10.04.2019 yildagi PF-5707-son
import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati Agentlik tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda mazkur ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari nomlari tayyor mahsulotga ham, “in bulk” mahsulot shaklida import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ham joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoniga asosan birinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2718-son qaroriga muvofiq ochilgan kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasiga 25 mln AQSh dollaridan ajratsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini yaxshilash chora-tadbirlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Agentlikning Toshkent shahar, Ch. Aytmatov ko‘chasi, 1A-uy manzilidagi binosini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

Tadbirlar

rejasi

2019-yil
1-iyunga

qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK qoshida Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) talablariga mos keladigan klinik-oldi tadqiqotlar laboratoriyasini tashkil qilish.

Tadbirlar

rejasi

Ishlab chiqish — 2019-yil
1-iyunga

qadar

Amalga oshirish — 2019-2020-yy.

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. G‘ulomov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov)

3.

Agentlikka “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida operativ boshqaruv huquqi asosida ma’muriy bino ajratish.

Samarqand viloyati hokimining qarori

2019-yil
1-iyunga

qadar

Samarqand viloyati

hokimligi (E. Turdimov),
Agentlik (S. Kariyev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (N. Jo‘rayev)

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Agentlik qoshida farmatsevtika texnoparkini tashkil qilish uchun yer maydonini ajratish;

farmatsevtika texnoparki hududida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtining filialini joylashtirish;

farmatsevtika texnoparki hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish;

farmatsevtika texnoparki hududida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning yangi binos�ni qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil
1-iyulga

qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxo‘jayev)

II. Farmatsevtika tarmog‘i va sog‘liqni saqlash tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish chora-tadbirlari

5.

Barcha mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)ning milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattorov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

6.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha klinik bazalarini klinik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Agentlik (S. Kariyev),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

7.

Farmatsevtika mahsulotining klinik-oldi tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha barcha laboratoriyalarni Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)ning milliy talablariga moslashtirish bo‘yicha majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov)

8.

Farmatsevtika mahsulotini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalarni Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)ning milliy talablariga moslashtirish nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Agentlikning “Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme” (PIC/S) xalqaro tashkiloti va sohaga ixtisoslashgan boshqa xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish.

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Zarur amaliyotlar milliy sertifikatlashtirish organini sohaga ixtisoslashgan xalqaro organlardagi zarur amaliyotlar talablariga akkreditatsiya qilish va uning negizida zarur amaliyotlar milliy inspektoratini tayyorlash.

Tadbirlar
rejasi

Ishlab chiqish — 2019-yil

1-iyunga

qadar

Amalga oshirish — 2019-2020-yy.

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),

Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov)

10.

Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov)

11.

Klinik tadqiqotlar natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash protokollariga yangi mahalliy original dori preparatlarini kiritish tartibini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Innovatsion sog‘liqni saqlash
milliy palatasi (R. Izamov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Agentlik (S. Kariyev)

12.

Eng ilg‘or regulyatorlik amaliyotlarini, xususan oraliq isbotlovchi ma’lumotlarga ko‘ra ro‘yxatga olish rejimlari va ayrim toifadagi bemorlarning ixtiyoriy ravishda eng yangi terapiyadan foydalanish tartibini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil

1-sentabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Agentlik (S. Kariyev)

13.

Farmatsevtika mahsulotlarining sifati va ular sifatini nazorat qilish usullariga qo‘yiladigan zamonaviy xalqaro talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i

2020-yil
1-sentabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Agentlik (S. Kariyev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

III. Farmatsevtika tarmog‘ini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

14.

Agentlik qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

15.

2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlarni o‘tkazish va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. G‘ulomov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

16.

Ulgurji va chakana savdo korxonalarida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy texnikani saqlash hamda aylanmasi (realizatsiyasi) sifatini nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

17.

Klinik tadqiqotlardan oldin va ularni o‘tkazishda jarayonni hamda samarali o‘zaro hamkorlikni tashkil etish tartibini takomillashtirish, xodimlarning malakasi va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatini va klinik tadqiqotlarni o‘tkazishning har bir bosqichida tomonlarning javobgarlik doirasini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion rivojlanish
vazirligi (I. Abdurahmonov),

Agentlik (S. Kariyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

18.

Import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xomashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Agentlik
qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

19.

Import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz tatbiq qilinmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Har chorakda (zarur bo‘lganida)

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

20.

Xorijiy investorlarning mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning texnik ko‘magi (grantlari)ni, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 — 2024-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-oktabrga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. G‘ulomov)

a) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) 10-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-yanvardagi “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3489-son qarori 6-bandi ikkinchi xatboshi “sikl bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.