1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari 2019-yilning oʻzida qoʻshimcha 33,2 ming gektarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash imkonini berdi, bu esa shu kabi texnologiyalar qoʻllanilayotgan yerlar umumiy maydonining 44 foizini tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari qoʻllanilayotgan umumiy maydon atigi 75 ming gektarni yoki umumiy sugʻoriladigan yer maydonlarining 1,7 foizini tashkil etayotganligi qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada faollashtirish zaruratini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada kengaytirish va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlari hosildorligi darajasini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq 2019 — 2022-yillar davomida 253 381 gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qaroriga muvofiq paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun paxta xom ashyosi ekiladigan maydonning har bir gektari uchun 8 mln soʻm miqdorida subsidiyalar taqdim etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4161-son qaroriga muvofiq yangi uzum plantatsiyalarini yaratish maqsadida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga uzum ekiladigan maydonning har bir gektari uchun 8 mln soʻm miqdorida subsidiyalar taqdim etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qaroriga muvofiq yangi bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini yaratish maqsadida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga ekin maydonining har bir gektari uchun 6 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar taqdim etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yilda 43 825 gektarda, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24 859 gektar — paxta ekin maydonlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 498 gektar — mevali ekin maydonlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 987 gektar — uzumzorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 481 gektar — boshqa ekin maydonlarida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarining samarali bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2020-yil 1-yanvardan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq subsidiyalar taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlarini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish talabi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishlar doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga muvofiq ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ishlab chiqarishda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarining barcha turlarini joriy etish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash uchun suv yetkazib berish nasos stansiyalari va nasos agregatlari yordamida, shu jumladan sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan amalga oshiriladigan ekin maydonlari ustuvor hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-yanvardan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xoʻjaligi tashkilotlarining sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun foydalanishga suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash sharti bilan ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 20-noyabrga qadar hududlar va ekin maydonlarini koʻrsatgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari va suv tejovchi sugʻorish tizimlari turlari kesimida 2020-yil uchun suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sugʻorish tizimlarining butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish sohasida sanoat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish boʻyicha mavjud imkoniyatlarni oʻrgansin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sugʻorish tizimlarining mahalliylashtirilishi lozim boʻlgan butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarining aniq roʻyxatini mavjud xom ashyo resurslarini inobatga olgan holda shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda suv tejovchi sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va uning quvvatlarni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlati, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Turkiya Respublikasidagi elchixonalari va mamlakatning xorijdagi boshqa diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishda, shuningdek, mamlakat hududlarida suv tejovchi sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun chet el investorlarini jalb qilishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga koʻmaklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyunga qadar ushbu band ijrosi doirasida koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida har oy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar suv xoʻjaligi nasos stansiyalarida Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keluvchi oʻlchov asboblari joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi olimlar va ekspertlarni jalb qilgan holda 2019-yilda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish samaradorligi yuzasidan har tomonlama oʻrganish va tahlil oʻtkazsin, ularning natijalari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-dekabrga qadar suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish natijalari va ushbu yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-fevralga qadar hududlar, sugʻoriladigan dalalar va qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda ularning navlari xususiyatlaridan kelib chiqib, suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020 — 2030-yillarda suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlari va ustuvor hududlari, shuningdek, 2030-yilgacha maqsadli moʻljallarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan maydonlar oʻlchamini inobatga olgan holda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish hamda nasos stansiyalarini boshqarishni maqbullashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish tadbirlarini xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari hamda uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish hisobidan moliyalashtirish tartibiga oʻtish va xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplash mexanizmlarini joriy etishni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilishni bosqichma-bosqich yirik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, shu jumladan qishloq xoʻjaligi klasterlariga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, ulardan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qisqa muddatli sayyor oʻqitish kurslarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi reja-grafik va oʻquv dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar mazkur qarorning ijro etilishi holati va natijalari tahlili asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish prognoz koʻrsatkichlarini oshirish, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xoʻjaligi tashkilotlarining sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun foydalanish tartibini suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini majburiy tartibda qoʻllash boʻyicha talab kiritilishini inobatga olgan holda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati va vazifalari, shuningdek, joylarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish jarayonlari hamda natijalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4499-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUBSIDIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Joriy etilganda subsidiyalar taqdim etiladigan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tomchilatib sugʻorish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning oʻsimliklarning ildizi yonidagi zonaga kichik porsiyalarda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yomgʻirlatib sugʻorish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning tuproq va oʻsimliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomgʻirlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib beradigan usuli, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng qamrovli yomgʻirlatib sugʻorish tizimi (keyingi oʻrinlarda — keng qamrovli sugʻorish tizimi) — keng maydonni qamrab oluvchi oʻzi yuruvchi agregatlar yordamida aylanma yoki frontal harakatda suv yetkazib beradigan yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yerni lazerli tekislagan holda diskretli sugʻorish usuli (keyingi oʻrinlarda — diskretli sugʻorish) — qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning egiluvchan quvurlardan pauzalar bilan navbatlashadigan impulslar seriyalari bilan suv yetkazib beradigan usuli, bunda yer lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan tekislagich agregatlar yordamida oldindan tekislanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Subsidiyalar miqdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdori va ushbu boʻlimga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekin turi va yerning bonitet ballidan kelib chiqadigan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun — 8 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari uchun — 4 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diskretli sugʻorish uchun — 1 mln soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlar, shuningdek, suv tejovchi sugʻorish tizimlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar miqdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻorish turi
Yerlarning bonitet ballari hisob-kitobi boʻyicha koeffitsiyentlar
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash
1 gektar ekin maydoni uchun 20 million soʻmdan oshmaydigan qismi boʻyicha valyuta turidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq milliy valyutadagi kreditlar uchun — 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda
Keng qamrovli sugʻorish tizimi
0,95
0,85
0,75
0,65
0,55
Diskretli sugʻorish
1,2
1,1
1,0
0,9
0,8
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
1 gektar ekin maydoni uchun 20 million soʻmdan oshmaydigan qismi boʻyicha valyuta turidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq milliy valyutadagi kreditlar uchun — 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan teng ulushlarda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi “Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-725-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlarni (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini jadal va toʻliq joriy etishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga huquqiy va tashkiliy-texnik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga servis tashkilotlari hamda suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli servis xizmat koʻrsatilishini tashkil etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, shu jumladan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini qurish boʻyicha namunaviy loyihalarni taqdim etish orqali sugʻorishning suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish uslublarini oʻzlashtirishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini joriy etish uchun kredit olishda amaliy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarining joriy qilinishini va undan foydalanish samaradorligini, jumladan, sugʻorish suvi, mineral oʻgʻitlar va boshqa moddiy-texnik resurslarni ishlatish hajmlarini qisqartirish koʻrsatkichlarining tizimli monitoring qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan muammoli masalalarni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchining ishchi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari ishchi guruhlarning ishchi organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ishchi guruhlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan holda faoliyat yuritishini taʼminlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandidagi “tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari “suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik bandidagi “tomchilatib sugʻorish texnologiyasini” soʻzlari “suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi boshligʻi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4161-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-banddagi “v” va “g” kichik bandlari” soʻzlari “g” kichik bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarori 7-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqorida koʻrsatilgan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш