmogʻidagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi saytiga joylashtirish.
(3-bandning oltiinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
6. “Oʻzstandart” agentligi ikki oy muddatda:
“Oʻzstandart” agentligining mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi faoliyatini tashkil etsin, uni belgilangan tartibda joylashtirishni, tegishli soha boʻyicha malakali mutaxassislar va boshqa xodimlar, inventarlar va zarur texnik asbob-uskunalar bilan taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablariga muvofiq boʻlgan sifat menejmenti tizimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda joriy etish boʻyicha namunaviy hujjatlarni tasdiqlasin hamda ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga ularning bepul taqdim etilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-aprel,
122-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qaroriga asosan 2024-yil 25-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2024-y., 09/24/502/0644-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tuzilmasi
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Byuro boshligʻi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari vakillari* |
Xalqaro va davlatlararo talablar boʻyicha konsultativ xizmatlar koʻrsatish boʻlimi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
*Toshkent viloyatida — Olmaliq, Bekobod va Chirchik shahri hududiy filiallari; Fargʻona viloyatida — Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahri hududiy filiallari.
(7-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi toʻgʻrisida
(8-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DM tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Byuro oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Byuro oʻz faoliyatini Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining boshqa tarkibiy boʻlinmalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
II. Byuroning vazifalari, funksiyalari va huquqlari
4. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar boʻyicha bepul maslahat xizmatlari koʻrsatish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish boʻyicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar boʻyicha doimiy yangilab turiladigan maʼlumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Internet tarmogʻidagi saytiga joylashtirish.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
5. Byuro oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni oʻrganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulot eksporti masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish boʻyicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar boʻyicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi va oʻrganadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash, akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, oʻrash va boshqa parametrlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
6. Byuro quyidagi huquqlarga ega:
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir zarur axborotlarni soʻrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash, oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash va akkreditatsiyalash sohasida xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan oʻz vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
zarurat boʻlganda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan funksiyalarni bajarish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish.
III. Byuro faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Byuroga boʻlim boshligʻi maqomiga tenglashtirilgan, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Byuro boshligʻi:
Byuroning joriy faoliyatini tashkil etadi va amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Byuroning xodimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy filiallaridagi vakillari belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy filiallari boshliqlarining taqdimnomasiga asosan “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy filiallaridagi vakillari Byuro boshligʻiga va tegishli hududiy filial boshliqlariga boʻysunadi.
Byuro xodimlarining funksional vazifalari Byuro boshligʻi tomonidan kelishiladi va “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Byuro boshligʻi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy filiallari boshliqlari mazkur Nizom bilan yuklangan vazifalarning zarur darajada va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-apreldagi OʻRQ-31-son Qonuni) 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qaroriga ilova 1-bandining “b” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 66-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 178-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda; 2014-y., 45-son, 548-modda; 2015-y., 42-son, 534-modda; 2016-y., 24-son, 290-modda; 2017-y., 23-son, 473-modda, 28-son, 652-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 18.02.2020-y., 09/20/89/0179-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 24.08.2024-y., 09/24/502/0644-son)