08.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3194
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 08.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3194
Кучга кириш санаси
08.11.2019
Hujjat 08.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3194]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vaziri A. RAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-61-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-oktabrdagi 6, 01-02/12-61-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI VA TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq avtotransport vositasida amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni xalqaro tashish — ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari boʻylab avtomobil transportida yuk tashish, shuningdek yuksiz avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi boʻylab oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy tashuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasida yuklarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tashuvchi — xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuklarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar-transport yukxati (bundan buyon matnda yukxati deb yuritiladi) — xalqaro yoʻllarda yuklarni tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning joʻnatuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport vositasi toʻgʻrisida, shuningdek uni ortish va tushirish joylari haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ruxsatnomasi — xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishiga bir martalik ruxsatnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillarida mazkur hujjatda belgilanganidan koʻra boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari yoki xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yuklarni halqaro tashish turlari va ularni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar ikki tomonlama tashishlar deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlat hududidan xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat aynan bir davlat hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat va avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat aynan bir davlat boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlat hududidan milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat xorijiy davlat hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat va avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, xorijiy davlat boʻlgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar tranzit tashishlar deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa xorijiy davlat hududiga xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, yukni qabul qilib oluvchi davlat hamda avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat xorijiy davlatlar hisoblangan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa xorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, yukni qabul qilib oluvchi davlat hamda avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat xorijiy davlatlar hisoblangan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga tashishlar deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir xorijiy davlatning yuk tashuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa xorijiy davlat hududidan yuk tashishni amalga oshirganda yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati hamda avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat — xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat hisoblanmaganda, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir xorijiy davlatning yuk tashuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan boshqa xorijiy davlat hududiga yuk tashishni amalga oshirganda yukxatiga muvofiq avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanib, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat — avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat boʻlmagan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtomobilda xalqaro yuk tashish turini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Transport vazirligining masʼul xodimlari (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuk ortilgan avtotransport vositasi haydovchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun talab etiladigan Oʻzbekiston ruxsatnomasi, yukxati va boshqa hujjatlar masʼul xodimga amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashishning turini belgilash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuk ortilgan avtotransport vositasi haydovchisi taqdim etgan yukxati, Oʻzbekiston ruxsatnomasida qayd etilgan maʼlumotlar masʼul xodim tomonidan, zarurat boʻlganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda oʻrganilib, mazkur mezonlar va tartibga asosan avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashishning turi belgilanadi hamda shu vaqtning oʻzida taqdim etilgan hujjatlarga bu haqda belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro yuk tashishning turi belgilanganidan soʻng, yuk avtotransport vositasi haydovchisiga tegishli hujjatlar qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

10. Mazkur hujjat talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 10/19/3194/4006-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 03.06.2026-y., 10/26/3194-1/0552-son)