Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
donor — oʻz qoni va uning tarkibiy qismlaridan bir qismini tibbiyot ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda beruvchi jismoniy shaxs;
donor qoni banki — qon bilan ishlash xizmati tomonidan vujudga keltiriladigan va yangilab boriladigan, uzoq muddat saqlashga moʻljallangan donor qoni tarkibiy qismlarining zaxiralari;
donor qoni preparatlari — donor qoni tarkibiy qismlarini qayta ishlashda olingan davolash vositalari;
donor qoni tarkibiy qismlari — qonning qon plazmasi va hujayralari shaklidagi tarkibiy qismlari.
3-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy prinsiplari
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi;
qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararligi;
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligi.
5-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi
Qon va uning tarkibiy qismlarini tibbiyot ehtiyojlari uchun topshirish donor tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Shaxsni qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishga biron-bir tarzda majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararliligini taʼminlash
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararliligi qon bilan ishlash xizmati tomonidan donor boʻlishga rozilik bildirgan shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, qon va uning tarkibiy qismlarini olishda tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etishi, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning davriyligi va hajmiga rioya etilishi orqali taʼminlanadi.
7-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligini taʼminlash
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligini taʼminlash sogʻliqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari donor qoni va uning tarkibiy qismlari sifati hamda xavfsizligini kafolatlovchi belgilangan standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.
8-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish shartlari
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish bepul va pulli asosda amalga oshirilishi mumkin.
Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat boʻlganda, donorning oʻziga ishlatilishini koʻzlab topshirish (autodonorlik) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish yoshi oʻn sakkizga toʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish oldidan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda ularning salomatligi toʻgʻrisida hujjat berish bepul amalga oshiriladi.
10-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni qon bilan ishlash xizmati amalga oshiradi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini ishlatish sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash hamda ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlashni xususiy tartibda amalga oshirish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlariga boʻlgan ehtiyojlar
Donor qoni va uning tarkibiy qismlariga, shuningdek donor qoni preparatlariga boʻlgan ehtiyojlar, donor qoni bankini vujudga keltirish va yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
12-modda. Qon bilan ishlash xizmati
Qon bilan ishlash xizmati davlat sogʻliqni saqlash tizimining donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari majmuidan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
13-modda. Qon bilan ishlash xizmati vakolatlari
Qon bilan ishlash xizmati qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etishni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiradi:
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash;
aholini qon va uning tarkibiy qismlarini ixtiyoriy ravishda topshirishga jalb etish;
donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini ishlatish xavfsizligi sharoitlarini taʼminlash;
donor qoni va uning tarkibiy qismlari, shuningdek donor qoni preparatlarining tashilishini tashkil etish;
donor qoni bankini vujudga keltirish va yangilab borish.
Qon bilan ishlash xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishini taʼminlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz hududlarida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etadilar;
qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratadilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi majburiyatlari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar maʼmuriyati, harbiy qism komandirlari (boshliqlari):
shaxslarni donorlar safiga jalb qilishda qon bilan ishlash xizmatiga koʻmaklashadilar;
tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni va qon topshiradigan kuni donorni uning murojaatiga binoan ish, xizmat yoki oʻqish joyidan sogʻliqni saqlash muassasalariga borishiga moneliksiz ruxsat beradilar, donorning shu kunlari ish yoki xizmat joyida boʻlmasligi odamlar hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdirishiga, davlat mudofaasi, xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlash bilan bogʻliq vazifalar bajarilmasligiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno;
qon topshirish tashkil etilishi uchun zarur boʻlgan binolarni berib turadilar;
donorga qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni beradilar hamda ragʻbatlantirish choralarini qoʻllaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishdagi ishtiroki
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholini qon va uning tarkibiy qismlari bepul donorligiga jalb qilishda, donorlarga turli shakldagi ragʻbatlantirishlar belgilashda, ommaviy axborot vositalari orqali aholining keng xabardor qilinishini tashkil etishda hamda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga doir boshqa tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
Aholini qon va uning tarkibiy qismlari bepul donorligiga jalb etish maqsadida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish jamoat fondlari tashkil etilishi mumkin, bunday fondlarni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Donorning huquqlari
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish chogʻida donor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻligʻi saqlanishi kafolatining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanishi;
sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi;
bepul ovqat bilan taʼminlanish.
Donor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Donor boʻlishga rozilik bildirgan shaxsning majburiyatlari
Donor boʻlishga rozilik bildirgan shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtish paytida oʻzi bilgan ilgarigi va hozirgi kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qilishi shart.
19-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Qon topshirish davriyligi bir martalik qon olish besh yuz millilitrdan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun qirq millilitrdan ortiq boʻlmagan normada yiliga besh marotabadan oshmasligi kerak.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
20-modda. Donorga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni donor ana shu kunlar uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari, taʼlim oluvchilarning boshqa toifalari qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni mashgʻulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni oʻtashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Donorga har safar qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha bir kun beriladi. Donorning xohishiga koʻra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi mumkin.
21-modda. Donorni ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi va eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Donor qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham ragʻbatlantirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Qon bilan ishlash xizmati tibbiyot xodimlarini ijtimoiy himoyalash
Qon bilan ishlash xizmatining qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, ularni toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlash jarayonida qon bilan aloqada boʻluvchi tibbiyot xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini olib kirish va olib chiqish
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish tegishli transport turlarida ayrim toifadagi maxsus yuklarni tashish boʻyicha belgilangan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar roʻy bergan hollarda va boshqa favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Nizolarni hal etish
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-avgust,
402-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y.,9-son, 162-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 03.03.2025-y., 03/25/1041/0209-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)