Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2649-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 5-sonli ““Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-9, 22.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4159-son “Sogʻliqni saqlash tizimi islohotlariga ilgʻor horijiy tajribani joriy etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-yanvardagi 14-son “Shifokorlarni muntazam attestatsiyadan oʻtkazish va oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 18-dekabrdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649, 2015-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-oktabr,
95-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 31-oktabrdagi 95-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima “Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari” degan soʻzlardan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 7-bandning oltinchi xatboshisidagi “davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari umumiy gigiyena va epidemiologiya” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari umumiy gigiyena mutaxassisligi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari epidemiologiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kamida ikki yildan keyin” degan soʻzlar “kamida bir yildan keyin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shugʻullanayotgan ilmiy darajasi mavjud boʻlgan, shuningdek mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarga istisno tariqasida, bir pogʻona yuqori malaka toifasi beriladi.”.
4. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining hududiy boshqarmalari va hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini toʻplagan hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq malaka oshirgan talabgorlar malaka toifasi olish uchun attestatsiyadan oʻtkazuvchi tegishli organga ariza bilan murojaat qiladi.”.
6. 24 va 35-bandlardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 25-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“talabgor mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq, tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini toʻplamagan yoki Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq malaka oshirmagan taqdirda;”.
8. 36-banddagi “tegishli bosqich oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil” degan soʻzlar “attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab toʻqqiz oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2019-yil 28-oktabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2019-yil 28-oktabr,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIQOV
2019-yil 28-oktabr,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 10/19/2649-3/4019-son)