28.10.2016 yildagi 618-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 2017-yilgi Budjetnomani muhokama qilib, shuni taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 96-moddasi qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari loyihasi makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy oʻsishni saqlab qolishga, davlat qarzining asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslikka, aholi daromadlari va turmush darajasi yanada yuksalishini taʼminlashga, chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarga va muhandislik, yoʻl-transport hamda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga, shuningdek budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromad bazasini koʻpaytirish va mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirib subvensiya oluvchi hududlarni kamaytirishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasi soliq yukini yanada kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilash, shuningdek budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini yanada oshirishni, budjet mablagʻlarini samarali rejalashtirishga, ulardan foydalanishning natijadorligini oshirishga hamda budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan Budjetnomani — Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasiga muvofiq har tomonlama koʻrib chiqib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining, Ekologik harakat deputatlar guruhining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning prognozlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari bajarilishini, 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining parametrlari ijro etilishini taʼminlasin. Bunda eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy davlat dasturlarini amalga oshirish, shuningdek makroiqtisodiy mutanosiblikni, iqtisodiyotining isloh etilishini va tarkibiy oʻzgartirishlarni taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Ekologik harakat deputatlar guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi masalalarini koʻrib chiqish chogʻida ularning ijro etilishi ustidan parlament nazoratini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning tasdiqlangan prognozlari va Oʻzbekiston Respublikasi 2017-yilgi Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining parametrlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari bajarilishiga, avvalo, ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirishga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishiga parlament nazoratini amalga oshirish chogʻida alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2017-yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi 2017-yilgi Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari ijrosi yuzasidan muntazam ravishda nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
618-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 327-modda)