1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.04 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
951-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda soliq toʻlovchilar deb ataladi) mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish (keyingi oʻrinlarda soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliqlarni toʻlash muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda toʻlashga imkon bermaydigan yuridik shaxslar uchun uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliqlarni toʻlash muddati quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda uzaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha qarzdorlikning bir martalik toʻlovi soliq toʻlovchini iqtisodiy nochorlikka (bankrotlikka) olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining ishlab chiqarish va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi mavsumiy xususiyatga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki yengib boʻlmaydigan kuchlarning boshqa holatlari natijasida zarar yetkazilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliqlarni toʻlash muddati soliq toʻlovchilarga bir oydan yigirma toʻrt oygacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga (masalan, muayyan sanaga hisoblangan summaga) yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan bir soliq yoki soliqlarning bir nechta turlari boʻyicha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni toʻlash muddatini navbatdagi uzaytirish toʻlash muddati uzaytirilgan soliq toʻlovchiga nisbatan soliqlarning kechiktirilgan summasi toʻliq toʻlangan sanadan boshlab uch yildan kam boʻlmagan muddatdan keyin berilishi mumkin, ushbu Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliqlarni toʻlash muddati 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda uzaytirilsa soliq qarzdorligi summasiga soliq qarzdorligi uchun belgilangan penya miqdorida foizlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar boʻyicha penya hisoblash tegishli soliqlar boʻyicha muddatning uzaytirilishi amal qilish davri boshlangandan boshlab toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlash muddatini uzaytirishdan foydalanganlik uchun foizlar ularga nisbatan muddat uzaytirilgan soliqlar boʻyicha qarzdorlik summasi toʻlanadigan kunda bir vaqtda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlash muddatini uzaytirishdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblab chiqarish penyani hisoblash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi va soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida kechiktirilgan soliqlar uchun hisoblangan foizlar sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish soliq toʻlovchiga uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan holatda soliq toʻlash muddati uzaytirilsa, soliq qarzdorligi summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq toʻlovchi soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlash muddatini uzaytirishi uchun yuridik shaxsning kafilligini taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlarni toʻlash muddati uzaytirilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashi va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashi va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining soliq toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori (keyingi oʻrinlarda soliq toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror deb ataladi) loyihasi tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq toʻlovchining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soliq solish obyekti joylashgan joy boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini va yagona yer soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qogʻoz yoki elektron shaklda berilgan ariza qaror loyihasini tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlash muddati uzaytiriladigan soliqlar (mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi) boʻyicha hisoblangan va toʻlangan summalar toʻgʻrisida soliq solish obyekti joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma, shuningdek, soliq toʻlovchining banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari roʻyxatini oʻz ichiga olgan ushbu soliqlar boʻyicha hisoblangan va toʻlangan penya va jarimalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning: arizani topshirishdan oldingi olti oylik davrda soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha pul mablagʻlarining har oylik aylanmasi toʻgʻrisidagi; toʻlanmagan hisob hujjatlarining tegishli kartotekasiga joylashtirilgan hisob hujjatlari mavjudligi yoki ushbu kartotekada ularning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi; soliq toʻlovchining banklardagi barcha hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragentlari roʻyxati — ular bilan tuzilgan shartnomalar nusxasi ilova qilingan holda soliq toʻlovchining debitorlari (yoki majburiyatlar yuzaga kelganligining boshqa asoslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmatlari organlariga oxirgi xisobot davri uchun taqdim etilgan moliyaviy xisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan faoliyat turlaridan olgan daromadlari ulushi umumiy daromadlarining kamida 50 foizini tashkil etishini tasdiqlovchi hujjatlar. Mazkur hujjat soliq toʻlovchining tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishi va (yoki) realizatsiya qilishi mavsumiy xususiyatga ega boʻlganda soliq toʻlash muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandga muvofiq toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi holatlarda soliq toʻlovchi soliq toʻlash muddatini uzaytirish uchun berilgan arizaga faqat quyidagilarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kafillik — soliq toʻlash muddati soddalashtirilgan tartibida uzaytirilishi uchun. Bunda, kafil soliq toʻlovchiga oxirgi ikki yilda xisoblangan va toʻlangan soliqlar boʻyicha davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasini taqdim etadi. Bunda, kafilning ushbu davr uchun hisoblangan soliqlari summasi u tomonidan toʻlash majburiyati kafolatlangan soliq miqdori boʻyicha toʻlash muddati uzaytirilayotgan soliq summasining uch baravaridan (bir yilga hisoblaganda) kam boʻlmasligi kerak. Kafillik obyekt joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organi va kafillik beruvchi oʻrtasida fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuziladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliqlar va tegishli penya summalari belgilangan muddatda toʻlamagan taqdirda, kafillik beruvchi soliq toʻlovchining majburiyatlarini toʻliq hajmda bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlash majburiyati kafillik bilan taʼminlangan soliqlar belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan hollarda, davlat soliq xizmati organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan boshlab besh kun mobaynida kafilga kafillik shartnomasi boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida talabnomani joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kafil kafillik shartnomasi boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani belgilangan muddatda bajarmasa, davlat soliq xizmati organi kafildan uning kafilligi bilan taʼminlangan summalarni majburiy undirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillik shartnomasiga muvofiq kafil oʻziga olgan majburiyatlarni bajargach, oʻzi tomonidan toʻlangan soliq summalarini, shuningdek, mazkur soliqlar boʻyicha foizlar hamda soliq toʻlovchining majburiyatlarini bajarish natijasida yetkazilgan zararlarni soliq toʻlovchidan undirish huquqi kafilga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnologik halokat yoki yengib boʻlmaydigan boshqa kuch holatlari natijasida soliq toʻlovchiga yetkazilgan zarar boʻyicha soliqlarni toʻlash muddati uzaytirilishida — tabiiy ofatlar, texnologik halokat yoki yengib boʻlmaydigan kuchning boshqa holatlar natijasida soliq toʻlovchiga yetkazilgan zarar qiymati toʻgʻrisida vakolatli organning (tashkilotning) ekspert xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻlash muddati uzaytirilayotgan soliq turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlash muddati uzaytirilayotgan soliq turi boʻyicha qarzdorlik miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlash muddati uzaytirilayotgan har bir soliq turi boʻyicha muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻlash muddati uzaytirilayotgan har bir soliq turi boʻyicha toʻlash muddati va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorda kafillik toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi qaror soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashlari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror u qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bunda hisoblanadigan penya soliq toʻlash uchun belgilangan kundan mazkur qaror kuchga kiradigan kunga qadar boʻlgan butun davr uchun, agar koʻrsatilgan toʻlash muddati mazkur qaror kuchga kiradigan kundan oldin kelsa, qarzdorlik summasiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar soliqlarni toʻlash muddati kafillik boʻyicha uzaytirilsa, toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror kafillik toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonunlar buzilishi bilan bogʻliq jinoyat belgilariga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlash shartlari buzilishi munosabati bilan oldin taqdim qilingan toʻlash muddatini uzaytirilishning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchini tugatish amalga oshirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunida soliq toʻlovchiga va soliq solish obyekti joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirishning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soliqlarni toʻlash muddati uzaytirilishining amal qilishi qarorning amal qilish muddati tugagach yoxud quyidagi hollarda bunday muddat tugagach toʻxtatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddat tugagunga qadar soliq qarzdorligining barcha kechiktirilgan summalari toʻlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlash muddati uzaytirishlishi amal qilishini ixtiyoriy toʻxtatish toʻgʻrisida soliq toʻlovchining arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchini tugatish tartibi boshlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 18-bandi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish belgilangan muddatidan oldin toʻxtatilganligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchini va mahalliy davlat hokimiyati organini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat soliq xizmati organlari mazkur Nizom talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan axborot asosida alohida hisob yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish boʻyicha soliqlar summalari oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Soliq toʻlovchilar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish uchun ariza beradi.
Zaruriyatga koʻra
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1. Arizani va u bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni nizom talablariga muvofiqlik yuzasidan koʻrib chiqadi va qaror loyihasini tayyorlaydi.
1. Ariza berilganda
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashlari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga qaror loyixasini koʻrib chiqish uchun kiritadi.
2. Ariza tushgan kundan boshlab besh ish kunda
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashilari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi
Soliq toʻlash muddatini uzaytirish yoki soliq toʻlash muddatini uzaytirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan boshlab 30 kundan kechikmay
4-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari
Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini soliq toʻlovchiga va soliq toʻlovchini soliq solish obyekti joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organiga yuboradi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ARIZA
___________________________________________________________________________ni amalga oshiruvchi (asosiy faoliyat turi) ___________________________________________________________________________________________ (soliq toʻlovchining toʻliq nomi) Sizdan ___________________________________________________________________________ soliq boʻyicha (soliqning toʻliq nomi)
20____ yil “____” _____________ dan 20____ yil “____” _____________ga qadar, __________ oy muddatga, __________________________________________________ soʻmga toʻlov muddatini uzaytirishingizni soʻraydi.
(summa son va soʻz bilan yoziladi)
Obyekt __________________________________________________________________________ da joylashgan. (respublika hududi, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va xonadon raqami)
Kechiktirilgan summani toʻlash tartibi bilan tanishdim va Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan muddatlarda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan summani toʻlash majburiyatini olaman.
Ariza taqdim qilingan sana (kun oy yil)
Rahbar
________________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
________________________________
(imzo)
M.�. (muhr mavjud boʻlganda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 2-oktabrdagi 281-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., № 10-son, 71-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Maxkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 121-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/951/4073-son)