Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3194]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-oktabr,
6-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-oktabr,
01-02/12-61-son
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-oktabrdagi 6, 01-02/12-61-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash
MEZONLARI VA TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur hujjat avtotransport vositasida amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 26-maydagi 02-07/13-45-sonli qarori (roʻyxat raqami 3194-1, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/3194-1/0552-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yuklarni xalqaro tashish — ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari boʻylab avtomobil transportida yuk tashish, shuningdek yuksiz avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi boʻylab oʻtishi;
milliy tashuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasida yuklarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
xorijiy tashuvchi — xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuklarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
xalqaro tovar-transport yukxati (bundan buyon matnda yukxati deb yuritiladi) — xalqaro yoʻllarda yuklarni tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning joʻnatuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport vositasi toʻgʻrisida, shuningdek uni ortish va tushirish joylari haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston ruxsatnomasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro tashishni amalga oshirish uchun xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi hujjat.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 26-maydagi 02-07/13-45-sonli qarori (roʻyxat raqami 3194-1, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/3194-1/0552-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillarida mazkur hujjatda belgilanganidan koʻra boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari yoki xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillari qoʻllaniladi.
2-bob. Yuklarni halqaro tashish turlari va ularni belgilash
3. Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar ikki tomonlama tashishlar deb eʼtirof etiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlat hududidan xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat aynan bir davlat hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan hollarda;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat va avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat aynan bir davlat boʻlgan hollarda;
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlat hududidan milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat xorijiy davlat hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan hollarda;
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat va avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanib, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa, xorijiy davlat boʻlgan hollarda.
4. Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar tranzit tashishlar deb eʼtirof etiladi:
a) bir xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa xorijiy davlat hududiga xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, yukni qabul qilib oluvchi davlat hamda avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat xorijiy davlatlar hisoblangan hollarda;
b) bir xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali boshqa xorijiy davlat hududiga milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida tranzit tarzda yuk tashish amalga oshirilishida yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati, yukxati rasmiylashtirilgan davlat, avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat, yukni qabul qilib oluvchi davlat hamda avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat xorijiy davlatlar hisoblangan hollarda.
5. Yuklarni xalqaro tashishda quyidagilar uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga tashishlar deb eʼtirof etiladi:
a) bir xorijiy davlatning yuk tashuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa xorijiy davlat hududidan yuk tashishni amalga oshirganda yukxatiga muvofiq yukni joʻnatuvchining davlati hamda avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat — xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat hisoblanmaganda, avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat esa Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan hollarda;
b) bir xorijiy davlatning yuk tashuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan boshqa xorijiy davlat hududiga yuk tashishni amalga oshirganda yukxatiga muvofiq avtotransport vositasiga yuk ortilgan davlat Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanib, xorijiy tashuvchi va avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat — avtotransport vositasidan yuk tushiriladigan davlat boʻlmagan hollarda.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Avtomobilda xalqaro yuk tashish turini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Transport vazirligining masʼul xodimlari (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 26-maydagi 02-07/13-45-sonli qarori (roʻyxat raqami 3194-1, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/3194-1/0552-son)
7. Yuk ortilgan avtotransport vositasi haydovchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun talab etiladigan Oʻzbekiston ruxsatnomasi, yukxati va boshqa hujjatlar masʼul xodimga amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashishning turini belgilash uchun taqdim etiladi.
8. Yuk ortilgan avtotransport vositasi haydovchisi taqdim etgan yukxati, Oʻzbekiston ruxsatnomasida qayd etilgan maʼlumotlar masʼul xodim tomonidan, zarurat boʻlganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda oʻrganilib, mazkur mezonlar va tartibga asosan avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashishning turi belgilanadi hamda shu vaqtning oʻzida taqdim etilgan hujjatlarga bu haqda belgi qoʻyiladi.
9. Xalqaro yuk tashishning turi belgilanganidan soʻng, yuk avtotransport vositasi haydovchisiga tegishli hujjatlar qaytarib beriladi.
3-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mazkur hujjat talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 10/19/3194/4006-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 03.06.2026-y., 10/26/3194-1/0552-son)