17.12.2019 yildagi 1008-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan, dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlangan Roʻyxatga muvofiq olib kiriladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ular uchun butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan texnologik va laboratoriya uskunalari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari maqsadga muvofiq foydalanilmagan taqdirda boʻshagan mablagʻlar toʻliq hajmda qonunda belgilangan jarimalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Ganiyev, A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1008-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2019-y., 09/19/1008/4167-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)