27.11.2019 yildagi 953-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4387-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti berishga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 31-32-son, 322-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
953-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik, fan va texnika sohasida davlat mukofotlari masalalari boʻyicha Kengash raisining oʻrinbosari

4.

I.Y. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, akademik

5.

I.U. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

6.

A.R. Maraximov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori

7.

S.M. Turabdjanov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

8.

U.P. Umurzakov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

9.

Sh.A. Ayupov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik

10.

T.U. Aripova

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik

11.

R.D. Qurbonov

“Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” AJ direktori, akademik

12.

S.Sh. Rashidova

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik

13.

K.Sh. Tojiboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik

14.

B.M. Beglov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi, akademik

15.

K.R. Allayev

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori, akademik

16.

M. Mirsaidov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri, akademik

17.

R.I. Xolmuradov

Samarqand davlat universiteti rektori

18.

B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik

19.

A.M. Reymov

Qoraqalpoq davlat universiteti rektori

20.

Sh.Sh. Sagdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori

21.

A.S. Sagdullayev

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, akademik

22.

A.S. Toʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori oʻrinbosari, akademik

23.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

24.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori

25.

T.T. Azamatov

“Oʻzmetkombinat” AJ bosh direktori v.b.

26.

O.Sh. Temirov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

27.

Oʻ.Oʻ. Ablakulov

“Artel Engineering and Management” MChJ ilmiy-tadqiqot rivojlantirish markazi direktori

28.

Gʻ.A. Muratov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

29.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻrinbosari, Kengash kotibi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari, huquq va vakolatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash fan, texnologiyalar va oliy taʼlimni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy va taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan fan, texnologiyalarni rivojlantirish va oliy taʼlimni takomillashtirish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shu jumladan, fan va taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvofiqlashtirish, fan va texnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi natijadorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik siyosat strategiyasi, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va tasdiqlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik loyihalarning davlat maqsadli dasturlarini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan toʻgʻridan toʻgʻri moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli indikatorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan toʻldirish va butlovchi hamda sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalar sohasida mamlakat ilm-fanini jahon yutuqlari bilan uygʻunlashtirish, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni reyting baholashda mamlakat imijini, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni faol tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va loyiha-konstruktorlik muassasalari, shuningdek, sanoat korxonalari va tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish maqsadida eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalar toʻgʻrisidagi ilgʻor xorijiy tajribani izlash, umumlashtirish, tahlil qilishning davlat axborot-tahlil tizimini yaratish, Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun ilmiy-texnik salohiyatning zamonaviy axborot-resurs bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasini isloh qilish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni muhokama qilish, shu jumladan, ommaviy muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnika sohasida Davlat mukofotini berish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fan va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shu jumladan, fan va taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvofiqlashtirish, fan va texnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi natijadorligini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan yagona davlat ilmiy-texnik siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq tadqiqotlarni moliyalashtirish orqali milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini koʻpaytirish maqsadida fan va oliy taʼlimni yanada rivojlantirish boʻyicha ilmiy-texnik salohiyatdan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish masalalarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-innovatsion faoliyati natijadorligi va samaradorligini kuchaytirish masalalarini muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratadi, mamlakat milliy iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan ilmiy-texnik yangiliklarning keng yoyilishi va joriy etilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan xoʻjalik birlashmalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy-texnik siyosat strategiyasi, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va tasdiqlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik siyosat strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi hamda ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fani va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha davlat organlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fani va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha takliflarni amalga oshirish choralarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda tez surʼatlarda rivojlanayotgan sohalarda ilmiy tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hamkorlikda ishlab chiqilgan ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda ularning harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida akademik va tarmoq fanlarining oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi va integratsiyasini mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy-texnik loyihalarning davlat maqsadli dasturlarini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat maqsadli dasturlari (loyihalari)ni muhokama qiladi va natijalari boʻyicha ularni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat maqsadli dasturlari (loyihalari)ni ishlab chiqish boʻyicha munozaralar tashkil etadi va takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat maqsadli dasturlari (loyihalari)ning bajarilishini muhokama qiladi, shuningdek, ularning bajarilishi ustidan samarali nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) har yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan toʻgʻridan toʻgʻri moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli indikatorlarini tasdiqlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-tadqiqot dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi va ularning yutuqlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyati samaradorligini oʻrganishni tashkil etadi, ularning yuqori idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi va ularning natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan toʻldirish va butlovchi hamda sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash masalalarini koʻrib chiqadi hamda fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflash materiallari va tarkibiy qismlar bilan jihozlanganligi darajasini har tomonlama oʻrganishni tashkil etadi, oʻrganish natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlarning bajarilishini muhokama qiladi va respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy ilmiy-texnik uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash, yangilash va zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) fan va texnologiyalar sohasida mamlakat ilm-fanini jahon yutuqlari bilan uygʻunlashtirish, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni reyting baholashda mamlakat imijini, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni faol tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatbardosh va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish boʻyicha mamlakatning texnologik rivojlanish sohasida xorijiy mamlakatlardan yetarli darajada mustaqilligini taʼminlaydigan amaliy chora-tadbirlar rejasini muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik hamkorlik sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, qoʻshma ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, respublika fani va texnologiyalari yutuqlarini koʻpaytirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarda mamlakatning yuqori koʻrsatkichlariga erishish va mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilmiy hamjamiyatidagi nufuzini oshirish boʻyicha izchil chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ilmiy-tadqiqot, taʼlim va loyiha-konstruktorlik muassasalari, shuningdek, sanoat korxonalari va tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish maqsadida eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalar toʻgʻrisidagi ilgʻor xorijiy tajribani izlash, umumlashtirish, tahlil qilishning davlat axborot-tahlil tizimini yaratish, Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun ilmiy-texnik salohiyatning zamonaviy axborot-resurs bazasini shakllantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish, texnologiyalar transferi, innovatsiyalar marketingi va ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat axborot-tahlil qidiruv tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tizim faoliyat yuritishi va uni takomillashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribaning eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalari boʻyicha tahlillar oʻtkazilishini tashkil etadi va tahlil natijalariga koʻra texnologiyalar transferi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufida ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, axborot-tahlil tizimlaridan foydalanish boʻyicha sanoat va tijorat tuzilmalariga ega boʻlgan davlat boshqaruvi idoralari va xoʻjalik birlashmalari ishlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish uchun zamonaviy axborot-resurs bazasini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasini isloh qilish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni muhokama qilish, shu jumladan, ommaviy muhokama qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining ilmiy yondashuv talab qiladigan dolzarb masalalar va muammolar yechimini topish boʻyicha tavsiya va takliflarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish va ilmiy-texnik dasturlarni bajarish borasida ilmiy muassasalar va oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining, shuningdek, yetakchi olimlarning oʻzaro manfaatdorlik hamda tarmoqlararo ilmiy hamkorlikka asoslangan fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik birlashmalari va ilmiy muassasalarda eksperimental-tajriba va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni yaratish masalalarini muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) fan va texnika sohasida Davlat mukofotini berish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda takliflar tayyorlash borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash va taqdim etish boʻyicha ishchi guruh tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar uchun tanlov tashkil etadi, shuningdek, ularning ishlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz yigʻilishlarida fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlarning ishini koʻrib chiqadi va muhokama natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengashning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, shuningdek, tasarrufida ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining yigʻilishlariga davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy muassasalar, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillarini Kengash tomonidan qoʻyilgan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish uchun taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalar sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ilmiy, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarni axborot-tahliliy va ekspert ishlarini oʻtkazish uchun, shuningdek, olimlar va mutaxassislarni ilmiy va ilmiy-texnikaviy siyosat masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganish va ishlab chiqish uchun jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning izchil bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kengash ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash Kengash raisi, uning oʻrinbosarlari, kotib va Kengash aʼzolaridan iborat boʻladi. Kengash aʼzolari uning ishida jamoatchilik asosida qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Kengashning raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash majlislarini tayyorlash va oʻtkazish, shuningdek, Kengashning joriy masalalarini hal qilish Kengash kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash yigʻilishlari kamida olti oyda bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Kengashning navbatdan tashqari yigʻilishlari oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisini rais, u boʻlmagan taqdirda, Kengash raisining oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash majlisi Kengash aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisining oʻrinbosarlari va uning aʼzolarining vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash raisining oʻrinbosarlari oʻz zimmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengashning ishchi organi funksiyasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — Fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar uchun tavsiyalarni koʻrib chiqish va takliflarni tayyorlash boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti — boshqa masalalar boʻyicha amalga oshiradi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga tavsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladigan yigʻilishlarni oʻtkazish tartibi, shuningdek, ushbu masalalarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish tartibi va ularni bayonnoma bilan rasmiylashtirish ushbu mukofot toʻgʻrisidagi Nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi va materiallari Kengash aʼzolariga yigʻilishdan kamida uch kalendar kun oldin boʻlajak majlis toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengashning qarorlari majlisda qatnashgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomani imzolash paytida Kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrini bildirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti berishga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REGLAMENTI

1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika sohasidagi Davlat mukofotiga (keyingi oʻrinlarda Davlat mukofoti deb ataladi) nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) fan va texnologiyalar sohasida Davlat mukofoti berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va shakllantirish uchun materiallarni tayyorlash Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti uchun nomzodlarning tavsiyalarini tayyorlash boʻyicha ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi organ davlat mukofotiga nomzodlarning arizalarini qabul qiladi va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom deb ataladi) talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgorlar ishlarini koʻrib chiqish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mukofotiga nomzodlarning arizalarini qabul qilish, ularning hujjatlarini koʻrib chiqish hamda fan va texnika sohasida Davlat mukofotini berish boʻyicha takliflar tayyorlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat mukofotini berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda mukofotlar topshirilishidan bir yil oldin 25-oktabrgacha Davlat mukofotini berish boʻyicha tavsiyanomalar qabul qilish boshlanganligini, nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari va tartibini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mukofotiga nomzodlarning arizalari va tegishli hujjatlar ommaviy axborot vositalarida qabul boshlanganligi toʻgʻrisida rasmiy eʼlon berilgan kundan boshlab uch oy davomida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlovda ishtirok etish uchun ishchi organga Davlat mukofotini berish uchun nomzodga tavsiya berayotgan tashkilotning rasmiy blankasida quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda xat yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-jamoat organining (ilmiy kengash, ilmiy-texnik kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va shu kabilar) talabgorni (mualliflar guruhini) tavsiya etishi haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor haqidagi maʼlumotnoma (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga tavsifnoma (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik pasporti nusxasi (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyi boʻyicha kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan talabgorning mehnat daftarchasi nusxasi (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot, ilmiy daraja va unvon toʻgʻrisidagi diplomlar nusxalari (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyi boʻyicha tasdiqlangan ilmiy ishlar roʻyxati (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin ijodiy ishlar eʼtirofi sifatida berilgan mukofot(lar) guvohnomasi (guvohnomalari)ning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq respublikada fan va texnikani rivojlantirishga qoʻshgan xissasi toʻgʻrisidagi asosnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va boshqa materiallarning yozma, audio va video yozuvli, tasvirli, hajmi yirik va boshqa shakldagi nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlovga quyidagi ishlar qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha fan va texnika sohasida oldin Davlat mukofoti berilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval koʻrib chiqilgan, biroq Davlat mukofotiga tavsiya etilmagan ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat mukofotiga tavsiya etilayotgan talabgorlar ishlarini ekpertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mukofoti berishga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish tugagach, ishchi organ tomonidan 1-fevralga qadar fan va texnologiyalarning tegishli tarmoqlari boʻyicha yetakchi olim va mutaxassislardan iborat ekspert guruhlari shakllantiriladi va ularning rahbarlari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mukofoti berishga nomzodlarning ishlarini va ularning Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish maqsadida ekspertlar guruhi yigʻilishida hujjatlar qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda har bir nomzodning ishi uchun bir-biridan mustaqil ravishda ikkita mutaxassis belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspertlarning xulosasi bir-biriga zid boʻlgan taqdirda, ekspertlar guruhi majlisi qarori bilan uchinchi ekspert tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taqdim etilgan ekspert xulosalari va Davlat mukofoti berishga nomzodlarning ishlari ekspertlar guruhining yigʻilishida muhokama qilinadi, uning natijalari fan va texnologiyalarning tegishli tarmogʻi ekspertlar guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspert guruhlari yigʻilishlarining bayonnomalari 25-fevraldan kechiktirmay ishchi organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat mukofoti berishga nomzodlar boʻyicha tavsiyalar kiritish va ularni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat mukofotiga nomzodlar ishlarining ekspertizasi yakunlari boʻyicha tayyorlangan materiallar ishchi organ tomonidan 25-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rasmiy blankasidagi xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash yigʻilishidan ikki hafta oldin Kengash aʼzolari Davlat mukofotiga koʻrsatilgan nomzodlarning ekspert xulosalari va muhokama natijalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar ilova qilingan materiallari bilan tanishib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat mukofotiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror Kengash majlisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismining ovozini olgan muallif (yoki mualliflar guruhi) Davlat mukofoti bilan taqdirlanishga tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat mukofotiga nomzodlarni koʻrib chiqish natijalari Kengash bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nomzodlarning ishlariga qisqacha tavsif berilgan nomzodlar roʻyxati Kengash bayonnomasiga ilova sifatida tasdiqlanadi, uning asosida Davlat mukofotiga tavsiya etish toʻgʻrisida taklif tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy blankasida Kengash raisining imzosi bilan 25-iyuldan kechikmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishchi organ, ekspertlar va Kengash aʼzolari Davlat mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlarning ishlarini Kengash tomonidan koʻrib chiqish davomida ekspertiza natijalari maxfiyligini taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengash aʼzolari tomonidan Davlat mukofotiga taqdim etilayotgan ish koʻrib chiqilayotganda muallif uning ishi koʻrib chiqilayotgan Kengash yigʻilishida ishtirok etmaydi va Kengash qarorlari hamda ushbu masalaga tegishli boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlar boʻyicha koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti berishga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash reglamentiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlariga talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalarni koʻrib chiqish va adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish boʻyicha takliflar tayyorlash reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengashning ishchi organi vazifasini bajarish yuklansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 6-bandda “fan va texnika, adabiyot” soʻzlari “adabiyot” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomidagi “Davlat mukofotlariga” soʻzlari “Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 2-bandlar va 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “fan va texnika, adabiyot” soʻzlari “adabiyot” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)