Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2018 19.09.2007 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDIDAN OLIB ChIQILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA QIYMATINI BELGILASh VA DEKLARATSIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2007-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 19-sentabrdagi 198-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning (keyingi o‘rinlarda olib chiqiladigan tovarlar deb yuritiladi) bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibini belgilaydi va quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarantlar tomonidan (ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlarni olib chiquvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno) belgilangan tartibda — bojxona qiymatini belgilashda va bojxonaning yuk deklaratsiyasida ko‘rsatishda, bojxona to‘lovlarini to‘lashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tomonidan — deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatini nazorat qilishda va bojxona statistikasini yuritishda majburiy tartibda qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarni eksportga sotishda tovarning (“DAF — O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi” (DAF — “delivered at frontier”) shartlariga keltirilgan qiymati olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona to‘lovlarini hisoblash va bojxona statistikasini yuritish uchun belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish miqdorini hisoblash uchun qo‘llanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish joyi (punkti) deyilganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aviatsiya vositasidagi tashishlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jo‘natish aeroporti yoki so‘nggi aeroport, u yerda tovarni tashiyotgan samolyot qo‘nadi va samolyotga tovarni so‘nggi yuklash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) daryo orqali tashishlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tovar yuklanadigan so‘nggi port yoki tovarni tashish porti, agar tovarni qayta yuklash fakti ushbu portning bojxona organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yo‘l orqali tashishlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi so‘nggi stansiya yoki “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining xizmat ko‘rsatish zonasiga kiradigan qo‘shni davlatning birinchi stansiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tovarlarni boshqa transport turlari vositasida tashishlar uchun — tovarni tashish yo‘li bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punkti joylashgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) pochta orqali yetkazib beriladigan tovarlar uchun — xalqaro pochta ayirboshlash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvurlar orqali tashiladigan tovarlar (neft, gaz va boshqalar) hamda elektr energiyasi uchun — O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi tegishli hisoblagichlar joylashgan joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymati tovarni eksportga sotishda tovar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan vaqtda olib chiqilayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi kerak bo‘lgan narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini belgilashda olib chiqilayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi kerak bo‘lgan narxga quyidagi xarajatlar qo‘shiladi, agar ular ko‘rsatilgan narxga kiritilmagan bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyigacha (punktgacha) yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklash, tushirish, qayta yuklash va ortish-tushirish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta to‘lovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik va brokerlik to‘lovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteynyerlar va (yoki) boshqa ko‘p martalab ishlatiladigan taralar qiymati, agar ularga tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun sifatida qaralsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylash qiymati, shu jumladan joylash materiallari va joylash ishlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish va/yoki eksportga sotish uchun sotib oluvchi bevosita yoki bilvosita sotuvchiga bepul yoki pasaytirilgan narx bo‘yicha ko‘rsatadigan xizmatlar va yetkazib beradigan tovarlar qiymatining tegishli qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor fabrikatlar hamda olib chiqiladigan tovarning tarkibiy qismi hisoblanadigan boshqa butlovchi qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instrumentlar, shtamplar, shakllar hamda olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa shu kabi predmetlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan yordamchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari, dizayn, badiiy jihozlash, olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita zarur bo‘lgan eskizlar va chizmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sotib oluvchi olib chiqiladigan tovarlarni xarid qilish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lashi kerak bo‘lgan litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) olib chiqiladigan tovarni keyinchalik biron-bir tarzda qayta sotish, tasarruf etish yoki ulardan foydalanishdan olingan, tovar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilgandan keyin sotuvchiga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘ladigan tushumlarning istalgan qismi qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni bojxona qiymatiga kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) haqiqatda mavjud bo‘lsa yoki bo‘lishi mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xolisona va miqdor jihatidan belgilanadigan ma’lumotlar asosida hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kontraktda nazarda tutilgan tovar qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu xarajatlarning miqdorini belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo‘lmasa bojxona qiymati olib chiqiladigan tovarlarning oldi-sotdi qiymati asosida aniqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar shartnomada belgilab qo‘yilgan narxlar mavjud bo‘lmasa va faqat tovarning uzil-kesil narxini belgilash shartlari aks ettirilgan bo‘lsa (masalan, tegishli sanadagi birja kotirovkalarini hisobga olgan holda; narxlarni va shu kabilarni hisoblash formulasi bo‘yicha) yoxud agar shartnoma shartlariga muvofiq uzil-kesil narx sotib oluvchi tomonidan uni miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilib olish natijalariga ko‘ra aniqlansa bojxona qiymati quyidagi tartibda belgilanadi va deklaratsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) olib chiqiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish vaqtinchalik (shartli) baholashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) deklarant o‘zidagi vaqtinchalik (shartli) bahoning xolisonaligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymatini vaqtinchalik (shartli) baholash uchun baza sifatida yoxud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (kontrakt)da qayd etilgan boshlang‘ich (taxminiy) narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (kontrakt)da belgilangan hisoblash shartlariga muvofiq tovar yuklab jo‘natilgan sanada belgilangan hisoblash narxi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning to‘rtinchi—oltinchi xatboshida ko‘rsatilgan hisoblashlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda bojxona qiymatini vaqtinchalik (shartli) baholash bojxona organi ixtiyorida mavjud bo‘lgan tegishli baholash axboroti asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarantning yozma arizasi bo‘yicha, ko‘rib chiqilayotgan oldi-sotdi shartlaridan va bojxona qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatini tasdiqlaydigan va/yoki aniqlashtiradigan zarur hujjatlarni deklarant taqdim etadigan muddatni belgilaydi. Bojxona organining bojxona rasmiylashtirishini amalga oshiradigan mansabdor shaxsi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasiga tegishli yozuvlar va qaydlar belgilangan tartibda kiritiladi. Deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatini aniqlashtirish va/yoki tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilgandan keyin unga tuzatishlar kiritish va ushbu Nizomning IV bo‘limiga muvofiq bojxona to‘lovlarini qayta hisoblash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bojxona qiymati quyidagi hollarda olib chiqiladigan tovarning oldi-sotdi qiymati asosida belgilanishi mumkin emas, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovarga sotib oluvchining huquqlariga nisbatan cheklashlar (qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar bundan mustasno) va tovarning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan cheklashlar mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish va oldi-sotdi narxi ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etishga bog‘liq bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini ko‘rsatishda deklarant tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa yoxud ishonchli bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi qatnashchilari bir-biriga o‘zaro bog‘liq shaxslar bo‘lsa, ularning bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi oldi-sotdi narxiga ta’sir qilmaydigan hollar (bu deklarant tomonidan isbotlangan bo‘lishi kerak) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan oldi-sotdi bitishuvi (tovarlarni ijara shartnomasi bo‘yicha yetkazib berish, bepul va vositachilik yetkazib berishlari va shu kabilar) mavjud bo‘lmaganda, shuningdek olib chiqiladigan tovarlarning oldi-sotdi narxidan foydalanish mumkin bo‘lmaganda bojxona qiymatini aniqlash uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoxud deklarant tomonidan taqdim etilgan sotuvchi-eksport qiluvchining buxgalteriya hisobidagi olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini hamda aynan yoki shunga o‘xshash tovarlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilayotganda eksportchi tomonidan olinadigan foyda miqdorini aks ettiruvchi ma’lumotlar. Bunda ushbu Nizomning 5-bandida sanab o‘tilgan xarajatlar hisobga olinishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoxud olib chiqiladigan aynan yoki shunga o‘xshash tovarlarni kirim qilish va balansdan chiqarish to‘g‘risidagi buxgalteriya ma’lumotlari. Aynan yoki shunga o‘xshash tovarlarni belgilashda “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19 va 20-moddalariga amal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatining to‘g‘riligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoxud deklarant tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchli va/yoki yetarli emas deb hisoblashga asos mavjud bo‘lganda bojxona organi bojxona qiymatini ushbu Nizomning 11 va 12-bandlariga muvofiq belgilaydi. Bunda bojxona organi deklarantning yozma so‘rovi bo‘yicha uch ish kuni mobaynida unga ular bo‘yicha deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatining bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligi sabablarining yozma ravishdagi izohini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona qiymatini belgilash uchun bojxona organi o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan yoki deklarant tomonidan taqdim etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqiladigan aynan yoki shunga o‘xshash tovarlar bilan tashqi savdo shartnomalari narxlari to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqiladigan aynan yoki shunga o‘xshash tovarlar qiymati (tannarxi) kalkulatsiyasi to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan yoki shunga o‘xshash tovarlar uchun narxlarning birja kotirovkalari to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mintaqaviy bozorlardagi ushbu tovarlarning narxlari to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqiladigan tovarlarning belgilangan tartibda amalga oshirilgan tovar-qiymat ekspertizasi ma’lumotlari bo‘yicha axborotlardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojxona qiymatini belgilashda bojxona organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) baholanayotgan hamda aynan va/yoki ana shunday tovarlarni, shu jumladan quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import mamlakati yoki jug‘rofiy mintaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqiladigan tovarlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishning tijorat shartlari, shu jumladan bozor konyunkturasi (asosan xomashyo tovarlarni eksport qilishda) parametrlari bo‘yicha imkoni boricha qiyoslashni ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotib oluvchining barcha xarajatlarini ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni bojxona qiymatiga kiritish nuqtai nazaridan hisobga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasiga bojxona qiymatining bojxona organlari tomonidan belgilanganligi to‘g‘risida tegishli yozuvni kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatiga ushbu Nizomning IV bo‘limida belgilangan tartibga muvofiq tuzatishlar kiritishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qayta eksport qilinayotgan tovarning (ilgari olib kelingan tovarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish) bojxona qiymati tovarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish vaqtidagi uning bojxona qiymati hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida qilingan quyidagi xarajatlar sifatida belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxonada rasmiylashtirish uchun bojxona yig‘imlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning qayta eksport qilinishi munosabati bilan qaytarilishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni chegirgan holdagi bojxona to‘lovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni saqlash, tashish va sug‘urta qilish uchun to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini deklaratsiyalash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona qiymati deklarant tomonidan bojxona qiymati deklaratsiyasi (BQD) shakllarini qo‘llagan holda bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatiladi (deklaratsiyalanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan bojxona qiymatiga nisbatan asoslangan shubhalar paydo bo‘lgan taqdirda bojxona organi deklarantdan bojxona qiymati asoslashlarini va hisob-kitoblarini taqdim etishni talab qilishga haqlidir. Ushbu maqsadlar uchun bojxona qiymati deklaratsiyasi shakllari (BQD-1, BQD-2) dan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ko‘rsatilgan bojxona qiymatini tasdiqlash uchun deklarant bojxona organiga ishonchli, miqdori jihatidan aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan bojxona qiymatini tasdiqlash uchun deklarant tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni to‘ldirishning tegishli qoidalari (yo‘riqnomalari)da nazarda tutilgan barcha zarur rekvizitlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida yetkazib berish va/yoki umuman shartnoma (kontrakt) bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblarni identifikatsiyalashni ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning rahbari, bosh buxgalteri imzolari va muhri yoxud yuridik shaxs bo‘lmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning (buxgalteriya hujjatlariga nisbatan) imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona qiymatini ko‘rsatishda deklarant tomonidan taqdim etiladigan va uning tomonidan tijorat siri yoki maxfiy deb belgilanadigan axborotdan bojxona organi tomonidan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalaniladi va deklarantning ruxsatisiz ularning uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat siri yoki maxfiy hisoblanadigan axborotni oshkor qilganlik uchun bojxona organi va uning mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bojxona qiymati to‘g‘risidagi ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun deklarant bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir vaqtda bojxona organiga tashqi savdo shartnomasi (kontrakt)ni yoki unga muvofiq tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish amalga oshiriladigan boshqa hujjatni, tovar yuk xatini, to‘lov-hisob kitob (schyot-faktura) hujjatlarini hamda deklarant tomonidan bojxona qiymatining to‘g‘riligini tasdiqlash imkonini beradigan boshqa hujjatlar taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilashda va ko‘rsatishda deklarant va bojxona organining huquq va majburiyatlari “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 14-moddalari qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatiga quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona qiymatini nazorat qilish jarayonida ko‘rsatilgan bojxona qiymati miqdoriga ta’sir qiladigan texnik xatolar topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona qiymati to‘g‘risida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning uni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq emasligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda tovarlar olib chiqilgandan keyin deklarant tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli bankning amalda tushgan valyuta mablag‘lari summasi to‘g‘risidagi yozma tasdig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (kontrakt) shartlariga muvofiq tovarni sotish vaqtidagi mazkur tovar uchun narxlarning birja kotirovkalari va shu kabilar asosida vaqtinchalik (shartli) baho aniqlanganda (ushbu Nizomning 7-bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bojxona qiymati bojxona organlari tomonidan ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq belgilanganda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish amaldagi tartibga muvofiq bojxona qiymatiga va bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish shakllarini majburiy ravishda to‘ldirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritishda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasiga tegishli belgilar qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 389-modda)