Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2020 25.11.2019 yildagi 951-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
951-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda soliq to‘lovchilar deb ataladi) mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish (keyingi o‘rinlarda soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliqlarni to‘lash muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda to‘lashga imkon bermaydigan yuridik shaxslar uchun uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliqlarni to‘lash muddati quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda uzaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar soliqlar, penyalar va jarimalar bo‘yicha qarzdorlikning bir martalik to‘lovi soliq to‘lovchini iqtisodiy nochorlikka (bankrotlikka) olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining ishlab chiqarish va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi mavsumiy xususiyatga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki yengib bo‘lmaydigan kuchlarning boshqa holatlari natijasida zarar yetkazilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliqlarni to‘lash muddati soliq to‘lovchilarga bir oydan yigirma to‘rt oygacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga (masalan, muayyan sanaga hisoblangan summaga) yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan bir soliq yoki soliqlarning bir nechta turlari bo‘yicha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni to‘lash muddatini navbatdagi uzaytirish to‘lash muddati uzaytirilgan soliq to‘lovchiga nisbatan soliqlarning kechiktirilgan summasi to‘liq to‘langan sanadan boshlab uch yildan kam bo‘lmagan muddatdan keyin berilishi mumkin, ushbu Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliqlarni to‘lash muddati 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda uzaytirilsa soliq qarzdorligi summasiga soliq qarzdorligi uchun belgilangan penya miqdorida foizlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar bo‘yicha penya hisoblash tegishli soliqlar bo‘yicha muddatning uzaytirilishi amal qilish davri boshlangandan boshlab to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lash muddatini uzaytirishdan foydalanganlik uchun foizlar ularga nisbatan muddat uzaytirilgan soliqlar bo‘yicha qarzdorlik summasi to‘lanadigan kunda bir vaqtda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lash muddatini uzaytirishdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblab chiqarish penyani hisoblash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi va soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida kechiktirilgan soliqlar uchun hisoblangan foizlar sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish soliq to‘lovchiga uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatda soliq to‘lash muddati uzaytirilsa, soliq qarzdorligi summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq to‘lovchi soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lash muddatini uzaytirishi uchun yuridik shaxsning kafilligini taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlarni to‘lash muddati uzaytirilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashi va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashi va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining soliq to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori (keyingi o‘rinlarda soliq to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror deb ataladi) loyihasi tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq to‘lovchining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yagona yer solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risida qog‘oz yoki elektron shaklda berilgan ariza qaror loyihasini tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lash muddati uzaytiriladigan soliqlar (mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i) bo‘yicha hisoblangan va to‘langan summalar to‘g‘risida soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma, shuningdek, soliq to‘lovchining banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan va to‘langan penya va jarimalar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning: arizani topshirishdan oldingi olti oylik davrda soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining har oylik aylanmasi to‘g‘risidagi; to‘lanmagan hisob hujjatlarining tegishli kartotekasiga joylashtirilgan hisob hujjatlari mavjudligi yoki ushbu kartotekada ularning mavjud emasligi to‘g‘risidagi; soliq to‘lovchining banklardagi barcha hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragentlari ro‘yxati — ular bilan tuzilgan shartnomalar nusxasi ilova qilingan holda soliq to‘lovchining debitorlari (yoki majburiyatlar yuzaga kelganligining boshqa asoslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmatlari organlariga oxirgi xisobot davri uchun taqdim etilgan moliyaviy xisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyat turlaridan olgan daromadlari ulushi umumiy daromadlarining kamida 50 foizini tashkil etishini tasdiqlovchi hujjatlar. Mazkur hujjat soliq to‘lovchining tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishi va (yoki) realizatsiya qilishi mavsumiy xususiyatga ega bo‘lganda soliq to‘lash muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandga muvofiq to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi holatlarda soliq to‘lovchi soliq to‘lash muddatini uzaytirish uchun berilgan arizaga faqat quyidagilarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kafillik — soliq to‘lash muddati soddalashtirilgan tartibida uzaytirilishi uchun. Bunda, kafil soliq to‘lovchiga oxirgi ikki yilda xisoblangan va to‘langan soliqlar bo‘yicha davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasini taqdim etadi. Bunda, kafilning ushbu davr uchun hisoblangan soliqlari summasi u tomonidan to‘lash majburiyati kafolatlangan soliq miqdori bo‘yicha to‘lash muddati uzaytirilayotgan soliq summasining uch baravaridan (bir yilga hisoblaganda) kam bo‘lmasligi kerak. Kafillik obyekt joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organi va kafillik beruvchi o‘rtasida fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuziladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliqlar va tegishli penya summalari belgilangan muddatda to‘lamagan taqdirda, kafillik beruvchi soliq to‘lovchining majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lash majburiyati kafillik bilan ta’minlangan soliqlar belgilangan muddatda soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan hollarda, davlat soliq xizmati organi soliqni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan boshlab besh kun mobaynida kafilga kafillik shartnomasi bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risida talabnomani jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kafil kafillik shartnomasi bo‘yicha pul summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani belgilangan muddatda bajarmasa, davlat soliq xizmati organi kafildan uning kafilligi bilan ta’minlangan summalarni majburiy undirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillik shartnomasiga muvofiq kafil o‘ziga olgan majburiyatlarni bajargach, o‘zi tomonidan to‘langan soliq summalarini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha foizlar hamda soliq to‘lovchining majburiyatlarini bajarish natijasida yetkazilgan zararlarni soliq to‘lovchidan undirish huquqi kafilga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnologik halokat yoki yengib bo‘lmaydigan boshqa kuch holatlari natijasida soliq to‘lovchiga yetkazilgan zarar bo‘yicha soliqlarni to‘lash muddati uzaytirilishida — tabiiy ofatlar, texnologik halokat yoki yengib bo‘lmaydigan kuchning boshqa holatlar natijasida soliq to‘lovchiga yetkazilgan zarar qiymati to‘g‘risida vakolatli organning (tashkilotning) ekspert xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) to‘lash muddati uzaytirilayotgan soliq turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) to‘lash muddati uzaytirilayotgan soliq turi bo‘yicha qarzdorlik miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) to‘lash muddati uzaytirilayotgan har bir soliq turi bo‘yicha muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) to‘lash muddati uzaytirilayotgan har bir soliq turi bo‘yicha to‘lash muddati va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorda kafillik to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qaror soliq to‘lovchining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashlari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror u qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bunda hisoblanadigan penya soliq to‘lash uchun belgilangan kundan mazkur qaror kuchga kiradigan kunga qadar bo‘lgan butun davr uchun, agar ko‘rsatilgan to‘lash muddati mazkur qaror kuchga kiradigan kundan oldin kelsa, qarzdorlik summasiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar soliqlarni to‘lash muddati kafillik bo‘yicha uzaytirilsa, to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror kafillik to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan so‘ng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonunlar buzilishi bilan bog‘liq jinoyat belgilariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lash shartlari buzilishi munosabati bilan oldin taqdim qilingan to‘lash muddatini uzaytirilishning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchini tugatish amalga oshirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunida soliq to‘lovchiga va soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirishning amal qilishini to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soliqlarni to‘lash muddati uzaytirilishining amal qilishi qarorning amal qilish muddati tugagach yoxud quyidagi hollarda bunday muddat tugagach to‘xtatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddat tugagunga qadar soliq qarzdorligining barcha kechiktirilgan summalari to‘langanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lash muddati uzaytirishlishi amal qilishini ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida soliq to‘lovchining arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchini tugatish tartibi boshlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 18-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish belgilangan muddatidan oldin to‘xtatilganligi to‘g‘risida soliq to‘lovchini va mahalliy davlat hokimiyati organini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat soliq xizmati organlari mazkur Nizom talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan axborot asosida alohida hisob yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish bo‘yicha soliqlar summalari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Soliq to‘lovchilar

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish uchun ariza beradi.

Zaruriyatga ko‘ra

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Arizani va u bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni nizom talablariga muvofiqlik yuzasidan ko‘rib chiqadi va qaror loyihasini tayyorlaydi.

1. Ariza berilganda

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashlari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga qaror loyixasini ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

2. Ariza tushgan kundan boshlab besh ish kunda

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashilari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi

Soliq to‘lash muddatini uzaytirish yoki soliq to‘lash muddatini uzaytirishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Soliq to‘lovchining arizasi olingan kundan boshlab 30 kundan kechikmay

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasini soliq to‘lovchiga va soliq to‘lovchini soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organiga yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎_________________________________
‎_________________________________

‎‎
‎Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer
‎solig‘i bo‘yicha soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish to‘g‘risida
‎ARIZA

‎‎___________________________________________________________________________ni amalga oshiruvchi
‎(asosiy faoliyat turi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎(soliq to‘lovchining to‘liq nomi)
‎Sizdan ___________________________________________________________________________ soliq bo‘yicha
‎(soliqning to‘liq nomi)

‎‎20____ yil “____” _____________ dan 20____ yil “____” _____________ga qadar, __________ oy muddatga,
‎__________________________________________________ so‘mga to‘lov muddatini uzaytirishingizni so‘raydi.

‎‎(summa son va so‘z bilan yoziladi)

‎‎Obyekt __________________________________________________________________________ da joylashgan.
‎(respublika hududi, shahar, tuman, qishloq, ko‘cha, uy va xonadon raqami)

‎‎
‎Kechiktirilgan summani to‘lash tartibi bilan tanishdim va Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan muddatlarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan summani to‘lash majburiyatini olaman.

‎‎Ariza taqdim qilingan sana (kun oy yil)

‎‎Rahbar ‎

________________________________‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Bosh buxgalter

________________________________‎‎

(imzo)‎‎

‎‎M.�. (muhr mavjud bo‘lganda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 2-oktabrdagi 281-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., № 10-son, 71-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb xisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 121-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/951/4073-son)