Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining
qarori
Boysun tumanining 2016-yilgi mahalliy budjeti ijrosi va 2017-yil mahalliy budjeti asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 28-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 618-III-sonli va shu haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 13-dekabrdagi SQ-122-III-sonli hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2016-yil 28-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2016-yilgi mahalliy budjeti ijrosi va 2017-yil mahalliy budjeti asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida”gi 76/5-13-sonli qarorlariga asosan Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2016-yil 28-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2016-yilgi mahalliy budjeti ijrosi va 2017-yil mahalliy budjeti asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻisida”gi 76/5-13-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
* Ilovalar berilmaydi.
3. Boysun tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Turayev) va Moliya boʻlimi (Oʻ. Musinov) birgalikda tuman mahalliy budjeti daromadlar qismining soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarilishini taʼminlasin.
4. Boysun tuman xokimligi Moliya boʻlimi (Oʻ. Musinov)ga:
2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tuman mahalliy budjetining 2017-yil davomida mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllanadigan qoʻshimcha manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur tuzatishlar kiritish;
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanish asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib borish hamda budjet mablagʻlaridan saqlanish asoslari mavjud boʻlmagan hamda ajratilgan budjet mablagʻlarining natijadorligiga erishilmayotgan budjet muassasalarini qisqartirish yuzasidan tuman hokimligi, tegishli tashkilot va korxonalarga muntazam ravishda taklif kiritish;
gʻaznachilik organlari bilan birgalikda budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisida har chorakda axborot berib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Boysun tuman xokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishi, mintaqalarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustaxkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrsinlar, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi ustidan katʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
6. Ushb qarorning ijrosini nazorat kilish Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E.Ch. Toshboyev)ga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. UMIDOV
Boysun t.,
2017-yil 9-yanvar,
71/16-5-son