Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021 23.01.2015 yildagi 60-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani xokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinsoy tumanidagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami — 2452, 25.04.2013-yil) ga asosan 2015-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda Texnikalar deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Oltinsoy tuman davlat inspektori tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha texnikalarning 2015-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi barcha texnikalarni roʻyxatini shakllantirish hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Oltinsoy tuman davlat inspektori (J. Moʻminov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik koʻrikni oʻtkazishda: barcha texnikalarning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus texnikalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2015-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, texnikalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Oltinsoy tuman davlat inspektori (J. Moʻminov)ga 2-ilovaga* asosan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasini har bir texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2015-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning stavkalari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 va 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tumandagi har bir mulkdor texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni toʻldirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sugʻurta tashkilotlariga tumandagi barcha traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish texnikalari va traktor tirkamalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining 2014-yil 11-martdagi 107-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Abdurayimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. SAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinsoy t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 23-yanvardagi 60-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinsoy tumani hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni 2015-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J. Moʻminov

—

Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Oltinsoy tuman davlat inspektori, komissiya raisi

A. Aliyarov

—

Oltinsoy tumanidagi doimiy harakatdagi komissiya kotibi

Y. Odinayev

—

“Oltinsoy Agrotexservis MTP” MChJ direktori

A. Satgarov

—

Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining meva-savzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha mutaxasisi

I. Joʻrayev

—

Paxtakor MTP muhandisi