Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2016 29.08.1997 yildagi 470-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj tarifi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun boj tarifini shakllantirish va qo‘llanish tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlardan boj undirish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan samarali integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Boj tarifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj tarifi — bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (bundan keyin matnda Tovar nomenklaturasi deb yuritiladi) prinsiplari va qoidalariga muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan boj stavkalarining to‘plamidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Boj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj — O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to‘lov.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, antidemping, kompensatsiya) boj qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida bojlarning qo‘llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Boj stavkalarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavkalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj undiriladigan tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavkalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojning advalor hamda xos turlarini o‘z ichiga oladigan aralash stavkalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boj tarifi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Import va eksport boji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibini qo‘llayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng ko‘p miqdori qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tarif preferensiyalari beriladigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-274-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mavsumiy bojlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavsumiy bojlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e’tiboran olti oydan ortiq amal qilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Bojxona qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati — ushbu Qonunga muvofiq belgilanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati o‘tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ma’lum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymatini aniqlash to‘g‘ri va hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Bojxona qiymatini belgilashda deklarantning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga taqdim etilgan, bojxona qiymatini belgilashda foydalanilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini isbotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e’lon qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zaruriyati vujudga kelganida bojxona organining ruxsati bilan o‘zi deklaratsiya bergan tovardan garov qo‘yib yoki vakil bankning kafolati ostida yoxud bojxona organi chiqargan tovarning bojxona bahosiga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lab foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organi chiqargan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant quyidagilarni amalga oshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga bojxona qiymatini e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining talabiga binoan bojxona qiymatini belgilashga doir ma’lumotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan e’lon qilingan tovarning bojxona qiymatiga aniqlik kiritilishi yoki bojxona organiga qo‘shimcha axborot berilishi munosabati bilan yuzaga kelgan xarajatlarni deklarant to‘laydi. Tovarning bojxona bahosini aniqlash munosabati bilan uni bojxonada rasmiylashtirish muddatining uzayishidan deklarant bojni to‘lash muddatini amalda kechiktirish uchun foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Tovarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti deklarant o‘zi foydalangan ma’lumotlarining to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmasa, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant foydalangan usulni qo‘llash mumkin emasligi haqida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lmasa yoki deklarant taqdim etgan ma’lumotlarni noto‘g‘ri va (yoki) to‘liq emas deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, o‘zida bor ma’lumotlarga (shu jumladan aynan bir xil bo‘lgan yoki o‘xshash tovarlarning baholari haqidagi axborotga) asoslanib, ushbu Qonunga muvofiq tuzatishlar kiritish yo‘li bilan bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin-ketin qo‘llagan holda deklaratsiya berilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarantning yozma so‘roviga binoan, u e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligining sabablari ko‘rsatilgan tushuntirish xatini deklarantga taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Bojni hisoblab chiqarish, to‘lash va undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar uchun bojni hisoblab chiqarish, to‘lash va undirish uning bojxona qiymati asosida O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Bojxona bahosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona bahosi — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar qiymatini bojxonada aniqlashning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladigan usullari tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Bojxona bahosini chiqarish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar asosiy usuldan foydalanib bo‘lmasa, bojxona bahosini chiqarishning quyidagi usullari birin-ketin qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatlarni qo‘shish asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezerv usul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymatlarni chegirib tashlash va qiymatlarni qo‘shish asosidagi usullar istalgan ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymati bitim qiymatidan, ya’ni olib kirilayotgan tovar uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tish vaqtida amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bahodan iboratdir, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatini e’lon qilish vaqtida deklarant foydalangan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan va to‘g‘ri bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorning tovarlarni tasarruf etishi yoki ulardan foydalanishiga taalluqli cheklovlar bo‘lmasa, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning sotilishi yoki narxi baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati aniqlab bo‘lmaydigan holga olib keladigan qandaydir shartlar yoki fikrlarga sabab bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor tovarni keyinchalik qayta sotishi, tasarruf etishi yoki undan foydalanishidan kelgan tushumning biron-bir qismi bevosita yoki bilvosita sotuvchiga o‘tmasa, faqat agar ushbu modda ikkinchi qismining qoidalariga muvofiq tegishli tuzatishlar kiritish mumkin bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor va sotuvchi bir-biriga bog‘liq shaxslar bo‘lmasa, bunday o‘zaro bog‘liqlik bitim qiymatiga ta’sir etmaganligi deklarant tomonidan isbot qilingan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymatini aniqlashda olib kirilayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bahoga quyidagi xarajatlar qo‘shiladi, basharti ular mazkur bahoga kiritilmagan bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib keltirgunga qadar qilingan xarajatlar: tashish qiymati; yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish bilan bog‘liq xarajatlar; sug‘urta summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xaridor tomonidan qilingan xarajatlar: vositachilik va brokerlik haqlari, tovarni sotib olish chog‘idagi vositachilik xarajatlari bundan mustasno; konteynerlar va (yoki) ko‘p marta ishlatiladigan boshqa idishlar qiymati, agar ular baholanayotgan tovar bilan bir butun deb hisoblansa; o‘rash qiymati, bunga o‘rash materiallari qiymati va o‘rash haqi kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xizmatlarning hamda sotuvchi xaridorga tekinga yoki arzon narxda bevosita yoxud bilvosita beradigan boshqa tovarlarning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun xaridor baholanayotgan tovarlarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita to‘lashi shart bo‘lgan litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, tasarruf etish yoki undan foydalanishdan kelgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak bo‘lgan istalgan qismining qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish usulidan foydalanish mumkin emas, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorning baholanayotgan tovarga bo‘lgan huquqlari cheklangan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va tovar bahosiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklovlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotish va bitim qiymati ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatini e’lon qilish vaqtida deklarant foydalangan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa yoki ular noto‘g‘ri bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilari bir-biriga bog‘liq shaxslar bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligi bitim bahosiga ta’sir etmagan va bu narsa deklarant tomonidan isbot qilingan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir-biriga bog‘liq shaxslar deyilganda quyida keltirilgan belgilarning aqalli bittasiga mos keladigan kishilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilaridan bittasi (jismoniy shaxs) yoki bitim qatnashchilaridan birining mansabdor shaxsi ayni bir vaqtda bitimda qatnashayotgan boshqa shaxsning mansabdor shaxsi bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilari korxonaga birgalikda egalik qiluvchi shaxslar bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilari mehnat munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilaridan biri bitimda qatnashayotgan boshqa shaxs ustav kapitalining ovoz huquqini beruvchi kamida besh foiziga teng bo‘lgan ulush (pay) yoki aksiya egasi bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning har ikkala qatnashchisi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs nazorati ostida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilari birgalikda bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilaridan biri bitimda qatnashayotgan boshqa shaxsning bevosita yoki bilvosita nazorati ostida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qatnashchilari yoki ularning mansabdor shaxslari qarindosh bo‘lsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil tovar deyilganida har jihatdan, shu jumladan: fizik xususiyatlari; sifati va bozordagi qadri; qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi kabi belgilari jihatidan baholanayotgan tovar bilan bir xil bo‘lgan tovar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning tashqi ko‘rinishidagi juz’iy farqlar, agar u boshqa jihatlari bilan ushbu moddaning birinchi qismi talablariga mos bo‘lsa, uni aynan bir xil emas, deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymati boj qiymatini belgilash uchun asos qilib olinadi, agar bu tovar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar olib kirilgunga qadar ko‘pi bilan 90 kun oldin O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish uchun sotilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxminan o‘shancha miqdorda va (yoki) o‘shanday tijorat shartlarida olib kirilgan bo‘lsa. Agar aynan bir xil tovar ko‘p yoki kam miqdorda va (yoki) boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan bo‘lsa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga ana shu farqlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritiladi, basharti, bu tuzatishlarning asosli ekanligini bojxona organiga hujjatlar bilan tasdiqlab berish mumkin bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab aniqlanadigan bojxona qiymatiga ushbu Qonunning 18-moddasida ko‘rsatilgan xarajatlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatishlar deklarant tomonidan to‘g‘ri va hujjat bilan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu usulni qo‘llash vaqtida aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning ikki va undan ortiq narxi mavjudligi aniqlansa, olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini belgilash uchun ularning eng past narxi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. O‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘xshash tovar deyilganida har jihatdan bir xil bo‘lmasa-da, o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lganligi va tarkibiy jihatdan o‘xshashliligi tufayli baholanayotgan tovar bilan bir xil vazifalarni bajara oladigan va tijorat nuqtai nazaridan uning o‘rnini bosa oladigan tovar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning o‘xshashligini aniqlashda uning quyidagi belgilari: sifati, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri; qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish usulidan foydalanganda ushbu Qonun 19-moddasi uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlarining qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda va ushbu moddaning qoidalari asosida bojxona bahosini chiqarish usullaridan foydalanilganida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda ishlab chiqarilmagan bo‘lsa, u baholanayotgan tovar bilan aynan bir xil yoki o‘xshash hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisi tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar, baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan aynan bir xil tovar ham, o‘xshash tovar ham bo‘lmagan taqdirdagina e’tiborga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovarni loyihalash, uning ustidagi tajriba-konstruktorlik ishlari, uning badiiy bezagi, dizayni, eskizi, chizmalari va boshqa shunga o‘xshash ishlar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday tovar aynan yoki bir xil o‘xshash hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar o‘zining dastlabki holati o‘zgarmagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilsa, qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish usulidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida foydalanilganda tovar birligining baholanayotgan, aynan yoki bir xil o‘xshash tovarlar olib kelingan vaqtdan boshlab kamida 90 kundan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida katta turkumlarda bitimning sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ishtirokchisiga sotilgan bahosi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik haqi to‘lashga qilingan xarajatlar, foydaga qo‘yiladigan odatdagi ustamalar va olib kelingan bir xil klassdagi va turdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida sotish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar olib kirish yoki sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanishi lozim bo‘lgan import bojlari, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida transportda tashish, sug‘urtalash, yuklash va tushirish uchun qilingan xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan vaqtda qanday holatda bo‘lsa, shu holatda baholangan, aynan bir xil bo‘lgan yoki o‘xshash tovarlar sotilgan hollar mavjud bo‘lmasa, deklarantning iltimosiga binoan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari qoidalariga rioya etgan holda hamda qo‘shilgan qiymatga tuzatish kiritilib, qayta ishlangan tovar birligining bahosidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qiymatlarni qo‘shish asosida bojxona bahosini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymatlarni qo‘shish asosida bojxona bahosini chiqarish usulidan foydalanilganda, tovarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan tayyorlovchi tomonidan sarflangan materiallar qiymatini va boshqa xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayni bir turdagi tovarlarni olib chiqilayotgan mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga sotishga xos bo‘lgan umumiy xarajatlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tish joyigacha transportda tashib keltirish, yuklash va tushirish, sug‘urtalash xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan yoki bir xil o‘xshash tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish natijasida eksportyor tomonidan odatda olinadigan foydani qo‘shgan holda chiqariladigan bahosi bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Rezerv usul yordamida bojxona bahosini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Qonunning 18—22-moddalarida ko‘rsatilgan usullar yordamida aniqlash mumkin bo‘lmasa, baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud bo‘lgan narxlarga doir axborot asosida belgilanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatini belgilashda quyidagilarga asoslanish mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarning sotuv narxiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqorisiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakat ichki bozoridagi bahosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilgan tovarning bahosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng past bojxona qiymatlariga, shuningdek tovarlarning o‘zboshimchalik bilan qo‘yilgan yoki o‘z tasdig‘ini topmagan soxta qiymatlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar batamom ishlab chiqarilgan yoki ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va basharti, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko‘rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Muayyan mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar muayyan mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning hududidan yoki hududiy suvlaridan yoxud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat hududida o‘stirilgan yoki yig‘ib olingan o‘simlik mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda tug‘ilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda etishtirilgan o‘simlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarda jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi bo‘lmish ikkilamchi xomashyo va chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatga qarashli yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori texnologiya mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan bo‘lsa, uning ishlab chiqarilgan joyi shu tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezoniga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan mamlakatda tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qayta ishlash natijasida uning Tovar nomenklaturasidagi o‘rnining (tovarning tasniflovchi kodining) dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishi (umumiy qoida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilgan materiallar qiymatining yoki qo‘shilgan qiymatning foizlardagi ulushi yetkazib berilayotgan tovar bahosining qayd etilgan ulushiga etganda (advalor ulush qoidasi) tovar qiymatining o‘zgarishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo‘natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o‘rash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy yig‘uv operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlantiradigan xususiyatlarni bermaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalarning ikkitasi yoki undan ortig‘ini bir vaqtda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarini so‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan tovarlar hamda mamlakatlar uchun yetarli darajada qayta ishlanganlik mezoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda joriy etiladi va qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Tovarlar turkum-turkum qilib yetkazib berilganda ularni ishlab chiqargan mamlakatni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga ko‘ra, tovarlarni bitta turkum qilib jo‘natishning iloji bo‘lmaganligi sababli ular bo‘lib-bo‘lib yoki yig‘ilmagan holda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga bo‘lingan bo‘lsa, uni ishlab chiqargan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga ko‘ra, yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidani qo‘llanish sharti quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘laklarga bo‘lingan yoki yig‘ilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini, bunday taqsimlash sabablarini, Tovar nomenklaturasiga ko‘ra tovarlarning kodlari, har bir turkumga kiradigan tovarlarning qiymati va ularni ishlab chiqargan mamlakatni ko‘rsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojxona organiga oldindan ma’lum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bir necha turkumga noto‘g‘ri taqsimlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yuborilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning barcha turkumlari bitta bojxona organi orqali olib kirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turkumdagi tovarlar kontraktda ko‘rsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar muayyan bir mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat vakolatli organ tomonidan beriladi, basharti, uning zarurligi tegishli kontraktlarda, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalarida qayd etilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar olib kirilganida tovarning kelib chiqishga doir sertifikat quyidagi hollarda albatta taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj tarifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan preferensiya berilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalash) orqali yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxonada rasmiylashtirishga taqdim etilgan hujjatlarda tovarlar qayerda ishlab chiqarilganligiga doir ma’lumotlar bo‘lmagan yoki bojxona organida tovarni deklaratsiyasida tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga doir noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan deb taxmin qilishga asos bo‘lgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat mazkur tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligidan aniq dalolat berishi va unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jo‘natilayotgan tovarning tegishli kelib chiqish mezonlariga mosligi haqida tovar jo‘natuvchi tomonidan berilgan yozma ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi to‘g‘risida tovar olib chiqib ketilayotgan mamlakatning sertifikat bergan vakolatli organining yozma guvohnomasi bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat bojxonada rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Sertifikat yo‘qotilgan taqdirda, uning rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat yoki undagi ma’lumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi ma’lumotning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasining bojxona organi qo‘shimcha yoki aniqlik kiritadigan ma’lumot berishini so‘rab ushbu sertifikatni bergan organga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida ko‘rsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda belgilangan hollarda tovarning kelib chiqishiga doir tegishli suratda rasmiylashtirilgan sertifikat yoki so‘ralgan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Tovarni chiqarishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarini chiqarish mumkin bo‘lmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona organi bunday tovarni bojxona chegarasidan chiqarishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda sertifikat yoki tovarning kelib chiqishiga doir ma’lumotlar taqdim etilmaganligi tovarni bojxona chegarasidan chiqarishni rad etishga asos bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashga doir qo‘shimcha qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxonada rasmiylashtirish amalga oshirilganidan keyin uzog‘i bilan bir yil ichida tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakat haqida tegishli guvohnoma olinsa, tovarlarga nisbatan eng ko‘p qulaylik berish tartibi yoki preferensial rejimi qo‘llanilishi (qayta tiklanishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan energiya, mashinalar, uskunalar va asboblarning qayerda ishlab chiqarilganligi inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan olib kiriladigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kiriladigan tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Tarif imtiyozlari va preferensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga nisbatan tarif imtiyozlari va preferensiyalar ushbu Qonun bilan belgilanadi va ular individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas, ushbu Qonunning 33, 34 hamda 35-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tarif imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Boj undirishdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj undirishdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro yo‘nalishda yuklar, bagaj va yo‘lovchilar tashiydigan transport vositalari, shuningdek ularning yo‘lda, oraliq to‘xtash joylarida bir maromda ishlashi uchun zarur bo‘lgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun chet ellarda sotib olingan moddiy-texnika ta’minoti buyumlari va asbob-anjomlari, yonilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining valyutasi, chet el valyutasi (numizmatika uchun ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dengizda ov bilan band bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi kemalarini hamda O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarni ta’minlash maqsadida bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika ta’minoti buyumlari va anjomlar, yonilg‘i, oziq-ovqat va boshqa mol-mulk, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkiga aylantirilishi lozim bo‘lgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar vakillarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq boj to‘lamasdan bularni olib kirish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning rasmiy yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishiga mo‘ljallab bojxona hududiga olib kiriladigan yoki bu hududdan olib chiqiladigan buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul o‘quv, davolash va maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi davlatlar uchun mo‘ljallangan va bojxona nazorati ostida O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tranzit tartibida olib o‘tiladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyatini olib borish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin savdo rejimi o‘rnatilgan davlatlarga mansub bo‘lgan va ulardan olib kiriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;
(33-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-343-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;
(33-moddaning birinchi qismi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlar olib borish uchun mo‘ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor tomonidan olib kiriladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo‘lgan mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamalar va taqdimotlar uchun olib kiriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyozlar qo‘llanilgan butun davr uchun boj to‘lash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning yozma tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyoz yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish uchun olib kiriladigan iste’mol tovarlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-274-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tarif preferensiyalari berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bilan birga erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqini tashkil qilgan yoxud shunday zona yoki ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlovchi bitimni imzolagan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasi milliy preferensiya tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan boj to‘lashdan ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferensial tartibda tovar olib kirishga (olib chiqishga) tarif kvotalari belgilash kabi preferensiyalar yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tarif imtiyozlari berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatini uning bojxona hududi doirasida amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona rejimlari doirasida bojxona nazorati ostida O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki undan vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet elda investitsiya sohasidagi hamkorlik obyektlarini qurish uchun butlovchi buyumlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun eksportga ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning ayrim turlariga nisbatan ilgari to‘langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
470-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 228-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; 2007-y., 29-30-son, 294-modda, 37-38-son, 380-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 14-15-son, 86-modda; 2010-y., 51-son, 485-modda; 2012-y., 52-son, 584-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda)