OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATBAHO QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1125]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 13-dekabrdagi 2019-64-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1125-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/1125-3/0008-son)
1. Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Bosh direktor M.S. YUNUSMATOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-mart,
2002-03-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishi markazi bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-03-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma chiqarilishi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan hujjatli qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
1. Hujjatli qimmatli qogʻozlarni (keyingi oʻrinlarda — qimmatli qogʻozlar) muomaladan chiqarish va yoʻq qilish emitent tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati oshirilganda yoki kamaytirilganda;
aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyalari umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan kamaytirilganda (qisqartirilayotgan aksiyalar sonining qismi doirasida);
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, shu jumladan qimmatli qogʻozlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan chiqarilganda;
emitent qayta tashkil etilganda, bir yoki undan ortiq qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi bekor qilinganda;
qimmatli qogʻozlar emitenti tugatilganda;
emitentning nomi oʻzgarganda;
obligatsiyalar va ularning kuponlari soʻndirilganda, agar ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan boʻlsa;
buzib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni yoxud qimmatli qogʻozlar egalari nomlari (nomi) koʻrsatilishi uchun toʻliq grafalar bilan toʻldirilgan qimmatli qogʻozlarga almashtirilganda;
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga oʻtkazilganda;
qimmatli qogʻozlarning taqdim etuvchidan egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlarga oʻzgarganida;
qimmatli qogʻozlar konsolidatsiyalanganda, maydalanganda va ayirboshlanganda;
boshqa holatlarda.
2. Agar qimmatli qogʻozlarning muomaladan chiqarilishi qimmatli qogʻozlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshirilsa, emitentlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjatlarni taqdim etishlari shart.
3. Qimmatli qogʻozlarni bekor qilish koʻzda tutilgan sanadan bir oy oldin emitentlar bu toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qilishi shart.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Koʻrsatib oʻtilgan muddat davomida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi emitentning qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish huquqini beruvchi hujjatlarni, qimmatli qogʻozlar almashinuvi amalga oshirilganligini tekshiradi, zarur hollarda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy) emitent tomonidan yoʻq qilinmoqchi boʻlgan qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish va qimmatli qogʻozlar egalari xabardor etilganligini tekshirish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
4. Qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish emitent tomonidan tashkil etiladigan kommissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga emitentning, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining va Markaziy depozitariyning vakillari kiradi.
Markaziy depozitariyda saqlanayotgan emitentlarning bekor qilingan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestridan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini yoʻq qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi va Markaziy depozitariy vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
5. Komissiya aʼzolarinig vakolatlari ishonchnomalar bilan tasdiqlanishi lozim.
6. Qimmatli qogʻozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
7. Qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish natijalari 3 nusxada tuzilgan va komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma emitentning ijroiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 13-dekabrdagi 2019-64-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1125-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/1125-3/0008-son)
Ushbu Yoʻriqnomaning 4-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda dalolatnoma 2 nusxada tuziladi va komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi kerak. Dalolatnoma Markaziy depozitariyning bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi va uning muhri qoʻyiladi.
8. Ushbu Yoʻriqnomaning 7-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
egallagan lavozimlarini koʻrsatgan holda qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiyasi aʼzolarining tarkibi;
qimmatli qogʻozlari yoʻq qilinishi lozim boʻlgan emitentning toʻliq nomi;
qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish uchun hujjatli asos;
qimmatli qogʻozlar bekor qilingan taqdirda ularning chiqarilganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan bekor qilingan sanasi;
qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish sanasi;
qimmatli qogʻozlarning turi, toifasi (xili), qimmatli qogʻozlarning shakli, qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxat raqami;
yoʻq qilinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi nomi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
yoʻq qilingan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni;
yoʻq qilingan har bir qimmatli qogʻoz egasining F.I.O. (nomi) koʻrsatilgan holda blankning seriyasi va raqami;
chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga oʻzgartirilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha depo hisobvaraqlarining raqamlari.
9. Qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining vakilida saqlanadi.
Qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bittadan nusxasi emitent va Markaziy depozitariyda saqlash uchun qoldiriladi.
10. Mazmunida tafovutlar mavjud boʻlgan yoxud emitentga tegishli dalolatnoma nusxasi yoʻqolgan holatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etilgan dalolatnomaning nusxasi ustuvor hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
11. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasini qimmatli qogʻozlari yoʻq qilingan emitentning umumiy hujjatlari (ish) jildiga qoʻshib qoʻyishga majbur.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
12. Emitentlar qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani, shuningdek qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish bilan bogʻliq hujjatlarni (emitentning qimmatli qogʻozlari egalarining reyestri, qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi shartnomalari, emitent vakolatli organlarining qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori va shu kabilar) uch yildan kam boʻlmagan muddatga saqlashga majbur.