Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining
qarori
Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24 va 25-moddalariga asosan qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmonida 2021-yil 1-iyunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish choralarini koʻrish belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan keyin kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
Surxondaryo viloyati hokimi T. BOBOLOV
Termiz sh.,
2021-yil 6-iyul,
VI-29-26-8-0-K/21-son