Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarori
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan mazkur masalaga doir qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov tushuniladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Davlat boji boshqa majburiy toʻlovlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga soʻzsiz rioya etishi shart.
3. Tushuntirilsinki, maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:
1) birinchi instansiya sudiga beriladigan:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi arizalardan;
Oldingi tahrirga qarang.
2) beriladigan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan:
(3-band 2-kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-aprelrdagi 19-sonli qarori tahririda)
maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari;
ish yuritishni tugatish, arizani koʻrmasdan qoldirish, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;
3) sud hujjatlarining dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun.
Ish hujjatlaridan fotonusxa koʻchirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat boji ariza, shikoyat (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) sudga berilgunga qadar toʻlanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa (masalan, toʻlovchi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan yoki sud davlat boji toʻlashni kechiktirgan yoxud boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat bergan boʻlsa).
Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi fakti bankning toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat boji naqd pul shaklida toʻlanganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Agar muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi.
Qolgan ishlarga sudya tomonidan toʻlov topshiriqnomasi sanasi va raqami koʻrsatilgan hamda toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi (maʼlumotnoma tuziladi).
Keyingi tahrirga qarang.
6. Shuni nazarda tutish lozimki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabining turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi.
Bir nechta mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab boʻyicha, ushbu talab uchun belgilangan tegishli stavkalar boʻyicha alohida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga koʻra uchinchi shaxslar ishga mustaqil talablar bilan kirishganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Ishga kirishgan arizachining huquqiy vorisidan davlat boji, agar u muqaddam toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi.
8. Ariza bir necha shaxs tomonidan birgalikda taqdim etilganda, davlat boji mazkur turdagi talab uchun belgilangan miqdordan oshmasligi lozim.
Birlashtirilgan bir yoki bir necha talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonun hujjatlari talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi, bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
9. Sud tomonidan koʻrmasdan qoldirilgan ariza takroran berilganda davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza koʻrmasdan qoldirilgan yoki qaytarishga asos boʻlgan shartlar bartaraf etilgandan soʻng takroran berilgan holda arizaga, agar qonunda belgilangan, davlat bojini budjet tasarrufiga oʻtkazish vaqtidan hisoblanadigan bir yillik daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yoʻl qoʻyiladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining beshinchi va yigirma ikkinchi qismlari).
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudga davlat boji toʻlanmagan ariza kelib tushganda, sudya qonun boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslar roʻyxatiga arizachi kirishi yoki kirmasligini tekshirishi shart (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi). Agar arizachi qonunga koʻra, davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa va arizada uni toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma mavjud boʻlmasa, shuningdek pochta xarajatlari toʻlanmaganda, sudya toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji, pochta xarajatlari summasini hamda ushbu kamchilik bartaraf qilingandan soʻng arizachining umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqini koʻrsatgan holda arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi (MSIYUtK 134-moddasi).
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Qonun boʻyicha sudya maʼmuriy sudga murojaat qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish huquqiga ega emasligini nazarda tutish lozim. Biroq, arizachining mulkiy ahvolidan kelib chiqib, (masalan, ish haqi (daromadi), uning mulkida boʻlgan mol-mulklari, bankdagi mablagʻlari, voyaga yetmagan farzandlari, boshqa qaramogʻidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va h.k.) sudya davlat bojini toʻlashni kechiktirishni yoki boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki arizachining iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimda hal qilishga haqli.
11. Ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yoʻla toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablagʻlarining mavjud emasligi toʻgʻrisidagi bankning tasdigʻi sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan boʻlib, uning maʼnosiga koʻra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi, boshqa hollarda esa toʻliq hajmda qaytariladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sudlar nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga:
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
dalillarni joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar kiradi.
Sudlarning eʼtibori sud chiqimlarini toʻlashdan ozod etish qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sud chiqimlarining taraf (taraflar) tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib koʻzdan kechirish haqida qilingan iltimosnomani, agar bu taraflarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlash uchun zarur boʻlsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ishni koʻrish bilan bogʻliq sarf qilingan chiqimlar, MSIYUtK 115-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi.
15. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi keyinchalik oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga xarajatlarni toʻlash tartibi va miqdori haqida”gi Qonuni bilan belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlarini nizoda nohaq boʻlib chiqqan taraf toʻlaydi.
Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish MSIYUtK 115-moddasi bilan tartibga solinadi. Shu sababli sud muhokamasi jarayonida sud (sudya) sud xarajatlari bilan bogʻliq holatlarni tekshirishi, bu holatlar boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va, nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha tarafdan (taraflardan) undirilishi lozim boʻlgan aniq summani belgilashi hamda shu summani hal qiluv qarorining (ajrimning) xulosa qismida koʻrsatishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Arizachi toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta arizachi tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan ariza toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga alohida har bir javobgardan qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi.
Ariza qanoatlantirilgan holda arizachining tegishli iltimosnomasi mavjud boʻlgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tushuntirilsinki, arizachi arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan arizachi oʻz talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan holda, davlat boji javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. MSIYUtK 162-moddasiga koʻra, sud xarajatlari masalasiga doir qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat, bu masala hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechilmagan holdagina chiqarilishi mumkin.
20. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sudlar nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar (1, 9, 11, 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari) sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojidan ozod etilgan.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-aprelrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yuqori instansiya sudlari maʼmuriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish vaqtida quyi instansiya sudlari tomonidan sud xarajatlarini undirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatish choralarini koʻrishi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-aprelrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda davlat boji tushumlari hisobga olinishini vaqti-vaqti bilan taqqoslash oʻtkazishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
20-son