Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2021 31.12.2013 yildagi 355-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ishonchli koʻrsatkichlarini tizimli toʻplash va shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi 2014-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholashni amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda oʻz faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda oʻzlarining rasmiy veb-saytlarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga muvofiqlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reytingli baholash natijalarini hisobga olgan holda, oʻz faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi samaradorligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili 20-iyungacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 4-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha indikatorlarni qoʻllagan holda aniqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holati koʻrsatkichlari taqdim etilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qoʻmitasi bir oy muddatda 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash metodikasini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi va rivojlanishi reytingli baholanishi kerak boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari roʻyxatini tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini oʻrganish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash boʻyicha takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 20-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich

Koʻrsatkichning salmogʻi

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Xoʻjalik boshqaruvi organlari

Xizmatlar koʻrsatmaydigan tashkilotlar

Yakuniy reyting,

shu jumladan:

100%

100%

100%

I.

Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish

60%

15%

40%

1.1.

Internet tarmogʻida rasmiy veb-saytning mavjudligi va undan foydalana olish

1%

1%

1%

1.2.

Rasmiy veb-saytning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi

5%

5%

20%

1.3.

“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimining mazmuni

8%

1%

11%

1.4.

“Elektron qatnashish” uchun imkoniyatlar mavjudligi

16%

4%

8%

1.5.

Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha talablarni bajarish

30%

4%

x

II.

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari

16%

50%

22%

2.1.

Axborot tizimlari, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi doirasida foydalaniladigan axborot tizimlari

8%

2%

15%

2.2.

Idoralararo elektron hujjatlar aylanishi tizimining faoliyat koʻrsatishi

3%

1%

2%

2.3.

Ichki elektron hujjat almashinuvi tizimining faoliyat koʻrsatishi

1%

1%

1%

2.4.

Boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi maʼlumotlar bazalari

4%

1%

4%

2.5.

Ishlab chiqarish va texnik jarayonlarni tashkil etish, xodimlar boshqaruvi

doirasida foydalaniladigan axborot tizimlari

x

30%

x

2.6.

Moddiy-texnika resurslarining hisob-kitobi va hisobotini tartibga solish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari

x

15%

x

III.

Axborot xavfsizligi

20%

20%

20%

3.1.

Axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlari va vositalarini tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan yaqin yillardagi faoliyatiga joriy etish tadbirlari rejalarining mavjudligi

3%

3%

3%

3.2.

Axborot xavfsizligi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarning mavjudligi va ularning amalga oshirilishi holati

7%

7%

7%

3.3.

Axborot xavfsizligini taʼminlash va xodimlarini himoya qilish boʻyi�a jismoniy chora-tadbirlarning mavjudligi va amalga oshirilishi holati

4%

4%

4%

3.4.

Axborot xavfsizligini taʼminlash texnik vositalarining mavjudligi va holati

6%

6%

6%

IV.

Tashkiliy jihatdan baholash

4%

15%

18%

4.1.

Tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan, yaqin yillardagi faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish tadbirlari rejalarining mavjudligi

1%

4%

6%

4.2.

Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha oʻtkazishning jadvallari va sanalari koʻrsatilgan holdagi chora-tadbirlar dasturining mavjudligi

1%

x

x

4.3.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan rahbariyat orasidan masʼul shaxsning mavjudligi

1%

1%

2%

4.4.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmaning yoki tegishli xizmatlar autsorsingi boʻyicha shartnomaning mavjudligi

1%

1%

4%

4.5.

Ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion mexanizmlar va texnologiyalarni joriy etish

x

2%

x

4.6.

Ishlab chiqarilgan tovar va mahsulotlarni Internet tarmogʻi orqali sotish

x

3%

x

4.7.

AKTni joriy etish va rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil qilish

x

4%

6%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining AKTni, shu jumladan “elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, shuningdek AKTni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlari oʻz vaqtida va toʻliq roʻyobga chiqarilishi, “elektron hukumat” xizmatlari va axborot tizimlarini joriy etishning ijrosi taʼminlanmagan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yakuniy bahodan olib tashlanadigan 20 ball miqdorida “jarima” balli oladilar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholashni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar‎ Tadbirlar‎ Muddatlar‎ Masʼul organ‎

1-bosqich‎

Tarkibiy boʻlinmalardan axborotni toʻplash va ishlov berish‎

Hisobot davri
‎tamom boʻlishidan
‎ 20 kun oldin‎

Davlat va xoʻjalik
‎boshqaruvi‎ organlari,
‎‎ mahalliy davlat
‎hokimiyati organlari ‎

2-bosqich‎

Maʼlumotlarni NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axboro� tizimiga taqdim etish‎

Hisobot davri
‎ tamom boʻlishidan
‎10 kun oldin‎

Davlat va xoʻjalik
‎ boshqaruvi ‎organlari,
‎‎ mahalliy ‎davlat
‎‎ ‎hokimiyati ‎organlari‎

3-bosqich‎

AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish samaradorligini tahlil qilish va baholash hamda reyting tuzish‎

Hisobot davri
‎tamom boʻlishidan
‎ 2 kun oldin ‎

Oʻzbekiston Respublikasi
‎ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4-bosqich‎

Reyting natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlariga kiritish va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish‎

Hisobot davridan
‎keyin 5 kun
‎mobaynida‎

Oʻzbekiston Respublikasi
‎ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun majburiy boʻlgan axborotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi oʻrinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy boʻlgan axborotlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini, shu jumladan tartib-taomillar, davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno);
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-iyuldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 341-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b1) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b2) jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-sonli qaroriga asosan “b2” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/218/0429-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oldin davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boʻlajak va oʻtkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kundalik faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotlar;
(1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) amalga oshirilishida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qoʻmitalar va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, oʻtkazish joyi va ularda qatnashish tartibi koʻrsatilgan holda ochiq majlislar oʻtkazish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) saytdan foydalanish, shuningdek saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati boʻyicha yoʻriqnoma.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan “r” kichik bandi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur boʻladigan statistik va boshqa axborotlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan “s” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilganda ular tomonidan ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari boʻyicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, ish oʻrinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno) oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 674-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/674/1439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari roʻyxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik maʼlumotlar va ular bilan bogʻlanish maʼlumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari shuningdek soatlari);
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi va uning boʻlinmalarining (shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlinmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, maʼlumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yoʻllari, toʻxtash joylari va jamoat transporti raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining erkin koʻchirish uchun statistika hisoboti;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olishga soʻrovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar;
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining statistik axborotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Internet tarmogʻidagi boshqa tegishli veb-saytlarga va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olishga soʻrovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);
(2-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining matbuot xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (masʼul xodimlar bilan aloqaga kirishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) “Elektron davlat xizmatlari” va “Ochiq maʼlumotlar” alohida boʻlimlari;
(2-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) elektron pochta orqali hamda eʼlonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan SMS yuborish yoʻli bilan) orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;
(2-bandning “n” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining “Elektron hukumat” tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari koʻrsatiladi, qanday maʼlumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) ularni koʻrsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari koʻrsatilgan holda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan koʻchirma yoki bunday axborot mavjud boʻlgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan “r” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai koʻrsatilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Rasmiy veb-saytni yuritishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatilishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi koʻrsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarning buyrugʻi bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni (boʻlinmani) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmogʻidagi “.UZ” domen zonasida va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yoʻq qilinishi, toʻsib qoʻyilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish boʻyicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy boʻlgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) veb-sayt boʻyicha kengaytirilgan izlash, shuningdek boshlangʻich izlash natijasi asosida chuqur izlash vazifalari;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mobil qurilmalar uchun adaptatsiya qilingan dizaynli veb-sayt versiyasi;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi funksiyalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (maxfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fuqarolar murojaatlarining koʻrib chiqilishi holati va vaqtini, shuningdek elektron davlat xizmatlar koʻrsatish holatini kuzatib borish, shu jumladan elektron pochtaga va/yoki arizachining mobil telefoniga bildirishnomalar yuborish;
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) jamoatchilik fikrini oʻrganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-soʻrovlar, bloglar, forumlar, onlayn-chat);
(10-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) veb-sayt orqali xizmatlardan foydalanishning hisobini yuritish mexanizmi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan “i” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy boʻlgan asosiy funksiyalarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) erni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarga ijaraga berish toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki koʻrib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash boʻyicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning roʻyxati va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hokimlarning aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reyestri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toʻgʻridan-toʻgʻri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar koʻrsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan davlat unitar korxonalari oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funksiyalarni nazarda tutishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) toʻgʻrisidagi toʻliq va dolzarb maʼlumotlarni qulay shaklda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Internet tarmogʻi orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq toʻlash va tasdiqlash imkoniyati.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, soʻrovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa toʻlovlarga on-layn haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmatlar koʻrsatishga soʻrovni rasmiylashtirishda (shakllarni toʻldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Rasmiy veb-saytning tarkibiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli boʻlishi kerak. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan axborot bilan teng kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan eʼlon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning holatini aniqlashda qoʻllaniladigan indikatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati

Indikator

Oʻlchov birligi

Izoh

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan

taqdim etiladigan koʻrsatkichlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasining jinslar boʻyicha doimiy aholisi soni

kishi

hisobot yili oxiridagi

holati boʻyicha taqdim etiladi

2.

Bir yilda jinslar boʻyicha iqtisodiy faol aholining umumiy soni

kishi

hisobot yili oxiridagi

holati boʻyicha taqdim etiladi

3.

Jinslar boʻyicha aloqa sohasida oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish uchun qabul qilinadigan xodimlar

soni; ulardan bir yilda elektr-radio-uyali va peyjing aloqa sohasida

kishi

hisobot yili oxiridagi

holati boʻyicha taqdim etiladi

4.

Aholi punktlarining umumiy soni

ta

hisobot yili oxiridagi

holati boʻyicha taqdim etiladi

5.

Uy xoʻjaliklarining hisoblab chiqilgan soni

ta

hisobot yili oxiridagi

holati boʻyicha taqdim etiladi

6.

Kompyuterlarga ega boʻlgan uy xoʻjaliklari ulushi

%

sotsiologik soʻrov natijalari

boʻyicha taqdim etiladi

7.

Internet tarmogʻidan foydalanadigan uy xoʻjaliklari ulushi

%

sotsiologik soʻrov natijalari

boʻyicha taqdim etiladi

8.

Ishlab turgan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

9.

Internet tarmogʻidan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

10.

Lokal hisoblash tarmogʻiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

11.

Kompyuterlarga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

12.

Yalpi ichki mahsulotda AKT tarmogʻi ulushi

%

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

13.

Korxonalar va tashkilotlardagi kompyuterlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

14.

Internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni

birlik

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

15.

Sogʻliqni saqlash organlari xodimlari soni

kishi

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

16.

Madaniyat tarmogʻi xodimlari soni

kishi

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

17.

Asosiy narxlarda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish

mln soʻm

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

18.

AKT sohasida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hajmi

mln soʻm

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

tomonidan belgilangan roʻyxat

boʻyicha taqdim etiladi

19.

Tovarlar va xizmatlar eksportining umumiy hajmi

ming AQSh dollari

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

20.

AKT sohasida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi

ming AQSh dollari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

tomonidan belgilangan roʻyxat

boʻyicha taqdim etiladi

21.

Tovarlar va xizmatlar importining umumiy hajmi

ming AQSh dollari

hisobot yili oxiridagi holati

boʻyicha taqdim etiladi

22.

AKT sohasida tovarlar va xizmatlar importi hajmi

ming AQSh dollari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

tomonidan belgilangan roʻyxat

boʻyicha taqdim etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim
etiladigan koʻrsatkichlar

23.

Davlat boshqaruvi organlarining resurslari umumiy hajmida AKTga xarajatlar ulushi

%

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
tomonidan taqdim etiladigan koʻrsatkichlar

24.

Hisobot davrida AKT sohasida mutaxassisliklar va yoʻnalishlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalarini bitiruvchilar soni

kishi

-

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 17-modda, 28-son, 341-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda, 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son; 15.04.2020-y., 09/20/218/0429-son; 31.10.2020-y., 09/20/674/1439-son)