15.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2556
ONLINE TRANSLATE
O‘zbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 162-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 162-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
14. Axborot bazasida shaxsning donor bo‘lishiga qarshilik qiluvchi ma’lumotlar bo‘lmasa, unga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi tibbiy savolnoma beriladi. Mazkur tibbiy savolnoma har bir qon donatsiyasidan oldin donor tomonidan mustaqil ravishda yoki donorning iltimosiga ko‘ra shifokor-terapevt tomonidan to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
28. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish istagida bo‘lgan shaxslar mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan ro‘yxatda nazarda tutilgan hollarda butunlay yoki vaqtincha donorlikdan chetlashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.

TIBBIY SAVOLNOMA

Qon topshiriladigan hudud:_______________________________________________________

(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman)

Sana:__________________ Qon topshiriladigan joy ___________________________

(yil, kun, oy)

(nomi)

Donor _____________________

Ro‘yxat raqami _________________

(ismi)

Tug‘ilgan sanasi: ______________Jinsi___

Donorning identifikatsiya raqami__________

(yil, kun, oy)


Savollar

Donorning javoblari

Yoshingiz?
Vazningiz?
Ish joyingiz?
So‘nggi marta qachon qon topshirgansiz?
So‘nggi marta qachon shifokor qabulida bo‘lgansiz? Qanday sabab bilan?
Ayollar uchun qo‘shimcha ravishda:
Homiladormisiz?
So‘nggi 6 oy ichida tug‘ish yoki homila tushishini boshdan kechirganmisiz?
Ayni paytda ko‘krak bilan emizayapsizmi?

Savollar

Ha

Yo‘q

Bugun Siz o‘zingizni yaxshi his qilayapsizmi?

Surunkali kasalliklardan (epilepsiya, diabet, saraton, yurak, buyrak kasalliklari, qon kasalligi, surunkali kamqonlik, me’da yarasi) aziyat chekmaysizmi?

Siz muntazam ravishda birorta xastalikdan davolanasizmi?

Muntazam ravishda birorta muolaja va tabletkalar qabul qilasizmi?
Ilgari gepatit (sariq), brutsellyoz bilan kasal bo‘lganmisiz?
Shifokor ilgari Sizga qon topshirmaslik haqida aytganmi?
So‘nggi 2 hafta ichida birorta stomatologik muolajalarni olganmisiz?
Sizda so‘nggi 3 hafta ichida tana harorati ko‘tarilganmi?

So‘nggi bir oy ichida Siz birorta vaksinatsiya olganmisiz (emlanganmisiz)?

So‘nggi 3 oy ichida o‘zingizda tunda terga botish, vazn yo‘qotish, qaltirash, diareya (sababsiz ich ketish) va limfatik tugunlarning kattalishishini kuzatganmisiz?

Gepatit (sariq) va OIV/OITS bilan zararlangan odam bilan so‘nggi 6 oy ichida aloqada bo‘lganmisiz?

So‘nggi 6 oy ichida Sizda tasodifiy, himoyalanmagan jinsiy aloqalar bo‘lganmi?

So‘nggi 6 oy ichida kasalxonaga yotqizilganmisiz? Qanday sabab bilan?

Jarrohlik yoki boshqa tibbiy aralashuvlarni (endoskopiya) boshdan kechirganmisiz?

So‘nggi 6 oy ichida Sizga qon, plazma yoki albumin quyilganmi?

So‘nggi 6 oy ichida tanosil infeksiyalardan (zaxm, so‘zak, xlamidiya, jinsiy organlar yarasi yoki gerpes) davolanganmisiz?

So‘nggi 6 oy ichida umumiy ignalar�an, shpritslardan yoki skarifikatorlardan foydalanganmisiz?

So‘nggi 6 oy ichida tatuirovka (tanaga rasm tushirish) yoki pirsing (quloq, tanani teshish) qilganmisiz?

Jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganmisiz?

Qoningizni OIV/OITS, gepatit, zaxm bo‘yicha tekshirishga rozilik berasizmi?

Sog‘lig‘ingiz xususida yana nimalarni qo‘shimcha qilishingiz mumkin?


Mazkur savollarni va nima uchun bunday savollar berilganligini tushundim va vijdonan javob berdim.

Sana: _____________ Imzo:_______________
Siz muntazam ravishda qon topshirishni istaysizmi?Ha

Yo‘q

Kelgusida biz Siz bilan bog‘lana olamizmi? Ha

Yo‘q

(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.

I. Donorlikning butunlay rad etilishiga olib keluvchi holatlar

T/r

Nomi

1.

Onkologik kasalliklar: xavfli o‘smalar va qon kasalliklari

2.

O‘tkirosti transfuzion g‘ovakli ensefalopatiyalar (O‘TG‘E): Kuru, Kreytsfeld-Yakob kasalligi, Gerstmann-Shtreusler sindromi, oila anamnezida (O‘TG‘E) bo‘lgan shaxslar, amiotrofik leykospongioz

3.

Endokrin tizimi kasalliklarining moddalar almashuvi va vazifalarini qaytarib bo‘lmaydigan holatlari, qandli diabet (insulinga bog‘liq shakli)

4.

Giyohvandlik, alkogolizm, toksikomaniya

5.

Yurak-qon tomir kasalliklari: stenokardiya, o‘tkir aritmiya, II va III darajali gipertoniya, ateroskleroz, aterosklerotik kardioskleroz, obliteratsiyalovchi endoarteriit, qaytalanuvchi tromboflebit, endokarditlar, miokarditlar, yurak illati

6.

Yuqumli kasalliklar: virusli gepatitlar, V va S v�ruslari gepatitlari, OIV-infeksiya, OITS, moxov, sil (hamma shakllari), tulyaremiya, zaxm, tepkili terlama markerlari bo‘yicha ijobiy tekshiruv natijalari

7.

Nafas olish organlari kasalliklari: bronxial astma, bronxoektatik kasallik, o‘pkalar emfizemasi, nafas yetishmasligi belgilari bilan obstruktiv bronxit, dekompensatsiya bosqichidagi diffuz pnevmoskleroz

8.

Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari: me’da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi qo‘zg‘alish bosqichidagi, surunkali pankreatit xuruj davrida, nospetsifik yarali kolit xuruj davrida

9.

Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari: gepatitlar, jumladan toksik va noaniq etiologiyadagi gepatitlar, tsirroz, kalkulyozli xoletsistit xolangit belgilari bilan

10.

Ko‘rish organlari kasalliklari: glaukoma, yuqori darajadagi miopiya (6 va undan ortiq dioptriyalar), retinopatiyalar, to‘r pardaning ko‘chishi, uveit, irit, iridotsiklit, xorioretinit, to‘liq ko‘rlik, traxoma

11.

Teri kasalliklari: tana bo‘ylab tarqalib ketgan psoriaz, qizil volchanka, piodermiya, pufakchali ekzema, dermatozlar, vitiligo, chuqur mikozlar

12.

Buyraklar va peshob chiqarish yo‘llari kasalliklari: buyrakning dekompensatsiya bosqichidagi diffuz va o‘choqli shikastlanishi

13.

Nur kasalligi

14.

LOR-organlar kasalliklari: ozena, og‘ir kechadigan surunkali yiringli yallig‘lanuvchi kasallklar

15.

Parazitar kasalliklari: leyshmanioz, exinokokkoz, toksoplazmoz, tripanosomoz, rishta

16.

Biron tana a’zosini olib tashlash bilan bog‘liq operatsiyalar, reproduktiv tizim organlari bundan mustasno

17.

Markaziy asab tizimining organik kasalliklari

18.

Biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari

19.

Surunkali va o‘tkir osteomiyelit

20.

Tana a’zolari transplantatsiyasi

21.

Ruhiy holatning buzilishi

II. Donorlikdan vaqtincha chetlashtirishga olib keluvchi holatlar

T/r

Nomi

Donorni chetlashtirish muddati

1.

Endoskopiya, biopsiya, immunizatsion emlashda to‘qimalarning shikastlanishi, igna sanchish, pirsing, tatu, tish ekstraksiyasi, abortlar, ambulator jarrohlik, allogen tub hujayralarni kiritish, muguz pardani ko‘chirib o‘tkazish, qattiq miya po‘stlog‘ini ko‘chirib o‘tkazish

6 oy

2.

Qonning tarkibiy qismlarini quyish

6 oy

3.

Tumov holati (angina, gripp, O‘RVI)

tuzalgan paytdan boshlab 1 oy

4.

Dori vositalari

Antibiotiklar — qabul qilish

to‘xtatilganidan keyin 2 hafta;

analgetiklar, salitsilatlar — qabul

qilish to‘xtatilganidan keyin 72 soat

5.

Hayz ko‘rish davri

tugagandan keyin 5 kun

6.

Homiladorlik va laktatsiya

tug‘ruqdan keyin 1 yil va laktatsiya

to‘xtatilganidan keyin 3 oy

7.

Alkogol qabul qilish

48 soat

8.

O‘tkir revmatik bezgak

Xurujdan keyin 2 yil. Kasallikning

surunkali kasallik ko‘rinishidagi

asoratlanishi donorlikdan muddatsiz

chetlashtirish uchun asos bo‘ladi

9.

Brutsellyoz

To‘liq tuzalgandan keyin 2 yil (agar

olingan qon plazmani fraksiyalash

uchun ishlatiladigan bo‘lsa

donorlikdan chetlashtirmaslik mumkin)

10.

Ilgari OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxs bilan aloqada bo‘lgan shaxslar

OIV kasalligini yuqtirgan shaxs

bilan oxirgi aloqada bo‘lgan kundan

keyin 12 oydan so‘ng qo‘yiladi

11.

Malyariyani boshidan kechirgan shaxslar

Malyariya bo‘yicha endemik zonada bo‘lgan shaxslar

to‘liq klinik va laborator tuzalgan

paytdan keyin 3 yil

oxirgi marta o‘choqda bo‘lgan paytdan

keyin 4 — 6 oy

12.

V va S virusli gepatitli bemorlar bilan aloqa

oxirgi aloqada bo‘lgan kundan keyin

6 oy

13.

A virusli gepatitli bemor bilan aloqa

oxirgi aloqada bo‘lgan kundan keyin

3 oy

14.

Ich terlama

Aniq ifodalangan funksional

buzilishlar bo‘lmaganda, to‘liq

klinik va laborator tuzalgan paytdan keyin

1 yil

15.

Kuchsizlashtirilgan bakteriyalar va viruslar bilan emlash (BSJ, sariq bezgak, qizamiqli qizilcha, qizamiq, poliomiyelit, parotit, vabo, ich terlama, brutsellyoz, o‘lat, tulyaremiya)

1 oy

16.

O‘ldirilgan bakteriyalar bilan emlash (vabo,
ich terlama, V virusli gepatiti, ko‘kyo‘tal, paratif, gripp)

1 oy

17.

Anatoksinlar (difteriya, qoqshol)

1 oy

18.

Quturishga qarshi emlash

1 yil

19.

Mantu reaksiyasi

2 hafta

20.

Doimiy chetlashtirishlar mezonlariga kirmaydigan yuqumli kasalliklar

tuzalgan paytdan keyin 6 oy

21.

Qo‘zg‘alish fazasidagi allergik kasalliklar

Xuruj bosilgandan keyin 2 oy

22.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar

Tibbiy ko‘rik hamda qonni

gemotransmissiv infeksiyalar bo‘yicha

dastlabki tekshirish o‘tkazilgandan keyin

23.

Chet elda 2 oydan uzoq vaqt oralig‘ida bo‘lgan shaxslar

6 oy

24.

Koronavirusga qarshi emlanganlar

emlanish to‘liq tugagandan so‘ng 1 oy

25.

Koronavirus bilan kasallanib sog‘aygan shaxslar

to‘liq sog‘aygandan so‘ng asoratlarsiz holatlarda 2 oy

(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556-2, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2556-2/1080-son)