Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2835-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-maydagi 12-sonli ““Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2835-4, 24.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-oktabrdagi 77-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835, 2016-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-oktabr,
102-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 7-oktabrdagi 102-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “ishga joylashganligini yashirish” degan soʻzlar “qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 12-bandda:
uchinchi xatboshidan “, pensiya va nafaqalar toʻlangan vaqtda ishga joylashganligini yashirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 23-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son)