OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI DIREKTORINING
buyrugʻi
“Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1125-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-03-son “Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1125, 2002-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-dekabr,
2019-64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 13-dekabrdagi 2019-64-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Yoʻriqnomaning 7-bandi birinchi xatboshisidan “va emitentning muhri (mavjud boʻlsa) qoʻyiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/1125-3/0008-son)