28.03.2018 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha 2018-2019-yillarga moʻljallangan davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018-2019-yillarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda masʼul tashkilotlar ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2018-2019-yillarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) hududiy ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar hududiy ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni jamoat ishlariga jalb qilish ishlarini oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi nogironligi boʻlgan shaxslarni mavjud boʻsh ish oʻrinlari talabidan kelib chiqqan holda, kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish ishlarini keng va tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilar bilan korxonalar oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, shu jumladan korxonalar buyurtmalarini uy sharoitida bajarish istagini bildiruvchi mahallalar aholisini aniqlash, faoliyatini jadallashtirish, nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida kasanachilik afzalliklarini tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun amaliy yordam koʻrsatishga, jumladan yer maydonlari ajratish, ishlab chiqarish infrastrukturalariga ulanish, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi masalalariga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda bandligi taʼminlangan nogironligi boʻlgan shaxslar, tashkilotlar boʻyicha haqiqiy holatni oʻrganish boʻyicha doimiy monitoringni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijasidan kelib chiqqan holda, nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashni takomillashtirish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan hamda ishchilari sonining uchdan ikki qismi nogironligi boʻlgan shaxs hisoblanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga davlat mulki obyektlari uchun ijara toʻlovi belgilangan eng kam toʻlovning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2996-son qaroriga asosan tashkil etilgan “Kasanachilikni koʻllab-quvvatlash boʻyicha konsorsium” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalining kamida 10 foiz miqdoridagi zayomlar mazkur qarorga 2-ilovadagi Kasanachilik faoliyati turlari roʻyxatiga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan kasana mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilishga buyurtma beruvchi tashkilotlarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 4-ilovada belgilangan kasb-hunar taʼlimi muassasalarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga mos kasb va koʻnikmalar oʻrgatish maxsus ustaxonalarini qoʻshimcha jihozlash va qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 1 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda — mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestrini 2018-yil 1-iyunga qadar shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyulga qadar Milliy vakansiyalar bazasida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zaxira qilingan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, koʻrish va eshitish aʼzolari zaif shaxslar tomonidan ushbu maʼlumotlar bilan tanishishda qulaylik yaratilishini inobatga olgan holda joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yili va kelgusi oʻquv yillarida Toshkent va Fargʻona shaharlaridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarining xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilishi saqlab qolinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiyalar berish tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida nogironligi boʻlgan shaxslarga 2018-2019-yillarga moʻljallangan yangi ish joylarini tashkil etish, ularni hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikka va xizmat koʻrsatishga jalb qilinishini nazarda tutuvchi hududiy dasturlarni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar bilan birgalikda avtomototransport vositalariga qarab turish vazifasini bajarish uchun mehnat shartnomasi asosida, birinchi navbatda, eshitish aʼzolari zaif boʻlgan, shu ishni bajara oladigan nogironligi boʻlgan shaxslarni bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlari va kasblarning mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda toʻliq attestatsiyadan oʻtkazilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari bilan birgalikda — oʻziga biriktirilgan hududda istiqomat qilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash prognoz koʻrsatkichlari bajarilishiga shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining maqsadlari va vazifalari, shuningdek, ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish boʻyicha telekoʻrsatuvlar tayyorlash, maqolalar chop etish va Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 247-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslarga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish

1.

Ijtimoiy sheriklik sohasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash borasidagi bosh kelishuvni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bosh kelishuv

2018-yil sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati

2.

Koʻrish va eshitish aʼzolari zaif shaxslar tomonidan milliy vakansiyalar bazasidagi va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishishda qulaylik yaratish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytini takomillashtirish.

Ijrochilarning qarori

2018-yil avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning ish bilan band boʻlishga ehtiyojini oʻrganish yuzasidan ijtimoiy tadqiq qilish metodologiyasini ishlab chiqish va olib borish.

Ijrochilarning qarori

2018-yil sentyabr

Moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati

4.

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati Markaziy boshqaruvi faoliyati bilan keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularning jamiyat ijt�moiy-iqtisodiy hayotidagi oʻrnini yanada oshirish hamda zamonaviy talablardan kelib chiqib butunjahon Internet tarmogʻida rasmiy veb-saytlarini joriy etish.

Ijrochilarning qarorlari

2018-yil sentyabr

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

Koʻrish aʼzolari zaif nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida kitoblar, jurnallar, oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish uchun zamonaviy uskunalar bilan toʻliq jihozlangan matbaa uyini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot–tahliliy maʼlumot

2018-yil oktyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati

6.

Milliy vakansiyalar bazasida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.

Ijrochining qarori

2019-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

7.

Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan aholi ish joylaridagi sharoitlarga nogironlikning bogʻliqligini oʻrganish yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish.

Ijrochilarning qarori

2019-yil fevral

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

8.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qoʻshimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida 2018-2019-yillar davomida 1,2 mingta sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo, aloqa hamda xizmat koʻrsatish sohalarida zaxira qilingan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish choralarini koʻrish.

Attestatsiyadan oʻtkazish jadvali

2018-2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Yashash joyiga chiqqan holda nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnat va bandlik munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilgan imtiyozlarga oid tushuntirish va mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan tanishtirib borish.

Ijrochilarning qarorlari

2018-2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati

10.

Toshkent va Fargʻona shaharlaridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyot majmuasiga kiruvchi tashkilotlar hududiy boʻlimlarining boshqaruv xodimlariga shaxsan biriktirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2018-2019-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash

11.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni mavjud boʻsh ish oʻrinlari, ayniqsa zaxira qilingan ish oʻrinlari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida fuqarolar yigʻinlari binolarida axborotlar peshlavhalariga maʼlumotlarni muntazam ravishda joylab borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Maʼlumotlar bazasi

2018-yil may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga asosan 15 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari zaxirasi yaratiladigan (kvota qilinadigan) tashkilotlar doirasini kengaytirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari qarorlari

2018-yil oktyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

13.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻzlariga maqbul boʻsh ish oʻrinlarini topishlarida qulaylik yaratish maqsadida har bir tuman (shahar)lar “Ixtisoslashgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”ni tashkil etish.

Reja-jadval asosida

2018-2019-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati

14.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish orqali bandligini taʼminlash. Bunda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tasarrufidagi obyektlar negizida xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish loyihalarini (guzar, choyxona va boshqalarda) amalga oshirish orqali nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-2019-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” jamgʻarmasi

15.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joylari uchun minimal mehnat sharoitlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

III. Nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning tadbirkorlik faoliyatiga imtiyozlarni yanada kengaytirish

16.

Nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar va yoshlarni tadbikorlik faoliyatiga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish choralarini koʻrish.

Qoʻshma qaror loyihasi

2018-yiliyun

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

17.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻzini oʻzi band qilish va ularni tadbirkorlikka, shu jumladan hunarmandchilikka jalb qilish boʻyicha 2018-2019-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2018-yil may

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

2018-2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilikka koʻmaklashish markazlariga nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari vakillarini keng jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil iyul

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa nogironligi boʻlgan xotin-qizlar oʻrtasida kasanachilik afzalliklarini tushuntirish, kasanachi bilan tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, xususan, tashkilotlar buyurtmalarini uy sharoitlarida bajarish istagini bildiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslar banligini taʼminlashning aniq choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil iyul

“Mahalla” jamgʻarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

IV. Ommaviy axborot vositalari orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga oid keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish

20.

“Siz bizga keraksiz” rukni ostida mehnat va tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlari bilan taʼminlayotgan ish beruvchilar tajribalari hamda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda ijtimoiy roliklar, telekoʻrsatuv va radioeshittirish dasturini yoʻlga qoʻyish.

Qoʻshma media-reja

2018-yil iyuldan boshlab doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

21.

Tashkilotlarning buyurtmalari asosida uyda ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar (kasanachilar)ga belgilangan imtiyozlar toʻgʻrisida tashviqot tashviqot va targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Qoʻshma media-reja

2018-yil iyuldan boshlab doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

22.

Bosma ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan butunjahon Internet tarmogʻida nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimi, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, iqtidorli va oʻrnak boʻladigan nogironligi boʻlgan shaxslarning yutuqlari, hayotiy tajribalarini aholi oʻrtasida tizimli ravishda muntazam va har tomonlama yoritib borish.

Media-reja

2018-yil avgustdan boshlab doimiy

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 247-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy ishchi guruhlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi, ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari,ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurori, sektor rahbari

4.

Lavozimi boʻyicha

Ichki ishlar vazirligining hududiy (bosh) boshqarmasi boshligʻi, sektor rahbari

5.

Lavozimi boʻyicha

Hududiy davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, sektor rahbari

6.

Lavozimi boʻyicha

Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

7.

Lavozimi boʻyicha

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi

8.

Lavozimi boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

Kasb-hunar taʼlimi markazining hududiy boshqarmasi boshligʻi

10.

Lavozimi boʻyicha

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

11.

Lavozimi boʻyicha

Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

12.

Lavozimi boʻyicha

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

13.

Lavozimi boʻyicha

Markaziy bankning hududiy boshqarmasi boshligʻi

14.

Lavozimi boʻyicha

Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

15.

Lavozimi boʻyicha

Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi rahbari

16.

Lavozimi boʻyicha

“Mahalla” jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasi rahbari

17.

Lavozimi boʻyicha

“Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlinmasi rahbari

18.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri, ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 247-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) hududiy ishchi guruhlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) prokurori, sektor rahbari

4.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi, sektor rahbari

5.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi, sektor rahbari

6.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi

7.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

8.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) statistika boʻlimi boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi

10.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

11.

Lavozimi boʻyicha

“Mahalla” jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi raisi

12.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 247-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga mos kasb va koʻnikmalar oʻrgatish maxsus ustaxonalari va qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasb-hunar taʼlimi muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud

Kasb-hunar taʼlimi muassasalari

Moliyalashtirish yili

Moliyalashtirish mablagʻlari summasi(mln. soʻm)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar “Kommunal xoʻjaligi va servis” kasb-hunar kolleji

2018-y.

70

2.

Andijon viloyati

Shahrixon tuman “Yengil sanoat va servis” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahar “Politexnika” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahar “Iqtisodiyot va servis” kasb-hunar kolleji

2019-y.

70

5.

Navoiy viloyati

Navoiy shahar “Texnika va iqtisodiyot” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

6.

Namangan viloyati

Namangan shahar “Sanoat” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

7.

Samarqand viloyati

Samarqand shahar “Sanoat” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

8.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar “Sanoat va transport” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar “Kompyuter va axborot texnologiyalari” kasb-hunar kolleji

2018-y.

60

10.

Toshkent viloyati

Bekobod tuman “Maishiy xizmat” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

11.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar “Sanoat” kasb-hunar kolleji

2019-y.

60

12.

Xorazm viloyati

Urganch shahar “Maishiy xizmat” kasb-hunar kolleji

2018-y.

60

13.

Toshkent shahri

2-Toshkent yuridik kolleji

2019-y.

60

14.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji

2018-y.

70

15.

Toshkent shahri

Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji

2018-y.

70

16.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar “Sanoat” kasb-hunar kolleji

2018-y.

60

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/19/247/4178-son)