Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimining
Qarori
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Qoʻrgʻontepa xalq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 19-sentabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida shahardagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 508-sonli aloqa xatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
1. Tuman halq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 19-sentabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 508-sonli aloqa xati maqullansin.
2. Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*ilova berilmaydi,
3. Tuman “Qoʻrgʻontepa haqiqati” roʻznomasi muharririyati (A. Qoraboyev)ga qaror matnini gazeta sahifasida chop etish vazifasi topshirilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari S. Mamarasulov hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi N. Abdurazzaqova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. ERGAShEV
Qoʻrgʻontepa t.,
2019-yil 12-oktabr,
4688-Q-son