Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasini qoʻllash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan qonunchilik normalarini toʻgʻri, bir xilda va aniq qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismiga asosan ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadi.
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismini qoʻllashda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan ijro etuvchi hokimiyat organlariga quyidagilar kirishiga eʼtibor qaratsinlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
viloyat, tuman va shahar hokimliklari devonlari (apparatlari) tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3358-son Farmoni ilovasida koʻrsatilgan davlat boshqaruv organlari, shu jumladan, ushbu organlar tuzilmasiga kiruvchi hududiy boʻlinmalar;
faoliyatlarini tartibga soluvchi nizomlarida davlat boshqaruvi organi sifatida maqomi mustahkamlangan davlat organlari va ularning tuzilmasiga kiruvchi hududiy boʻlinmalar.
Davlat boshqaruvi organlari buysunuvidagi davlat korxonalari va muassasalari hokimiyat vakolatlariga ega emasliklari bois hokimiyat ijroiya organlari hisoblanmaydilar. Masalan, Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash va davolash-profilaktika muassasalari, Adliya vazirligi tizimidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va boshqalar.
3. Mansabdor shaxslari deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisida ariza berish sharti bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadigan ijro hokimiyati organlari Roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga rahbarlik, tashkiliy, boshqaruv, nazorat funksiyalari yoki moddiy qimmatliklar harakati bilan bogʻliq majburiyatlar yuklangan hokimiyat ijroiya organlarining devonlari xodimlari kiradi. Bunday toifadagi shaxslarga Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat koʻrsatish va texnik xodimlari lavozimlari nomenklaturasida (Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-dekabrda 1288-son bilan roʻyxatga olingan) belgilangan maʼmuriy-boshqaruv xodimlari va boshqaruv xodimlari mutaxassislari kiradi.
Ushbu organlarda rahbarlik, tashkiliy, boshqaruv va nazorat funksiyalariga ega boʻlmagan yordamchi (texnik va xizmat koʻrsatish) lavozimlarni egallagan xodimlar mansabdor shaxslar toifasiga kirmaydi.
5. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalariga saylov kampaniyasi davrida deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismini qoʻllashda ushbu qarorga amal qilish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi ikkinchi qismini qoʻllash toʻgʻrisida 2017-yil 11-avgustdagi 843-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. Mazkur qaror:
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalariga, siyosiy partiyalarga yuborilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-sentabr,
937-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 937-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mansabdor shaxslari deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisida ariza berish sharti bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadigan ijro hokimiyati organlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Hokimliklar
- viloyat, tuman va shahar hokimliklari devoni (apparati) tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalar
Vazirliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat boshqarmalari;
- tuman va shahar iqtisodiyot boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari;
- tuman va shahar moliya boʻlimlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gʻaznachiligi boshqarmalari;
- tuman va shahar gʻaznachiligi boʻlimlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarmalari;
- tuman va shahar Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari;
- tuman va shahar qishloq xoʻjaligi boʻlimlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari;
- Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi.
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari;
- “Oʻzdavtexnazorat” mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
- viloyatlar va Toshkent shahar mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat inspeksiyalari;
- tuman va shahar qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektorlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish markazi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish markazlari;
- tumanlar va tumanlararo qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sifatini nazorat qilish inspeksiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
- markaziy apparat,
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Suv xoʻjaligi boshqarmalari;
- tuman va shahar suv xoʻjaligi boʻlimlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi”Oʻzsuvnazorat” suv inspeksiyasi;
- viloyatlar va Toshkent shahar”Oʻzsuvnazorat” inspeksiyalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
- markaziy apparat
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari;
- tuman va shahar bandlikka koʻmaklashish markazlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi;
- viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi;
- Xalq taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari;
- viloyat, shahar va tuman davlat sanitar epidemiologik nazorat markazlari;
- tuman va shahar tibbiyot birlashmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq IIV xodimlari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Mudofaa vazirligi xodimlari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar qurilish boshqarmalari;
- Qurilishda standartlashtirish respublika markazi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
- markaziy apparat
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
- tuman va shahar boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
- tuman (shahar) adliya boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari;
- tuman va shahar boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari;
- tuman va shahar boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi;
- viloyatlar va Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim boshqarmalari;
- tuman va shahar boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
- markaziy apparat
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
- markaziy apparat
Davlat qoʻmitalari
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari;
- tuman va shahar statistika boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi;
- tuman va shahar soliq inspeksiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish boshqarmalari;
- tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari;
- tuman va shahar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish bosh boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sanoat xavfsizligi boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi
- markaziy apparat
Davlat inspeksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi
- markaziy apparat.
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasin
- markaziy apparat;
- mintaqaviy inspeksiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspeksiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalari;
- tuman va shahar filiallari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi hududiy inspektorlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- mintaqaviy filiallari
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat boʻyicha inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi hududiy boʻlimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi hududiy boʻlimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi hududiy boʻlimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl- qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi hududiy boʻlinmalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi hududiy boʻlimlar.
Davlat agentliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiAdministratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari.
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
“Oʻzbekkino” agentligi
- markaziy apparat;
- “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmalari.
“Kommunxizmat” agentligi
- markaziy apparat.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
- markaziy apparat;
-hududiy bulinmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi investorlarga koʻmaklashish boʻyicha hududiy vakillar.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
- markaziy apparat;
- Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Chorvanasl markazlari;
- tumanlar vakilliklari.
Qoʻmitalar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
- markaziy apparat;
- qoʻmita hududiy boshqarmalari.
Markazlar
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometreologiya boʻyicha boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
- markaziy apparat.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi
- markaziy apparat,
- Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahridagi Davlat Test Markazi vakillari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
- markaziy apparat;
- Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
- markaziy apparat.